Yengil sanoatda ishlab chiqarish mujassamlashuvi pasayib, ixtisoslashuv va kombinatlashuv kuchayib bormoqda. Yirik sanoat korxonalari o’rnini kichik, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan qo’shma korxonalar egallamoqda. SHu bilan birga, mazkur sanoat tarmog’ini rivojlantirish va hududiy tashkil etishda ayrim muammolar ham mavjud. Respublikamizda olib borilayotgan sanoatlashtirish, sanoat ishlab chiqarishini diversifikasiya qilish va modernaziyalash hamda mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish jarayonida bu muammolar bosqichma-bosqich hal etilib boriladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” Davlat dasturlarini hayotga tadbiq etish ham qishloq joylarga sanoatni olib kirishni nazarda tutadi. Qolaversa, yengil sanoat, sifatli xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va eksport qilish O’zbekiston iqtisodiy strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i zarur. - Yengil sanoatda ishlab chiqarish mujassamlashuvi pasayib, ixtisoslashuv va kombinatlashuv kuchayib bormoqda. Yirik sanoat korxonalari o’rnini kichik, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan qo’shma korxonalar egallamoqda. SHu bilan birga, mazkur sanoat tarmog’ini rivojlantirish va hududiy tashkil etishda ayrim muammolar ham mavjud. Respublikamizda olib borilayotgan sanoatlashtirish, sanoat ishlab chiqarishini diversifikasiya qilish va modernaziyalash hamda mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish jarayonida bu muammolar bosqichma-bosqich hal etilib boriladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” Davlat dasturlarini hayotga tadbiq etish ham qishloq joylarga sanoatni olib kirishni nazarda tutadi. Qolaversa, yengil sanoat, sifatli xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va eksport qilish O’zbekiston iqtisodiy strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i zarur.
“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida umumiy qiymati 99 million dollar, eksport salohiyati 43,1 million dollarni tashkil etadigan 18 korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ish o’rni yaratiladi. - “O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida umumiy qiymati 99 million dollar, eksport salohiyati 43,1 million dollarni tashkil etadigan 18 korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ish o’rni yaratiladi.
- Bundan tashqari, kompaniya yangi o’quv yili arafasida mamlakatimiz bo’ylab maktab yarmarkalarini o’tkazishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu yarmarkalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan maktab va sport kiyimlarini xarid qilish mumkin. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, mazkur yarmarkalar o’z samarasini berayotir. Xususan, 2012 yil yakunlari bo’yicha 770 ming dona kiyim sotilgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 835 ming, 2014 yilda 935,4 mingtani tashkil etdi. Joriy yilda 985 mingta maktab va sport kiyimini sotish ko’zda tutilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |