T. evanescens Westw - O’zbekistonda ko’plab tarqalgan tur hisoblanadi. Bu trixogramma turlari baxor va kuz oylarida tabiatda ko’plab uchraydi. Bu tur uchun havo harorati 26° S va havoning nisbiy namligi 70% bo’lganda yaxshi rivojlanadi. Biolaboratoriya sharoitida urg’ochi trixogrammalarni pushtdorlik darajasi don kuyasini tuxumlarida 34 dona, erkak va urg’ochi trixogrammalarni bir-biriga bo’lgan nisbatlari 1♂:3♀ kuzatildi. Havo harorati va havoning nisbiy namligi
Opiusni qo’llash. Entomofag pomidorda va ituzum g’ovaklovchi pashshasi mavjud bo’lgan boshqa o’simliklarda ko’paytiriladi. Biologik himoya uchun opius imagosidan foydalaniladi. G’ovaklovchi pashshaning 2-3-yoshdagi lichinkalari paydo bo’lganda har o’simlikka bir juft hisobidan entomofag tarqatiladi.
Kolonizatsiya 2-3 marta o’tkaziladi. Parazitning biologik samaradorligi parazit: xo’jayin nisbati 1:30 bo’lganda optimal hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |