O‘tkazilgan marketing tadqiqotlari asosida lizing xizmatlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish zarur - bu xizmatlarning lizing oluvchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradigan, iste’molchilarning istak‑hohishlariga mos keladigan xususiyatlarini aniqlash jarayonidir. Bizning fikrimizcha, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: qabul qilinayotgan lizing ob’ekti; lizingdagi xatarlar; lizing xizmatlari narxi; lizing beruvchi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (texnik xizmat ko‘rsatish, mulkni ta’mirlash va hokazo); lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida mijozga ko‘rsatiladigan xizmatning sifati va to‘laligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |