1.O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu fan “Tabiiy dorivor o‘simliklar” talabalarga Chet el florasi va
O’zbekiston florasida tabiiy xolda tarqalgan asosiy dorivor o’simliklar
turlari, ularni tarqalish areali, tabiiy populyatsiyasi va resurslari,
dorivorlik xususiyatlari xaqida atroflicha ma’lumot beriladi va o’rgatiladi.
O’zbekiston tabiiy florasi uzining xilma-xil nabotot olami bilan
aloxida ajralib turadi. Masalan, tog’ mintaqalarida shu mintaqa ekologik
sharoitlariga mos o’simliklar tarqalgan bulsa, chul xududi o’simliklari
uziing xilma xilligi bilan aloxida farqlanadi.
Xozirgi paytda tibbiyotda kullanilayotgan dorivor vositalarning 50%
o’simlik xom-ashyosi zaxirasi asosida ishlab chikilmokda. Xom ashyoning asosiy manba’i esa tabiiy doarivor o’simliklar xisoblanadi. Tabiiy xolda kiyik o’ti, tog’ rayxon, radiola, sumbul, do’lana, bodom, pista, jiyda, zirk, na’matak, chakanda, shilvi, efedra, dalachoy, buznoch, buyi modaron, yalpiz va boshqalar kabi dorivor o’simliklar zaxiralariga boydir. Shu bois, mazkur fanning talabalarga o’tilishi dorivor o’simliklar tabiiy resurslarini nazariy va amaliy jixatdan o’rganish xamda tahlil etishda muxim ahamiyat kasb etadi.Ushbu fanni 3 bosqichda o’tish nazarda tutilgan.
II. O’quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsadi – O’zbekiston florasida tabiiy xolda
tarqalgan dorivor o’simlik turlarini, zaxiralarini va ularni tarqalish
areallarini o’rgatish. Uning vazifasi-tabiiy xolda tarqalgan asosiy dorivor o’simliklar turlari, geografik tarqalishi, bioekologiyasi, ularni
populyatsiyasi va zaxiralari, xom-ashyo sifatida ishlatiladigan organlari va
ularni tayyorlash muddati xamda ishlab chiqishdagi ahamiyatini o’rgatishdan
iborat;
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi
talablar quyiladi. Talaba;
- Tabiiy dorivor o’t o’simliklarni turlari; tabiiy dorivor daraxt va
buta o’simliklari; tabiiy dorivor o’t o’simliklari; tabiiy dorivor o’t
o’simliklardan olinadigan xom-ashyo; O’zbekiston florasidagi dorivor
o’simliklarning tarqalish areali va zaxiralari haqida tasavvuriga ega bo’lishi kerak;
- O’zbekiston florasida tabiiy holda tarqalgan dorivor o’simliklarni;
xalq tabobati va rasmiy tabobatda qo’llanilayotgan dorivor o’simliklarni;
tabiiy dorivor o’simliklarning biokimyoviy tarkibini; tabiiy dorivor
o’simliklarning dorivorlik xususiyatlarini; tabiiy dorivor o’simliklarning tarqalish arealini;tabiiy dorivor o’simliklarning ishlatiladigan xomashyosini tabiiy dorivor o’simliklarning zaxirasi va ularni o’rganish usullari xaqida bilishi va qullay olishi kerak;
- Maxalliy dorivor o’simliklarni ajrata olish; O’zR “Qizil kitob”ga
kiritilgan dorivor o’simliklarni bilish; O’zbekistonda dorivor o’simliklar xom-ashyosini ishlab chiqarishdagi axamiyati va urni yuzasidan kunikmalarga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |