va tartibirii,
mehnat resurslarini, ish bilan bandlikni va ishsizlikni bildiradigan
ko‘rsatkichlar tizimini, atamalar va tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
6.2» Mehnat resurslarining hisobot va prognoz balansini tuzish
uslubi
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muhtoj shaxslami
aniqlash chog‘ida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat bo‘yicha,
aholi bo‘yicha statistika hisobotlari) ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olishning
(masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy-xo'jaliklari,
xodimlar n^yxatlari)
har xil turlari,
shuningdek, ish bilan bandlik masalalari
yuzasidan ishchi kuchini tanlab, tekshirishdan iborat. Ushbu xilma-xil manbalar
ulardagi axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni to‘plash shakllari
va usullarga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin.
Ishchi kuchini tanlab tekshirib chiqish — ma’lumot to£plash vositalari orasida
eng moslashuvchan usuldir. Ulaming natijalariga
qarab mehnat resurslarining
shakllanishini, ish bilan bandlar, ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko‘rsatuvchi
ma’lumotlami olish mumkin. Zaruratga qarab, tushunchalar, ta'riflar va savollami
o'zgartirish mumkin. Bu esa ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok etishining
turli shakllarini aniqlash imkonini beradi. Bunday
moslashuvchanlik ushbu
tekshiruvlami turli iste’molchilar talablarini qondirish uchun ayniqsa yaroqli qiladi,
xalqaro miqyosda qiyoslanadigan natijalami ta’minlaydi. Ishchi kuchini tekshirib
chiqish faqat ishlayotganlami emas, balki vaqtincha ish bilan band bo'lmaganlami
ham qamrab olganligidaii, u mehnat resurslari va ulaming taqsimlanish tuzilmasi
haqida to‘la-to‘kis tasawur hosil qilishni ta’min etadi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi har
qaysi yil yakunlariga qarab
0 ‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha,
viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha
tuziladi,
shahar va qishloq aholisiga
bo‘linadi. Uni umumlashtirilgan holda quyidagi shaklda ko‘rsatish mumkin:
Ko‘rsatkichlar
Jami
Shaha
r
Qishloq
I. Hamma mehnat resurslari
Shu jumiadan:
Mehnat yoshidagi ishlashga qobiliyatli aholi
Ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar
II. Mehnat resurslarining taqsimlanishi
II.1. Iqtisodiy faol aholi
Shu jumiadan:
1. Ish bilan bandlar
Shulardan:
Rasmiy sektorda
Norasmiy sektorda
2. Ish bilan band bo‘)magan, ishga joylashishga muhtoj
shaxslar
Shulardan:
Rasman ro‘yxatdan o4gan ishchilar
Mehnat organlarida ish izlayotgan sifatida hisobda turuvchilar
Mehnat organlarida ro‘yxaldan o‘tmasdan mustaqil ravishda ish
qidirayotganlar
1L2. Iqtisodiy nofaol aholi
Hisobot balansi o‘z ichiga quyidagi ko‘rsatkichlami oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: