Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva


Imloviy va punktuatsion me’yor



Download 3,57 Mb.
bet74/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

Imloviy va punktuatsion me’yor

Yozma nutq

Yozma adabiy til





Publitsistik nutq, radio-televideniye yozma matni

Ilmiy nutq, rasmiy nutq


Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari


Yozma nutq va og‘zaki nutq inson nutq faoliyatining ikki shakli. Har ikkisi ham kishilik jamiyatining muloqot vositasidir. Og‘zaki nutq birinchi shakllanadi, yozma nutq esa keyin shakllanadi. Yozma nutq og‘zaki nutqning tayyor mexanizmlaridan foydalangan holda uni takomillashtirib va ularni bir qadar murakkablashtirib boradi, tilning yangi ifoda shakllari uchun xos bo‘lgan yangi unsurlarini qo‘shadi.
Yozma nutq ta’lim jarayonida maqsadli ravishda egallab boriladi. Og‘zaki nutq bolaning kattalar bilan amaliy muloqoti jarayonida ularga taqlid qilish asosida shakllanadi. Yozma nutqda so‘z tanlashga, jumla tuzishga ancha yuqori talab qo‘yiladi. Yozma nutq tashqi tomondan (aytaylik, suhbatdosh tarafidan) tuzatishsiz kechadi. Yozma nutq muloqotning jonli vositalaridan xoli, ya’ni mimika, jestlar ishtirok etmaydi.
Demak, yozma nutq til mavjudligining bir shakli. Yozma nutq qat’iy me’yorga va tartibga solingan adabiy tildan foydalanadi. Adabiy so‘zlashuv ulubida gaplarda so‘zlarning tartibi qaror topgan, inversiya (so‘z tartibining o‘zgarishi)ham unga xos bo‘lib, so‘zlovchining hissiyotini yorqin tasvirlashga xizmat qiladi.Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z leksikasi bilan og‘zaki so‘zlashuv uslubidan farq qiladi . Adabiy so‘zlashuv uslubi leksikasiga oid so‘zlar “Imlo lug‘ati”dan joy olgan bo‘lib, umum uchun tushunarlidir.
Yozmа nutq mаdаniyati, оg‘zаki nutq mаdаniyatining yuzаgа chiqishini tа’min etаdigаn vоsitаdir. Mаsаlаn, yozmа nutq mаdаniyati uchun imlо vа tinish bеlgilаrigа оid qоidаlаr, yozuv tехnikаsi, yozishni ko‘p mаshq qilish, ko‘p yozish vа ko‘p o‘qish, so‘zlаrning yozilish shаkllаrini хоtirаdа sаqlаy оlish, sintаksisgа dоir mе’yor vа qоidаlаrni yaхshi o‘zlаshtirish muhimdir. Yozmа nutq mаdаniyatini оshirishdа imlо lug‘аtlаri yеtаkchi o‘rin tutаdi.
Kishilаr оg‘zаki vа yozmа nutq mаdаniyatini egаllаshlаri uchun quyidаgi tоmоnlаrgа hаm e’tibоr bеrmоg‘i kеrаk:
- so‘zlаshuv nutqi jаrаyonidа kishilаr o‘zlаrining kundаlik tiligа e’tibоr qilishi, undаgi yutuq vа nuqsоnlаrni sеzа bilishi;
- hаr qаndаy shахs o‘z оnа tiligа, uning qоnun-qоidаlаrigа оngli, ilmiy munоsаbаtdа bo‘lishi lоzim. Buning uchun o‘shа til grаmmаtikаsini, fоnеtikаsini, lеksikоlоgiyasi vа stilistikаsini yaхshi bilishi tаlаb qilinаdi;
- hаr bir kishi o‘zining yozmа vа оg‘zаki nutqi ustidаn оngli nаzоrаt o‘rnаtа оlmоg‘i lоzim. Bu shахslаrdа o‘z nutqi ustidаn yutuq vа kаmchiliklаrgа tаnqidiy yondаshа оlish ko‘nikmаsini shаkllаntirаdi;
- hаr qаndаy оngli kishi uchun nutq mаdаniyatini egаllаshning muhim shаrtlаridаn biri bu tilgа hurmаt bilаn qаrаsh, ungа muhаbbаt qo‘yishdir;
-tilni o‘rgаnish, nutq mаdаniyatini egаllаsh kishi hаyotining mа’lum dаvrigа to‘g‘ri kеlаdigаn vаqtinchаlik ish, bir fаsllik tаdbir emаs, bаlki dоimiy intilish vа shug‘ullаnishni, bir umr tаkоmillаshtirib bоrishni tаlаb qiluvchi hоdisаdir.
Nutq mаdаniyati – so‘z sаn’аti sоhаsi bo‘lib, nutq vоsitаlаridаn mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаnilgаn hоldа yaхshi gаpirish vа yozish sаn’аtidir.
Yozma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir.

oddiy so‘lashuv nutqi (sheva elementlarining qo‘llanilishi)



og‘zaki nutq

og‘zaki adabiy til

og‘zaki adabiy til





adabiy so‘lashuv nutqi (sahna, ma’ruzachi, kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi)

Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:

1. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan "uning libosi" bo‘lgan so‘z birgalikda "yashin tezligida" tilga kela boshlaydi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o‘ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so‘zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko‘zlangan maqsadni (fikrni) to‘liq ro‘yobga chiqarmaydi. Bunda tinglovchi ham so‘zlovchi ham zarar ko‘radi.


2. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni ushlab ko‘rgan holda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Agar xotira ozgina "dangasalik" qilsa, gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik bog‘lanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi. Masalan, "Ustoz, sizni...xalq oldida qilgan ulkan xizmatlaringizdan biz minnatdormiz!". Misolda so‘zlovchi nutqning "Ustoz, sizni..." qismini aytgandan so‘ng uni qanday rivojlantirish ustida qilgan mulohazasi jarayonida avvalgi qismini, avval o‘ylangan modelni unutib qo‘ygan. Shu sababli tushum kelishigida kelgan so‘z keyingi qismlar bilan grammatik va mantiqan bog‘lanmay qolgan.

oddiy so‘lashuv nutqi (sheva elementlarining qo‘llanilishi)



og‘zaki adabiy til



talaffuz me’yori

og‘zaki nutq





adabiy so‘lashuv nutqi (sahna, ma’ruzachi, kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi)

3. Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi.


4. Og‘zaki nutqda, odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan nutqni kuchli tejash bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra unga uzundan-uzoq kirish, keng izohlar kam uchraydi. Aksincha, hodisalarning, narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.
5. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi. Unda bir xil so‘zlar bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash, qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir.
6. Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati to‘xtam (pauza) ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.
7. Og‘zaki nutq tilning noverbal vositalari: turli mimika va jestlar yordamida ifodalanish imkoniga ega.
Og‘zaki nutqning muammolari:
1) o‘zbek adabiy tilining og‘zaki me’yorini barcha bir xilda mukammal egallamagan;
2) shevalar ta’siri kuchli;
3) keksa avlod bilan yosh avlod nutqidagi tafovutlar;
4) yozma nutq ta’sirida uzun jumlalar va iboralarning qo‘llanilishi sun’iylikni keltirib chiqaradi;
5) chetdan kirgan so‘zlarning talaffuzdagi turlicha holatlari;
6) ruscha so‘zlarni talaffuz qilganda yozma shakliga taqlid qilish hamda dialektal shaklida talaffuz etish.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish