Ishni bajarish tartibi
: Talabalar himoyalangan joy kombinatlarini bosh rejasi bilan
tanishib chiqqandan so‘ng, quyidagi ishlarni bajaradilar:
bu vazifa aniq maydonga ega bo‘lgan issiqxona kombinati bosh rejasini
ishlab chiqishga bag‘ishlanadi. Bunda vaqtincha foydalaniladigan, kichik hajmli,
plyonka bilan qoplanadigan qurilmalarini hisobga olgan holda issiqxona turkumi,
vazifasi, foydalanish muddati, qoplagich va sinchlarni turi, inshootlar maydoni,
shamolning yo‘nalishi ko‘rsatiladi;
vazifaga muvofiq, talabalar 1:1000 masshtabda olingan issiqxona qurilma-
larini va yordamchi binolarini rasmini chizib, ularni joylashtirib chiqishlari kerak va
bularga tushuntirish xatlari yozishlari lozim;
millimetrli qog‘ozda bajariladigan bu rasmda issiqxona turi, yor-damchi
xonalar, energetika tarmoqlari, tuproq aralashmasini tayyorlaydigan va saqlaydigan
maydonlar, yo‘llar, shamoldan saqlanish uchun eqiladigan daraxtlar yo‘nalishi
ko‘rsatilishi kerak.
Tushuntirish xatida talaba qanday namunaviy loyihani tanlagan, rasmda
joylashtirilgan har bir qurilish bo‘limini ko‘rsatadi. Bunda har xil maqsadga
mo‘ljallangan yordamchi binolar uchun talab qilinadigan maydon bo‘yicha hisoblar
ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida «Netafim» kompaniyasi
«Mashav» fondi loyihasi bo‘yicha 2001 yilda 0,05 ga maydonli ko‘chat
yetishtiriladigan, stekloplast qoplamali, ko‘k qalamcha uchun tuman shakllantirgich
moslamali issiqxonani qurib, ishga tushirgan. Kompaniya 2000-2001 yilarda
«Sindarobod» issiqxona xo‘jaligini 8 gektarini qayta ta’mirlab, bosh va ishchi oziqali
eritma tayyorlaydigan bo‘limdan beriladigan eritmani tomchilatib va yomg‘irlatib
sug‘orish tizimini, mikroiqlimni avtomatlashgan holda boshqaradi-gan tizimni,
pomidorni changlatish uchun shmel uyalarini va qurilmalarni o‘rnat-gan.
Issiqxonalardan foydalanish muddatiga ko‘ra
– qishki, yil mobaynida
foydalaniladigan, baxorgi. Ular qaysi maqsadda foydalanilishiga ko‘ra sabzavot yoki
ko‘chat yetishtiriladigan bo‘ladi.
262
2-rasm
Baxorgi issiqxonalarda 3-suratdagidek Yozing issiq kunlarida issiqxona
qoplamasi olib tashlanadi
Isitish usuli bo‘yicha
– quyosh yordamida (gelioissiqxonalar), biologik, texnik
turlarga bo‘linadi.
3-rasm
Biologik
isitiladigan
issiqxonalarda
chirindi yoki sho‘nga o‘xshash
qorishmalardan maxsus maydonchalar tayyorlanadi.
Maxsus texnalogiyalar yordamida isitiladigan issiqxonalar
esa sun’iy ravishda
meyorlarga amal qilgan xolda isitiladi. Bunday texnalogiyalarni turi juda ko‘p.
4-rasm
Nur o‘tkazadigan qoplamasining turi bo‘yicha
– oynavand, plyonkali,
oynaplastikli, qo‘ziqorin yetishtiriladigan qorong‘u xonalar, suniy yoritiladigan nur
263
o‘tkazmaydigan qoplamali
issiqxonalar.
5-rasm
Zvenolar soni bo‘yicha
- bir zvenoli
6-rasm
Bloklilari bir necha zvenolardan iborat bo‘lib, o‘zaro metal tarnovlar, ichki
ustunlar, yordamida bir-biriga birlashtiriladi.
–
264
7-rasm
Qoplamalari shakli va konfiguratsiyasi bo‘yicha- to‘g‘ri (yassi), qiya (bir nishabli,
ikki nishabli yoki angarsimon), poligonal (gumbazsiz), arkasimon, yarim
Foydalanish ketma -ketligiga ko‘ra
–
statsionar
(bir joyga o‘rnatiladi va
ishlatishga yaroqsiz xolatga kelgo‘ncha ishlatiladi),
nostatsionar
(mavsum mobaynida
bir ekindan ikkinchisiga ko‘chirib o‘rnatiladigan muvaqqat issiqxonalar)
8-rasm
Yerga joylashtirilishiga ko‘ra
– o‘rali va yerga yuza o‘rnatilgan bo‘ladi.
9-rasm
–
265
Ichki maydonidan foydalanish bo‘yicha
–
yerli
(o‘simliklar egatlarda yoki tekis
maydonda),
so‘kichaklarda
( tuproq aralashmasi yoki bstratlarda),
oxirsimon
moslamalarda o‘stiriladigan.
10-rasm
O‘simliklarni joylashtirish usuli bo‘yicha
– bir yarusli, ikki yarusli, ko‘p yarusli va
konveyrli bo‘ladi. Yerli issiqxonalar doimo bir yarusli bo‘ladi,
11-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |