Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


I.Qishloq xo’jaligida biologik kurashning ahamiyati



Download 55,58 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi55,58 Kb.
#248022
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali (1)

I.Qishloq xo’jaligida biologik kurashning ahamiyati

1.1. Biologik kurash haqida umumiy ta’vsif
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri belgilashda kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar turlarini to‘g‘ri aniqlash, ularning biologik xususiyatlarini bilish va samarali ta’sir qiladigan vositalarni to‘g‘ri qo‘llash muximdir.

Ekinlarning kasalliklariga qarshi kurash choralari umumagronomik va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi. Ekinlarning kasalliklarga chidamliligini va xosildorligini oshirishda turli o‘g‘itlarni me’yorida qo‘llash, navlarni to‘g‘ri tanlash bilan birga, o‘simliklar qoldig‘idagi, tuproqdagi, urug‘dagi va xavodagi infeksiya miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi.

Ekinlarning kasalliklarga qarshi kurash choralari qo‘llash usuliga qarab profilaktik va davolash maqsadida o‘tkaziladigan seleksion-urug‘chilik, agrotexnik, biologik, kimyoviy, fizik-mexanik turlarga bo‘linadi.

Bunday kurash choralarining moxiyati shundan iboratki, patogen kroorganizmlarga qarshi saprotrof mikroorganizmlarning o‘zaro qarama-qarshi xususiyatlarini yoki ular xosil qilgan moddalarni salbiy ta’sirini qo‘llash natijasida ularning zararini kamaytirishga qaratilgan.

Bu usulga o‘simliklarning fitonsidlar, ingibitorlar xosil qilish xususiyati va

gullik parazitlarga qarshi xashoratlaridan foydalanish ham kiradi.

Tuproqda xayot kechiruvchi mikroorganizmlar orasida o‘zaro ziddiyat ularnnig saprotrof va patogen vakillari orasida amalga oshganligidan foydali mikroorganizmlar xosil qilgan antibiotiklar, fitonsidlar ta’sirida patogen turlarning nobud bo‘lishga olib keladi. Tuproqdagi antogonistik-mikroblar: bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, faglar o‘zining rivojlanishining turli bosqichlarida fitopatogen zamburug‘lar va bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular xosil qilgan antibiotiklar o‘simlikning ildiz tizimi orqali o‘simlik ka kirib kelib, uning o‘tkazuvchi to‘qimalarida xayot kechirayotgan kasal lik qo‘zg‘atuvchilariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Er ustidagi antogenist-mikroblar giperparazitlar, saprotrof zamburug‘ va bakteriyalar un shudring, zang zamburug‘larinig mitseliysiga yoki mevatanalariga, gullik parazitlarning vegetativ a’zolariga salbiy ta’sir qilib, ularning rivojlanishini to‘sib qo‘yadi. Er usti antiogenist - mikroblarga bakteriyafaglar, protistlar (amyobalar, infizoriyalar), bakteriyalarga, zamburug‘larga ta’sir qiluvchi bakteriyalar, aktinomitsetlar,zamburug‘lar misol bo‘la oladi.

Fitopatogen bakteriyalarga ta’sir qiluvchi bakteriyafaglar o‘simlik ichidagi bakteriya xujayralarini nobud qiladi. Ular bakteriyalar keng tarqalgan tuproqda, o‘simlik organlarida, quduq, daryo, dengiz, ko‘lmak suvlarida keng tarqalgan bo‘ladi.

Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi bakteriyafaglarni foydalanish uchun ularni urug‘larini ivitish, ko‘chatlar ildiziga ishlov berish, o‘simlik azolariga sepish, erlarni un shudring, zang kasalliklaridan sog‘lomlashlashtirishda yaxshi samara beradi. Masalan,urug‘lariga bakteriyafaglar bilan ishlov berilgan g‘o‘za o‘simligining gommoz bilan zararlanishini nazoratga nisbatan 74% ga kamaygan.

Sodda xayvonlardan amyoba va infuzoriyalarning Fusarium zamburug‘lariga qarshi ta’siri ham aniqlangan. F.oxysporum Schl.f neveum zamburug‘i sporaci amyoba ta’sir qilinmagan tuproqlarda uzoq saqlansa, amyobalar bilan sug‘orilgan tuproqlarda to‘rt kundan keyin zamburug‘ sporalari yo‘qolib ketgan.Sodda xayvonlardan infuzoriyalar ta’sirida g‘o‘zaning vertitsilliyoz so‘lish, rizaktonioz kasalliklari ham keskin kamaygan.

Fitopatogen zamburug‘larga salbiy ta’sir qiluvchi baktreiya faglar Fusarium, Helminthosporium, Verticillium, un shudring kabi zamburug‘larga nisbatan aniqlangan. Bu baktreiyafaglar karam, zig‘ir, g‘o‘za, ko‘p yillik daraxtlar urug‘lariga va ildiziga ishlov berishda foydalanish ularning kasallanishini keskin kamaytirgan (Nikitina, 1959; Kosyanova, 1971; Plotnikova, 1974).

Tuproqdagi fitopatogen zamburug‘larga aktinomitsetlar xam salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kunjarada o‘stirilgan aktinomitsetlarni ekinlar urug‘iga ishlov berib tuproqqa ekilganda, ularning kasallanishi keskin kamaygan.

Ba’zi bir organizmlardan foydalanib zararkunandalarni yuqotish borasida o‘rinishlar qadim zamonlardan ma’lumdir. Bundan qariyb ming yil muqaddam sitrus o‘simliklariga tushadigan zararli hasharotlarni yuqotish uchun chumolilardan qo‘llanila boshlangandi. Yovvoyi mushukni kulga o‘rgatib, sichqonlar va boshqa kemiruvchilarga qarshi kurash olib borishda ulardan foydalanishni ham biologik usulda himoya qilish tadbiri jumlasiga kiritish mumkin. Qizil chigirtkani kirishda mayna juda kul kelgan.

Biroq himoya qilishning biologik usuli ilmiy jihatdan asoslangunga qadar ancha uzoq vaqt talab etildi.

Biologik kurash metodlaridan foydalanish borasidagi dastlabki ilmiy zksperimentlar o‘tgan asr saksoninchi yillar oxiridagina o‘tkazilgandi. Mashhur rus olimi I.I.Mechnikov non qo‘ng‘izini o‘ldiradigan zamburug‘ va bakteriya kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini topgandi.

Ko‘pgina olimlarning tadqiqotlari natijasida shu asrning boshlariga kelib, hasharotlar o‘rtasida mavjud bo‘ladigan parazitizm va yirtqichlikka oid katta materal to‘plandi hamda o‘simliklarni biologik usulda himoya qilishda ana shu entomofaglardan foydalanishning ko‘pgina yo‘llari aniqlandi.

Hozirgi vaqtda bizning Respublikamizda entomofaglardan, zntomofatogen bakteriyalar va mikroskopik zamburug‘ hamda ularning toksinlari va viruslaridan o‘simliklarni himoya qilish vositasi sifatida keng foydalanilmokda.

Qishloq xo‘jalik ekinlarini hosili saqlashda, aholiga oziqa, sanoatga sifatli xom ashyo yetkazib berishda zararli organizmlarga qarshi kurash yetakchi o‘rinlaridan birini egallaydi.

Mamlakatimizda zararkunandalar kasalliklar va begona o‘tlar o‘simliklardan olinadigan hosilni 25 – 30 % ni nobud qiladi va sifatini bo‘zadi. Bu degani har 3-4 gektar maydondan bir gektari zararli organizmlar hisobiga nobud bo‘ladi. Professor Rossning ma’lumoti bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlari zararkunandalarning qishloq xo‘jaligi ekinzorlariga yetkaegan zarar 15 mlrd dollarni tashkil etadi.

Bu zararli organizmlarga qarshi har yili jahonda millardlab dollar insektisid, fungisidlar va gerbisidlarga sarf qilinmokda. Uzoq yillar davomida o‘simliklarni himoya qilish pestisidlarni hajmini kengaytirishga qaratib kelinmokda. Pestisidlarni ko‘proq ishlab chiqarish va yangi tez ta’sir qiluvchi preparatlarni qishloq xo‘jalik ekinlariga tadbiq etish bilan bir qatorda qator muammolarni hal qilish zarurligi tugildi. Jumladan juda ko‘plab turdagi zararkunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlar u yoki bu pestisidlarga moslashib natijada bu preparatlar kam samarali yoki butunlay samarasiz bo‘lib qolmokda.

Shu bilan bir qatorda bu ximiyaviy vositalar atrof muhitni ifloslantirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahsulotlarida ham saqlanib qolmokda. Qishloq xo‘jaligida pestisidlarning keng hajmda qo‘llash agrobiosenozning munozanatini bo‘zilishiga sabab bo‘lib tabiiy munozanat bo‘zilishi hisobiga zararli organizmlarni ommaiiy ko‘payib ketishiga olib kelmokda. Buning natijasida tabiiy muvazanat bo‘zilishi hisobiga ilgari iqtisodiy zararsiz bo‘lgan yoki kam zararli bo‘lgan zararkunandalarni turlarini ko‘payishiga olib kelmokda.

Shularni inobadga olib o‘simliklarni himoya qilish mutaxassislarini oldiga atrof muhitga kam ta’sir qiladigan hamma usullar mujassamlashtirilgan. O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilishga katta e’tibor berish talab qilinib bunda, ekologik holatga va pestisid qoldig‘i bo‘lmagan mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan biologik himoya qilishga alohida e’tibor qilish lozimligi ta’kidlab o‘tiladi.


Download 55,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish