II bob. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishini tamoyillari
2.1. Doimiy rivojlanib va yuksalib boruvchi iqtisodiyot salohiyatini yuksaltirish
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda»
Birinchi Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan, inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan, «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan, «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan, qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan, «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan, nodavlat sektordagi o'zgarishlarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan, iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan, respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Birinchi Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlas
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili.
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan birinchi Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi.
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi
umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy
tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa,
mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro
nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy
iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun
harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash
oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo
etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa
yengil yo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol
bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va
zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot
tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy
korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish yo'lidan
bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan
qarzlarimizning asosiy qismi investitsiyalarga respublika yangi texnologiya
va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas balki investitsiyalarni
ko'paytirdik. Bugunga kelib bu siyosat o'z samarasini bermoqda».
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning
moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari
bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga
tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish
demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat
ekanini amalda isbotlanishi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |