Excel elektron jadvali haqida tushuncha Ma’lumotlarni qayta ishlashda, ayniqsa ma’lumotlar statistik ko’rinishda bo’lib hisob kitob ishlari bajarilish va ular taxli natijalari talab etilgan bo’lsa bunday ma’lumotlarni Excel elektron jadvali orqali uning imkoniyatlaridan foydalanib qayta ishlash o’rinlidir. ularni jadval ko’rinishda tasvirlash bilan birgalikda hisob-kitob ishlarini olib borishga to’g’ri keladi. Jadval satr va ustunlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar ustun va satrlar kesishmasidan hosil bo’lgan yacheykalar(katakchalar)ga yoziladi. Bu holda jadvalning bir qism yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan, boshqa qism yacheykalari esa oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar ustida bajarilgan turli xil arifmetik amallar natijasida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |