Karantin choralari. O’simliklar karantinidan asosiy maqsad Respublikamiz hududini boshqa davlatlarda karantin qilingan, o’simliklarning boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda ashaddiy begona o’tlar kelib qolishidan himoya qilishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimini amalga oshirishdan hamda mamlakatimizda kam tarqalgan karantin zararkunandalar, kasallik va begona o’tlarning yanada tarqalishini oldini olish va manbalarini yo’qotishdan iborat. Ana shu ikki asosiy maqsadga muvofiq, o’simliklarning ichki va tashqi karantini mavjud. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng chet ellar bilan savdo sotiq munosabatlarini o’sishi, aloqa yo’llarini rivojlanishi bilan zararli organizmlarning tarqalishi xavfi ham kuchaymoqda, karantin tizimi ham bir muncha murakkablashdi. Karantin usullari quyidagilardan iborat:
1.Ekiladigan urug’lar ko’chatlarni, shuningdek zararkunandalar va kasalliklar yuqqanligiga shubha qilingan yuklarni jo’natish yoki qabul qilish nunktlarida deeinseksiya yoki dezinfeksiya qilish;
2. Ekiladigan urug’ va ko’chatlarning zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash maqsadida, ularni karantin ko’chatzorlarga ekib ko’rish;
3. U ekilgan urug va ko’chatlar sifatini tekshirib ko’rish (bantirovka) va oldin yoki keltirilgandan keyin shubhali materiallarii yaroqsizga chiqarish;
4. Embargo, yani xavfli zararkunandalar bilan zararlangan ayrim joylarda materiamar olib ketishga batamom barham berish.
Mamlakatimiz karantin xizmatiga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jiligi vazirligiga qarashli Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi rahbarlik qiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatdarda ham inspeksiyalar bo’lib, o’z navbatida, shahar, tumanlararo, tuman inspeksiyalari va punktlari Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi qaramog’idadir. Daryo portlarida, aeroport va temir yo’l stansiyalarida, chegara qo’shinlarining nazorat o’tkazish punktlari joylashgan yerlarda, shuningdek xalqaro pochtamtlarda, bojxonalarda o’simliklar karantini bo’yicha chegara punktlari mavjud. Karantin qilingan mahsulotlar boshqa davlatlardan O’zbekistonga Respublika O’simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin ruxsatnomasi bilan kiritiladi. Bu ruxsatnoma muayyan mahsulotlarni keltirish va ulardan foydalanish qoidalariga to’la amal qilinib, eksport qiluvchi davlatning o’simliklar karantini va himoyasi bilan shug’ullanuvchi davlat organlari tomonidan berilgan va O’zbekistonga keltirilgan mahsulotlarning karantin holatini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) tavsiya qilingan beriladi. Sertifikat (guvohnoma) yuk bilan birga yuboriladigan hujjatlarga ilova etilishi kerak. Karantin xizmati Ustavida o’simliklarning ichki karantini haqidagi chora-tadbirlar ham belgilangan.
|