Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Kartoshkani oziqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Kartoshkani oziqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi.
Kartoshka inson uchun 
muhim oziq-ovqatlardan bo‘lib chorvani ham oziqlantiriladi. Jahonda inson oziq-
lanib quvvat oladigan bo‘g‘doy, makkajo‘xori, guruch va arpadan so‘ng kartoshka 
beshinchi o‘rinda turadigan quvvat manbasidir. Shu sababli uni xalqda ardoqlab 
“ikkinchi non” deb ataydilar. Kartoshka ishlab chiqarish sanoatining qator 
tarmoqlari uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. 100 g. kartoshka 301,5 kDj yoki 
72 kkal quvvat berish manbasidir. 
Kartoshka ko‘pchilik mamlakatlarda maydon birligidan eng ko‘p quruq 
modda, quvvat (energiya) va oqsil olishni ta’minlaydigan o‘simlik hisoblanadi. 
Masalan, Niderlandiyada gektardan eng ko‘p quvvat birligi ishlab chiqarish qand 
lavlagiga to‘g‘ri kelsa, kartoshkadan esa unga nisbatan biroz kamroqdir. Ammo 
ular bug‘doy va sabzavot no‘xatga nisbatan arzonroqdir. 
Kartoshka gektar birligidan oqsil berishi jihatidan don dukkaklilardan so‘ng 
ikkinchi o‘rinda turadi. Kartoshka hosildorligi gektardan 13,6 t bo‘lsa, undan 
olinadigan oqsil 273 kg ni tashkil etadi. 
Kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish aholini oziq-ovqat va shu jumladan oqsil 
bilan ta’minlashda salmoqli hissa qo‘shish mumkin. 
Turli mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tashkilotlari kartoshka iste’mol qilish 
me’yorini turlicha tavsiya etadilar. 
Issiqsevar sabzavotlar va mevali o‘simliklar kam yetishtiriladigan, ammo 
kartoshka yaxshi o‘sadigan mo‘tadil iqlimi mamlakatlarda kartoshkadan yiliga 
120-150 kg iste’mol qilish tavsiya etiladi. Meva-sabzavotlarning ko‘p turlari 
yetishtiriladigan janubiy mintaqalarda (regionlarda) kartoshka iste’mol qilish 
me’yori nisbatan kam tavsiya etiladi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash mutasaddi 
tashkilotlari aholi son boshiga yil mobaynida 45 kgdan kartoshka iste’mol qilishni 
tavsiya etadi. 
Kartoshka tuganagi tarkibida kraxmal, oqsil, oqsilsiz azotli birikmalar
eruvchan uglevodlar, mineral moddalar va lipoidlar (yog‘simon moddalar) kabi 
oziqabop moddalar majmuasining mavjudligi uni yuqori oziqali qiymatga ega 
bo‘lishini ta’minlaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida uni oziqali va mazasi sifatiga 
ta’sir etadigan pektinlar, vitaminlar, alkoloidlar va boshqa birikmalar oz miqdorda 
mavjuddir. 
Tuganakning kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib, unga nav, yetilish 
darajasi, tuproq, iqlim sharoiti, beriladigan o‘g‘it miqdori va uni tarkibi, tuproq 
namligi va boshqa omillar ta’sir etadi. Masalan, tuganak tarkibidagi suv miqdori 65 
dan 85 foizgacha, quruq modda esa 13 dan 37 foizgacha o‘zgaradi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish