Ishni bajarish tartibi.
O‘qivchilar O‘zbekistonda ekiladigan qovunning
madaniy 4 turining botanik tasnifi bilan tanishgandan keyin rayonlashtirilgan
navlarini ta’riflashga kirishadilar (27-jadval). Buning uchun ular yangi uzilgan
ekinlardan, gerbariy va mevalardan foydalanadilar. Shuningdek, qovun navlari
tasvirini chizadilar.
27 jadval
Qovun navlarini ta’rifi
№
NAV BELGILARI
NAVLAR
11
Nav tarixi:
Kelib chiqish joyi
Rayonlashtirilgan yili
Rayonlashtirilgan joyi
22
Tupi:
Palagining uzunligi
Barg plastinkasining o‘lchami
Barg plastinkasining shakli
Barglarining qirqilganligi
Barg bandining uzunligi
33
Mevasi:
O‘lchami
(sm)
Shakli
Yuzasi
~ 353 ~
To‘rlash xili
Ustining rangi
Po‘chog‘ining qattiqligi
44
Eti:
Qalinligi
Rangi
Konsistentsiyasi
Shirinligi
Xushbo‘yligi
55
Uruf bo‘laklari:
Xarakteri
Joylashishi
Urug‘ bo‘laklarining xili va holati
Urug‘ bo‘laklarining soni
Urug‘ bo‘shlig‘ining to‘laligi
66
Xo‘jalik belgilari:
Mevasining yorilib ketishi
O‘suv davri
(kun)
Iste’mol qilish vaqti
Kasallikka chidamliligi
Tashishga chidamliligi
Material va jihozlar
. 1. Botanik klassifikatsiya jadvali - 2 ta. 2. Har xil qovun
navlarining rasmlari - 2 ta. 3. Qovun o‘simliklari, gerbariylari, 7-8 ta qovun navlari
mevalari - 2-3 ta. 4. Pichoq, lagan, chizg‘ich va shtangentsirkul - 8-10 ta. 5.
Rayonlashtirilgan navlar katalogi.
O‘TMIShDOSh EKINLAR
: Qovun uchun beda, ildizmevalilar, piyoz, karam eng
yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.
URUG‘NI EKIShGA TAYYoRLASh
: Urug‘lar 3-5% li osh tuzi eritmasiga solib
aralashtiriladi va 5-7minut ushlab turiladi, so‘ng pastga cho‘kkan urug‘lar olinib,
toza suvda yuviladi va quritib olinadi, qalqib yuqoriga ko‘tarilgan urug‘lar esa brak
qilinadi. Quritib olingan urug‘lar ekiladi. Fuzarioz so‘lish kasalligining oldini olish
uchun qovun urug‘i ekishdan oldin mis, rux va marganes (0,05% yoki 0,5 g/l), temir
va bor (0,025% yoki 2,5 g/l) mikroelementlarining birortasi eritmasida ivitilishi
kerak.
EKISh MUDDATLARI
: viloyatimizda ertagi navlar 10-aprelgacha, o‘rtagisi 10-20-
aprelda, kechpishar qovun navlari 15-20 mayda ekiladi.
G‘alladan keyin takroriy ekin sifatida: Urug‘lar 10 iyungacha ekiladi.
EKISh SXEMASI
: 270+90 x 60. Qovunning eng maqbul oziqlanish maydoni
sug‘oriladigan yerlarda 0,7-2,0 m
2
(5-15 ming o‘simlik/ga), tarvuz-1-2,5 m
2
(4-10
ming/ga), qovoq-2-4 m
2
(2,5-5 ming/ga) dan iborat.
URUG‘ SARFI
: Har bir gektar maydonga 4-5 kg urug‘ sarflanadi. Har bir
uyachaga 3-4 tadan urug‘ ekiladi.
PARVARIShLASh:
O‘simliklar 2-3 chinbargligida har uyachaga 1 donadan
qoldirib yagona qilinadi. O‘suv davrida qator oralariga ishlov berish va begona
o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari o‘tqaziladi.
~ 354 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |