Bog'liq AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR.Aminov
T568B T568A 16.4-rasm. Tarmoq kabellarini ulanishi. Shunday ulangan o‘rama juft sizga ikki holatlarda kerak bo‘lishi mumkin:
- kommutatorsiz 2 kompyuterlarni ulash uchun.
- 2 yoki undan ortiq Hub/Switch ulash uchun.
Ikki va undan ortiq kompyuterlarni tarmoqqa ulash uchun kommutatordan
(switch) foydalanish zarur. Shunda kompyuterlar tarmoq adapterlari interfeyslari
kommutator portlari bilan ulanadi. Yagona hisobga olinishi kerak bo‘lgan tomoni, bu
kabelni qanday ulash kerakligi hisoblanadi. Tarmoqda ulash variantlaridan birini yoki
568A, yoki 568V qo‘llash zarur, aralashtirish mumkin emas!
ADSL-texnologiyasi bo‘yicha internetga ulanish uchun foydalanuvchilardan
hech bo‘lmaganda bittasi (ular ko‘proq bo‘lishi ham mumkin) birorta internet-
provayderga ulangan bo‘lishi kerak. Shunday holatlarda boshqa foydalanuvchilarga
Internet "tarqatish" qiyinchilik tug‘dirmaydi – ADSL-modemni tarmoq
kommutatoriga ulash etarli bo‘ladi. Shundan so‘ng tarmoqning har bir shaxsiy
kompyuteridagi IP-protokoli sozlash ishlarida, shlyuz sifatida ADSL-modemining IP-
manzili yoziladi. Internetga ulanuvchi tarmoqning oddiy sxemasi: