Qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli atamalarni belgilang.
dehqon, material
paxtakor, g‘olib
agronom, uzumchilik
donchilik, aravakash
Glossariy
termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lib, ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
terminologiya – muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi;
terminologik tizimni tartibga solish – terminlarini to‘plash, tizimlashtirish, ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq etish.
2.SOHAVIY ATAMA VA SO‘ZLARNING BOYIB BORISH MANBALARI
Tayanch so‘z va iboralar: atama, parallel qo‘llanishi, me’yor, tilshunoslik, kasb-hunar leksikasi, til taraqqiyoti, iqtisod sohasi, marketing, qishloq xo‘jaligi.
So‘nggi yillarda respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning atamashunoslik rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
«Davlat tili haqida»gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o‘tkazish, ularni «o‘zbekchalashtirish»ga imkoniyat yaratildi. Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko‘paydi. Jo‘yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan takliflar ham o‘rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig‘i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog‘oz, seyf-zarf, attestasiya-ko‘rik, samolyot- aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-zarvaraq va hokazo.
Muqobil variant bo‘lmagan so‘zlar o‘zbek tiliga ayni shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi
auditor
budjet
kredit
texnologiya
Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, o‘rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o‘rtaga tashlanganligi tarixdan ma’lum.
Ulug‘ ma’rifatparvar Fitrat 1921-yildagi til, imlo qurultoyida «Chig‘atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o‘zbek tilidan yot so‘zlar (arabcha, forscha, ruscha)larni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo‘lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.
Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar – mualliflar)... ko‘plab qadimiy so‘zlarni tiklashni, o‘zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub so‘zlari o‘rniga emgak, el, olqish, o‘gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so‘zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so‘zlari o‘rniga baliq, taniq, sipok so‘zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so‘zlar o‘rniga o‘txona, otash arava, o‘zgarish, yo‘qsil, o‘zi qaynar, choparxona, ekin bilg‘ich, simchiroq, yer biligi, o‘simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so‘z va iboralarni ishlatishni ko‘tarib chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |