Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Tayanch iboralar
 almashlab ekish, takroriy ekish, navbatlab ekish, ekin 
turlari, zichlashtirish, ekin xilini tanlash.
 


113 
Oziqlantirishlarning aniq muddatlari va ularning tarkibi o‘simliklarning biologic 
xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Bu 
usulda 
kasallik 
-zararkunandalarga 
qarshi 
kurashishni, 
bargdan 
oziqlantirishni birga qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish 
uchun maxsus DDA-70 markali uzoqqa otar osma qurilma va DDA-100 MA markali 
ikki konsolli yomg‘irlatgich agregatidan foydalaniladi. Yomg‘irlatib sug‘orish bizda 
keng tarqalmagan. 
Ochiq dala sabzavotchiligida 1-3 marotaba oziqlantiriladi. Bularning birinchisi 
o‘simliklarda ikki-uchta barglar shakllangan yoki o‘tkazilgan ko‘chatlar o‘zlarini tutib 
olib, 
o‘saboshlagan paytda, ikkinchisi mahsulot organlarining shakllana 
boshlanishlarida, uchinchisi mevalash davri uzun bo‘lgan ekinlarning qiygos mevalash 
paytlarida o‘tkaziladi. 
Oziqlantirishlarda 
mineral 
moddalarni 
organik 
o‘g‘itlar bilan o‘zaro 
almashtirishlar ham maqsadga muvofikdir. Bunda suv bilan susaytirilgan qoramol 
shaltogi (1:4), go‘ngi (1:6-8), parrandalar axlaty (1:15-20) qo‘llanishi mumkin. Ba’zan 
ekinlar paykallarning boshlanish qismi («q
uloqboshi
»)da go‘nglarga to‘ldirilgan 
maxsus chuqurlar orqali sug‘orish suvlarini «
sharbat
» usulida oqizish bilan ham 
oziqlantiriladi. 
Sabzavotchilikda ildizlarsiz oziqlantirishlar ham samaralidir. Bu usul o‘suv 
davrining ikkinchi yarmida, avjlanib o‘sgan poya-barg to‘plamlari egatlar orqali 
oziqlantirishga yo‘l qo‘ymaydigan holatlarda qo‘llaniladi. Ildizdan tashqari 
oziqlantirishlar barglarning suvni va undagi yerigan oziq moddalarni singdira olish 
xususiyatlariga asoslangan. 
Bular ildiz orqali oziqlanish o‘rnini bosmaydi albatta. Ammo o‘simliklarni oziq 
moddalarga qo‘shimcha to‘yintiradi. ToshQXI sabzavotchilik kafedrasida o‘tkazilgan 
tajribalaridan birida kartoshka palagini toza suv bilan purkash orqali hosildorlik 140-
160 
ts/ga, 
super fosforning suvdagi 5

li eritmasini qo‘llash orqali esa 177 
ts/ga 
hosil 
olishga erishilgan. 
«Sabzavot va kartoshka ekinlarini o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga oid 
tavsiyanomalar»da (1980 yil) ko‘rsatilishicha, sabzavot ekinlariga o‘g‘itlar solish bo‘z 
tuproqlarda quyidagi miqdorda belgilangan (ta’sir etuvchi moddalar): azot 100-200, 
fosfor 100-150, kaliy 40-100 
kg/ga
; o‘tloq-botqoqli tuproqlarda azot biroz kamroq 
solinadi (19-jadval). 
Tavsiya etilayotgan o‘g‘itlar miqdori o‘simliklarning holatiga, rejalash-tirilgan 
hosildorlikka, tuproq sharoiti va qo‘llaniladigan agrotexnika darajasiga qarab bir oz 
o‘zgartirilishi mumkin. Quyidagi 5-jadvadda ko‘rsatilgan fosfor va kaliy o‘g‘itlari 
miqdorlari shu oziq moddalar (R
2
O
5
va K
2
O) bilan kam ta’minlangan 
tuproqlarganisbatan hisoblangan. Ularni amalda qo‘llash miqdorlari agrokimyo 
laboratoriyalari tahlillariga ko‘ra tuproqdagi mavjud va o‘zlashtiriladigan fosfor va 
kaliylarning mavjud miqtsorlari bilan tabaqalashtiriladi. 
Buning uchun o‘g‘itlarning ekinlarga mo‘ljallangan yillik miqdorini quyidagi 
tuzatish koeffitsientiga ko‘paytiriladi: juda kam ta’minlangan tuproqlar uchun – 1,25, 


114 
o‘rtacha ta’minlanganlarga – 0,75, yaxshi ta’minlanganlarga – 0,5, yuqori 
darajadagilar uchun – 0,25. 
Ertagi va o‘rtagi muddatlarda ekiladigan ekinlar uchun rejalashtirilgan kaliy 
o‘g‘itining barchasi va fosforning 75% kuzgi shudgorlashda solinadi. Kechki va 
takroriy ekinlarga shu o‘g‘itlar yerga ekish oldi haydovini o‘tkazishda beriladi. 
Karam va pomidor ekinlariga kaliyli o‘g‘itning yarmini erni haydashda, ikkinchi 
yarmini o‘suv davridagi ikkinchi oziqlashda azot bilan birga qo‘llash ma’qul. 
Fosforning qolgan 25% ekish paytida qo‘llanadi. Pomidordosh sabzavotlarga fosforli 
o‘g‘itlarning ozroq qismini vegetatsiya davrida ham qo‘llash maqsadga muvofiq. 
Azotli o‘g‘itlar ekishda va o‘suv davridagi oziqlantirishda ishlatiladi. 
Asosiy o‘g‘itlashda organik va mineral o‘g‘itlarni tayyorlash, ortish, tashish va 
sochishlar mexanizatsiyalashtirilgan. Go‘ng va kompostlarni ortish, tashish va 
sochishlar uchun yuklagich buldozer PB-35, yuklagich - PFP-2, PZ-086, PGX-0,5; 
2PTS-68526, ShTS-2 - tirkama transport vositalardan; organik o‘g‘itlarni sochuvchi 
KSO-9, RTO-4, PPU-4, RPN-4, ROU-5, PRT-10, PRT-16, RUN-15A, RUN-15B 
kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Mineral o‘g‘itlarni maydalash uchun PSU-4, 
USU-20, AIR-30, yuklash uchun SZU-20, PGX-0,5 markali mashinalar ishlatiladi. 
Mineral o‘g‘itlarni sochish KSA-3, I-PGM-4, RTT-4,2A, RUM-8, ARUP-8, I-PMT-
4 markali mexanizmlarda bajariladi. 
Urug‘larni ekish paytida bir yo‘la mineral o‘g‘itlarni ham solish SKOSSh-2,8, 
SKON-4,2, SO-4,2 va boshqa mashinada bajariladi. Ko‘chat o‘tkazuvchi mashinalar 
esa bir yo‘la eritma holidagi o‘g‘itlarni solishni ham o‘zlari bajaradi. Ba’zan 
sabzavotlarni ekish oldidan o‘g‘itlar maydon yuzasiga sochilib, keyin boronalanadi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish