Qaysi yozuv runik yozuvlari deb ham ataladi?
oromiy
soʻgʻd
Oʻrxun- Enasoy
mixxat
Hozirgi dunyoda eng keng tarqalgan yozuv qaysi?
kirill
xitoy
lotin
soʻgʻd
“Qutudgʻu bilig”ning Namangan va Qohira nusxalari qaysi yozuvda yozilgan?
uygʻur
arab
soʻgʻd
eski oʻzbek yozuvi
5.YOZUV TAMOYILLARI
Tayanch so‘z va iboralar: fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil , qisqartmalar, unli, undosh, adabiy til, qo‘shimchalar.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili orfografiyasi quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqilgan:
Fonetik tamoyil. Bu tamoyilga koʻra soʻzlar fonetik jihatdan qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Masalan, ayrim soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda soʻz oʻzagidagi tovush tushadi: ogʻiz – ogʻzim, burun – burni, singil – singlisi kabi. Yoki qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qoʻshimchasi qoʻshilganda ikkinchi boʻgʻindagi unli talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. Shiningdek, men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qoʻshimchalari qoʻshilgan bitta n tovishi tushib qoladi va shunday yoziladi.
Demak, nutq tovushlarining eshitilishiga qarab maxsus grafik shakl orqali tizimlashtirishi fonetik tamoyil deb yuritiladi . Aytish mumkunki , amaldagi imloda fonetik tamoyil nisbatan kam qoʻllanadi. Masalan, Toshkent, Samarqand soʻzlaridagi soʻnggi d, t tovushlari nutqda tushib qolishiga qaramay, ular yozuvda saqlanadi.
Fonetik yozuv quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Quyidagi fonetik yozuv asosida yozilgan sozlarda tovush almashinish hodisasi kuzatiladi:
-k, -q undoshlari bilan tugagan soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi, shunday aytiladi va yoziladi: bilak-bilagim, tilak-tilagim.
-ga, -gana, -guncha kabi g tovushi bilan boshlanuvchi qoʻshimchalar oxiri k, q tovushlari bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilsa, asos yoki qoʻshimcha tarkibida tovush almashadi: terak+ga= terakka, buloq+ga=buloqqa, oq+guncha=oqquncha. Boʻya,tara , sana, tanla kabi soʻzlarga -q yoki -v soʻz yasovchi qoʻshimchalari qoʻshilsa, asosdagi a tovushi o tovushiga almashadi: boʻya -boʻyoq, sana- sanoq.
Yosh, son, ot kabi soʻzlarga -a fe’l yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilsa, asosdagi o tovushi a tovushiga almashadi va shunday yoziladi: yosh- yasha, son-sana.
Quyidagi fonetik yozuv asosida yozilgan soʻzlarda tovush tushish hodisasi kuzatiladi: ogʻiz, burun, shahar kabi soʻzlarga egalik qoʻshimchalari qoʻshilsa, ikkinchi bogʻindagi i, u, a unlilar tushib qoladi: ogʻil-ogʻlim, ogʻiz-ogʻzim.
Ikki,olti,yetti kabi sonlarga jamlovchi son qoʻshimchasi qoʻshilsa, (-ov,-ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikki-ikkov, yetti-yettov.
Men, sen kabi olmoshlarga qaratqich va tushum kelishiklari qoʻshimchasi -ning, -ni qoʻshilsa, mening,seni, meni kabi aytiladi va yoziladi.
Quyidagi fonetik yozuv asosida yozilgan soʻzlarga tovush orttirilishi kuzatiladi: isi, sasi soʻzlariga -q soʻz yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilsa,issiq,sassiq tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
U, bu, shu, oʻsha olmoshlariga -da,-dan, -day, -dagi, -cha, qoʻshimchalari qoʻshilganda n tovushi qoʻshib aytiladi va shunday yoziladi: unda,shunda.
Bu olmoshlarga egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda ham fonetik yozuv asosida yoziladi: buningiz, oʻshanisi kabi.
Shuni aytib oʻtish lozimki, 1995-yilda yangi imlo qoidalari qabul qilingach, shu vaqtgacha grafik-etimologik tamoyil asosida yozib kelingan koʻplab ruscha oʻzlashmalar endi fonetik tamoyil asosida, ya’ni oʻzbek tilining fonetik xususiyatlariga mos ravishda yoziladigan boʻldi. Qiyoslang: sirk, sentabr, budjet, assimilatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |