Тошкент давлат аграр университети ректорининг



Download 28,65 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi28,65 Kb.
#376874
1   2
Bog'liq
6429 9 сон

BUYURAMAN:

1 Prorektorlar (S.Islamov, A.Abduvasikov, R.Turdiboyeva, Sh.Sattorov, F.Nurjanov) ga, filiallar direktorlari (E.Toreniyazov, A.Jo‘rayev) ga, akademik litseylar rahbarlariga:

Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarori hamda uning ijrosini tashkil etish yuzasidan Prezident Administratsiyasi majlislari bayonlari topshiriqlari bajarilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilinsin.

Mazkur qaror va majlis bayonlari bilan:

Tajriba tariqasida ikki bosqichli imtihon sinovlari orqali iqtidorli yoshlarni saralab olish tartibi joriy etiladigan akademik litseylar ro‘yxati;

Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi;

Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha komissiya tarkibi;

Oliy ta’lim muassasalari huzurida yangidan tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar ro‘yxati tasdiqlanganligi;

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-son Farmoni bilan ko‘p tarmoqli o‘quv markazi va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun biriktirilgan Qiziriq qishloq xo‘jaligi va servis kasb-hunar kolleji negizida 2021/2022 o‘quv yilidan filial huzurida akademik litsey tashkil etilayotganligi;

Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun to‘rtinchi semestr davomida bepul test sinovini tashkil etishligi hamda akademik litseylarga xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish uchun belgilangan kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab bekor qilinganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
2021-yil 1-yanvardan boshlab akademik litsey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashda Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilishi hamda akademik litsey direktorining o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida har oylik, o‘rnak ko‘rsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha ustamalar to‘lanishi;

akademik litseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisiga tenglashtirilishi;

2021-yil 1-yanvardan boshlab o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi rahbarining bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz miqdorida, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanishi;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab bir pedagog xodimga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativini 1:12 nisbatda belgilash, chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha har semestrda o‘quvchilarni teng nisbatda guruhlarga bo‘lib o‘qitishligi;

oliy ta’lim muassasalariga ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli pedagoglarini xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida qisqa muddatli malaka oshirish, onlayn kurslarda o‘qishi, pedagog va xodimlarga ustamalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlarini mustaqil belgilash va to‘lash, ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kanselyariya jihozlari, dasturiy mahsulotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini xarid qilish, o‘quv adabiyotlarini nashr etish, litseylar veb-saytini yaratish, masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish masalalarini moliyalashtirishga ruxsat berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Quyidagilar:

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari huzuridagi akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish mexanizmi 1-ilovaga;

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari huzuridagi akademik litseylarni yuqori malakali pedagoglar bilan ta’minlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariining tegishli kafedralarini akademik litseylarga biriktirish jadvali


2-ilovaga;

Toshkent davlat agrar universitetining iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi


3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etish, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, “ustoz-shogird” tizimini joriy etish, pedagoglar malakasini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, rahbar xodimlarini dars mashg‘ulotlariga jalb qilish, bitiruvchi o‘quvchining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishini ta’minlash;

ikki hafta muddatda akademik litseylarning universitet va uning filiallarida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga mosligi o‘rganilib, akademik litseylar yo‘nalishlari hamda akademik litseylarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, issiqlik tizimini tartibga keltirish va o‘quvchilar turar joylari (yotoqxonalar) bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;

2021-yil 1-yanvardan boshlab universitet va uning filiallaridan xorijga malaka oshirishga yoki stajirovkaga yuborilayotgan har to‘rt nafar professor-o‘qituvchining bir nafari akademik litsey pedagogi, birinchi navbatda xorijiy til va ixtisoslashgan fanlar o‘qituvchilari yuborilishini tashkil etish;

2021-yil 1-sentabrga qadar har bir akademik litseyning internetga ulanishini, o‘z veb-saytiga ega bo‘lishini, shuningdek, Universitet va uning filiallari masofaviy platformasidan foydalanishini texnik jihatdan ta’minlash bo‘yicha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, vebinar xonalarini tashkil etish, ular orqali mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagoglari ishtirokida onlayn tarzda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, olimpiadalarga tayyorgarlikni olib borish;

akademik litseylarda psixologlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun tegishli normativlar asosida ularga qulay shart-sharoitlar yaratish;

2021-yildan boshlab akademik litseylar hamda universitet va uning filiallarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan akademik litseylarning alohida yutuqlarga erishgan pedagog va xodimlarini moddiy-ma’naviy rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish;

ikki oy muddatda akademik litseylarda pedagog va o‘quvchilar tomonidan, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlari, ilmiy-texnik ishlanmalar, dasturiy mahsulotlar va boshqa turdagi yutuqlar aks etgan ko‘rgazmali burchaklarni tashkil etish;

umumta’lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soatini kamida 50 foizga yetkazish, oliy ta’lim muassasalarining turdosh ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlarni akademik litseylar o‘quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikatsiya qilish, ular bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilishini amalga oshirish;

akademik litseylarda har oyda kamida bir marotaba bevosita universitet rektori (filial direktori) tomonidan akademik litsey xodimlari va o‘quvchilari ishtirokida “rektor soati” o‘tkazib borilishini ta’minlash;

akademik litseylar faoliyatini yiliga kamida ikki marotaba o‘rganib va tahlil qilib, Universitet va uning filiallarining ilmiy kengashida keng muhokamadan o‘tkazish;

Universitet va uning filiallari kengashida Prezident qarori hamda Prezident maslahatchisi tomonidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishlardagi topshiriqlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalarni muhokamasini tashkil etish;

bunda har bir litseyda bilim olishga, kitob o‘qishga, sport bilan shug‘ullanishga, kasb egallashga chorlovchi qulay sharoit, o‘quvchilararo raqobat muhiti yaratilishi uchun lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirlar belgilanishi, rag‘bat mexanizmining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratish;

akademik litseylarda shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etish, ularni jihozlash va moddiy ta’minlab borish, joriy yildan boshlab akademik litsey bitiruvchilarining har biri kamida bittadan musiqa asbobini erkin chalishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, yaratilayotgan sharoitlar va yangi imkoniyatlar haqida 2021-yil yanvar-fevral oylarida (hamda keyinchalik) o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar tashkil etish;

barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarni adolat prinsiplari asosida aniqlab, ularga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalarini pedagogik kengashlarda topshirilishini doimiy nazoratga olish;

iqtidorli maktab o‘quvchilarini akademik litseylarga o‘qishga targ‘ib va tashviqot qilish, ularni tanlab olish maqsadida Universitet va uning filiallari, fakultetlar, kafedralar rahbar hamda professor-o‘qituvchilarining hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilari va pedagogik jamoalari bilan uchrashuvlarini muntazam tashkil etib borish;

Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektoriga, Nukus va Termiz filiallari direktorining O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga bir vaqtning o‘zida akademik litsey direktori maqomini berish, oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 20 foiz ustama to‘lash;

oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinmagan hamda kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan akademik litsey bitiruvchilarini bo‘ysunuvi bo‘yicha Universitet va uning filiallarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga o‘rgatish kurslari (markazlari)da o‘qitish;

akademik litseylar bazasida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, litseylarga o‘qishga tayyorlash, kompyuter savodxonligini oshirish, kasb-hunar, jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i yordamida xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) orqali o‘zini o‘zi band qilish (frilansing)ni o‘rgatish, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;

ta’til davrida (hamda keyinchalik) akademik litsey pedagog va xodimlari uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha maqsadli kurslarni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.



  1. Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Turdiboyeva, filiallar direktorlari E.Toreniyazov, A.Jo‘rayevlarga:

akademik litseylarning faoliyatini tizimli tashkil qilish, ularda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim sifati oshirilishini ta’minlash masalalariga shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.

  1. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Abduvasikovga, Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Turdiboyevaga, filiallar direktorlari E.Toreniyazov, A.Jo‘rayevlarga:

tizimdagi akademik litseylarda ta’lim sifati darajasini oshirish, o‘quv va o‘quv-uslubiyot bazasini modernizatsiyalash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, xalqaro tashkilotlar va chet el davlatlarining texnik ko‘mak loyihalarini jalb etish choralarini ko‘rsin.

4. Mazkur buyruq ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.




REKTOR

B.SULAYMONOV


Download 28,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish