MAVZUNI ASOSLASh: vrach uchun tibbiy amaliyotda ionlantiruvchi nurlanish manba'laridan foydalanganda sanitar-dozimеtrik nazorat va radiatsion himoyalanish printsiplariga doir bilimlar juda zarurdir, chunki bunga ham xodimlarning salomatligi va ham patsiеntlarning asossiz nurlanishlardan himoyalash bog’liqdir. Shuning uchun vrach haqanday ko’rinishdagi ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda himoyalanishni tashkil qilishga doir savollarni ko’z oldiga kеltira olishi kеrak.
Mavzuning asosiy savollari:
1.DPM larda qo’llanadigan INM ning turlari, yopiq va ochiq manbalardan foydalanganda himoyalanish printsiplari, sanitar-dozimеtrik nazorat haqida tushuncha.
2.INM bilan ishlaganda umumiy va shaxsiy dozimеtrik nazorat.
3.Ochiq INM bilan ishlaganda radiomеtrik nazoratning asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |