Quyidagi jadval asosida nutq uslublariga doir bilimlaringizni mustahkamlang.
|
Nutq uslublari
|
Asosiy belgilari
|
|
|
So‘zlashuv uslubi
|
Erkinlik, norasmiylik; oldindan tayyorlanmagan nutq
|
|
|
Ilmiy uslub
|
Mantiqiylik, aniqlik, xolislik
|
|
|
Rasmiy uslub
|
Aniqlik, qoliplashganlik, rasmiylik, qat’iylik
|
|
|
Ommabop uslub
|
Baho berish, undash, chaqiriq shaklida bo‘ladi
|
|
|
Badiiy uslub
|
Obrazlilik, ifodalilik, badiiylik
|
|
Nutq uslublari
|
Qo‘llanish sohasi
|
So‘zlashuv uslubi
|
Norasmiy muomala vositasi, do‘stona xatlar, maishiy sohadagi aloqalar uslubi
|
Ilmiy uslub
|
Fan, texnika, ta]lim sohasi, Ilmiy ishlar, ilmiy axborot berishda ma’ruza, o‘quv qo‘llanmalari, lug‘at va ilmiy asarlar tili uslubi
|
Rasmiy uslub
|
Ma’muruy-huquqiy faoliyat sohasi, turli hujjatlar tili (ariza, tavsiyanoma, nota, da’vo xati kabi)
|
Ommabop uslub
|
ijtimoiy-siyosiy doiradagi munosabatlar va adabiyotlar(radio, televideniye, matbuot) , ommaviy so‘zga chiqishlarlarda qo‘llaniladigan uslub
|
Badiiy uslub
|
Badiiy asar tili
|
“BBB” metodi asosida bilimlaringizni aniqlang va o‘z-o‘zingizni baholang.
Tushuncha
|
Bilmas edim“+”
|
Bilib oldim “+”
|
Bilmoqchiman “-”
|
1. So‘zlashuv uslubi
|
...
|
...
|
...
|
2. Badiiy uslub
|
...
|
...
|
...
|
3. Ommabop uslub
|
...
|
...
|
...
|
4. Ilmiy uslub
|
...
|
...
|
...
|
5. Rasmiy uslub
|
...
|
...
|
...
|
KONSEPTUAL JADVAL
G‘OYA
|
G‘oyalarning jihatlari alohida taqqoslanadi
|
“Uslub turlari” mavzusi bo‘yicha
Tushunchalarga yondashuvlar
|
Tavsiflar, toifalar, xususiyatlar, ajralib turadigan belgilar
|
Vazifaviy uslub turlari
|
Til xususiyatlari
|
Amal qilinish holati
|
Qo‘llanish doirasi
|
So‘zlashuv uslubi
|
Shevalarning ishlatilishi, o‘z lug‘aviy qatlamiga ega ekanligi
|
Erkin muomalada, badiiy asarlarning qahramonlari nutqida
|
Insonlarning kundalik faoliyatidagi og’zaki nutq shakli
|
Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi
|
Adabiy til me’yoriga rioya qilinishi, leksik va grammatik o‘ziga xosligi
|
Ma’muriy va yuridik ishlarda
|
O‘quv yurtlariga va boshqa muassasalrga ish yuzasidan murojaat qiluvchi shaxslar tomonidan
|
Ilmiy uslub
|
Sof ilmiy akademizm, atamalarning qo‘llanilishi
|
Fan, texnika va ishlab chiqarish sohasida
|
Olimlar, tadqiqotchilar, kashfiyotchilar, o‘qituvchilar tomonidan
|
Publitistik uslub
|
Gazeta tili, ijtimoiy-siyosiy atamalarning qo‘llanilishi, obrazlilik
|
Matbuotda, ommaviy axborot vositalarida
|
Jurnalistlar, shoirlar, ijodkorlar, qalamkashlar tomonidan
|
Badiiy uslub
|
Umumxalq tilning barcha lug‘aviy birliklarini qo‘llanilishi
|
Badiiy asarlar, badiiy matnlar, asar qahramonlarining nutqida
|
Yozuvchilar, shoirlar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarda
|
Mavzu bo‘yicha savollar:
Ilmiy uslub boshqa uslublardan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
Ilmiy uslubning oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Ilmiy uslubda terminlarning tutgan oʻrnini misollar bilan tushuntiring.
Topshiriqlar:
1.Ushbu matnni oʻqing. Maqola yozish tartibiga amal qilgan holda iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha maqola yozing. Oddiy sohaviy maqola bilan ilmiy maqola o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring.
MAQOLA YOZISH TARTIBI
Maqola bu – berilgan mavzu bo‘yicha yozilgan qisqa axborot hisoblanadi. Uning maqsadi – axborotni qisqa va lo‘nda shaklda bayon etish, o‘quvchilarga muhokama etilayotgan masala haqida umumiy tushuncha berishdir. Bunday shakldagi maqolalarning katta qismi bloglar va jurnallarda yoziladi, shuning uchun savod bilan maqolalarni yozish yangi kompyuterlarni bilish bilan teng bo‘lib qoldi. Quyida biz maqolalarni yozish bo‘yicha bir necha maslahatlarni keltiramiz:
Agar siz maqolalar yozish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, hech bo‘lmasa to‘rt-besh satrdan iborat reja tuzing. Har bir satrda siz maqolaning bir tezisini bayon etishingiz mumkin. Har bir tezis esa, o‘zida uch-to‘rt gapni qamrab olgan abzasdan iborat bo‘ladi. Agar maqolada ko‘proq gaplarni sig‘dirishga ehtiyoj tug‘ilsa, ularni ikki yoki undan ortiq abzaslarga bo‘lish mumkin.
Maqolada atamalarning tavsifini sodda tilda tushuntirishga intiling. O‘z maqolangizning bayon etish usulini, so‘zlashuv usuliga yaqinlashtiring. Tushunarsiz nutq, o‘quvchini hurkitib yuboradi va u sizning sahifangizni tark etadi.
Katta masalalarni qamrashga harakat qilmang. Agar siz uy sharoitida qoramolni boqish haqida yozayotgan bo‘lsangiz, ularning anatomiyasi va kelib chiqish tarixi haqida yozish kerak emas. Diqqatingizni faqat tanlagan mavzuga qarating.
Maqola yozishda hajmini cheklashga o‘rganing. Katta hajmdagi ma’lumot o‘quvchilarni jalb qilmaydi. Agar mavzu yetarlicha keng qamrovli bo‘lsa, maqolani ikki yoki undan ortiq qismlarga bo‘ling. Nashr etish vaqtida oldingi yoki keyingi maqolalarga yo‘naltirish mumkin. Shu yo‘l bilan siz o‘quvchilarning qiziqishini saqlashingiz mumkin.
Maqola yozish quyidagi qoidalarga amal qilinsa samarasi ijobiy bo‘ladi.
1. obyektni tasavvur qila olishi;
2. maqolaga sarlavhani to‘g‘ri tanlash;
3. ortiqcha, tushunarsiz so‘zlarni ishlatmaslik;
4. maqolaning hajmiga ahamiyat berish.
5. to‘g‘ri va tushunarli yozish.
6. oxirgi jumlaga e’tibor qaratish.
7. maqolada faktlar ko‘proq bo‘lishi e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2.Maqola yozish jarayonida quyidagi iqtisodiy terminlardan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |