Ishni bajarish tartibi: O’simlik to’qimalarini o’rganish. O’simlik to’qimalarini, ularning hujayraviy tuzilishini o’rganish uchun har xil preparatlar tayyorlanadi.
Qoplovchi to’qimasining hujayraviy tuzilishini o’rganishda tradiskansiya bargidan foydalanamiz. Buning uchun barg yuviladi, buyum oynachasini tozalab ustiga bir tomchi suv tomiziladi. Barg ostidan skalpel yordamida epidermis qismidan kesma olinadi va preproval nina yordamida asta buyum oynachasining suv tomizilgan joyiga qo’yilib qoplag’ich oynacha bilan yopiladi. Tayyor bo’lgan preparatni mikroskop buyum stolchasiga qo’yiladi va obyektivdan ko’rib rasmi chizib olinadi.
Asosiy to’qimani g’amlovchi to’qimasining hujayraviy tuzilishini o’rganishda kartoshka tuganagi, ivitilgan bug’doy yoki nuxat donidan yupqa qilib kesma olinib preparat tayyorlanadi, tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko’rilib unda ko’ringan g’amlovchi to’qima hujayralarini rasmi chizib olinadi.
Mexanik to’qimaning sklirid yoki tosh hujayralarining tuzilishini o’rganish uchun nok yoki behi mevasining eti (mezokarp)dan ozroq yupqa kesma olinib preparat tayyorlanadi va mikroskopda ko’rib sklirid (tosh) hujayralarini rasmi chizib olinadi.
O’tkazuvchi to’qimani ko’rish uchun makkajo’xori yoki bug’doy maysasidan foydalanib poyasidan ko’ndalang kesma olinib, preparat tayyorlanadi va lyugol bo’yog’i bilan bo’yalib mikroskopda ko’rish va rasmini chizib olish.
O’simlik organlaridan tayyorlangan doimiy preparatlardan foydalanib o’simlik to’qimalarining hujayraviy tuzilishini kuzatish.
Hayvon to’qimalarini o’rganish. Qon to’qimasini ko’rish uchun chap qo’lning 4-barmog’ini spirt eritmasi bilan dizenfeksiya qilinib, nina sanchiladi va chiqqan qon spirtlangan paxta bilan artib olinadi. Keyin barmoq siqilib ozroq qon buyum oynachasining bir tomoniga qo’yib yupqa surtma tayyorlanadi. 2 daqiqa yaxshi quritiladi. Uning ustiga 96% li spirt tomizilib fiksasiyalanadi. Bir oz vaqtdan so’ng surtmaga bo’yash uchun fuksin bo’yog’i 1-2 tomchi tomizilib 5 minut quritiladi. Quritish spirt gorelkasi yordamida olib boriladi. Tayyorlangan preparat ehtiyotkorlik bilan yuvilib biroz quritiladi. Surtmani avval mikroskopning kichik (8x) obyektivida, so’ng siyrak joyiga immersion moy tomizilib katta (90x) obyektiv, 7x okulyarda qon to’qimasining shaklli elementlarini ko’rish.
Muskul va epiteliy to’qimasini o’rganish uchun farmalin eritmasida saqlangan yomg’ir chuvalchangidan o’tkir skalpel yordamida yupqa kesma olinadi. Kesmani buyum oynachasiga bir tomchi suv ustiga quyilib yopqich oynacha bilan yopiladi va mikroskopda ko’rib rasmi daftarga chizib olish.