184
Hosil oktyabr – noyabr oylarida qattiq sovuqlar boshlanguncha yig’ib
olinadi, quritiladi, saralanadi va saqlashga yoki sotishga jo’natiladi.
Dastlab sovuqqa chidamsiz, ildizmevasi tuproqqa chuqur kirmaydigan
ekinlarning hosili yig’ib olinadi. Odatda, oldin lavlagi, keyin sholg’om, turp,
sabzi, petrushka va selg’derey hosilini yig’ishtiriladi. Pasternak nihoyatda
sovuqqa chidamli bo’lganidan uni kuzdagina emas, qishda kun iligan paytlarda,
hatto bahorda ham yig’ib olish mumkin.
Qazib olingan ildizmevaning bargi o’zak doirasi to’g’risidan shu kuniyoq
pichoq bilan kesib tashlanadi, chunki bargi bilan turib qolsa, ildizmevaning
suvi qochadi, suliydi va keyinchalik unchalik yaxshi saqlanmaydi. Barglaridan
tozalanadi, keyin ularni yirik maydaligiga qarab saralanadi va ayni vaqtda
qishda saqlashga yaroqsiz, yahni yetilmagan, yorilgan, shikastlangan
ildizmevalar ajratib olinadi.
Hosilni yig’ish, saralash va tashish vaqtida ildizmevalarni urintirmaslikka,
shikastlantirmaslikka (kesmaslik, po’stini shilmaslik va hokazoga) harakat
qilish kerak, chunki zararlangan ildizmevalar yaxshi saqlanmaydi.
Ildizmevalarning
hosildorligi
ekinning
naviga,
parvarishlar
agrotexnikasiga, ayniqsa, ekish muddatiga qarab keskin darajada o’zgaradi.
Masalan, ertagi sabzining gektaridan 120-130 ts, kechkisidan 130-150 ts,
lavlagining ertagisidan 130-140, kechkisidan 150-180 ts atrofida hosil
olinmoqda.
Ilg’or sabzavotchilik xo’jaliklarida ildizmevalardan ancha yuqori
gektaridan 250-300 ts va undan ortiq hosil yetishtirilmoqda.
Ildizmevalar harorat 0 dan 2
0
gacha, havoning nisbiy namligi 85-95 %
bo’lganda podval tipida qurilgan sabzavot omborlari yoki transheyalarda
saqlanadi. SHolg’om, sabzi saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80
sm: lavlagi va turplar uchun esa sig’imi kattaroq eni hamda chuqurligi 70 -80
sm keladigan transheyalar qilinadi. Ildizmevalar transheyalarda aprelgacha
saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi.
Lavlagi, sholg’om va turp 1,5 m gacha qalinlikdagi uyumlarda ham
saqlanadi.
Sabzi
boshqa
ildizmevalarga
qaraganda
unchalik
yaxshi
saqlanmaydi, shu sababli uning qatlamlari orasiga toza, nam qum solib, eni va
bo’yi 1 m bo’lgan shtabellarga joylanadi. Sabzi va boshqa ildizmevalarni
yashiklarda va konteynerlarda saqlash yuklash va bo’shatish ishlarini
mexanizatsiyalashga imkon beradi. Biroq, so’nggi yillardagi tekshirishlardan
mahlum bo’lishicha, sabzini ochiq polietilen qoplarda saqlash eng yaxshi usul
hisoblanadi. Polietilen qoplarda saqlanganda ildizmevalarning chirishi,
vaznining tabiiy kamayishi, shakar va vitamin S ning yo’qolishi ancha
kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: