4. O'zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkoriigi.
O‟zbekiston bilan Amerika Qo'shma Shtatlari o‟rtasida davlatlararo aioqaiar mustaqillikning
dastlabki yillari day oq yo'Iga qo'yildi. 1992-yil 15-16-fevral kunlari AQSH davlat kotibi Jeyms
Beyker O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi vaikki davlat o'rtasidadiplomatik aloqalar o'matildi.
1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo'lib AQSHning elchixonasi ochildi. 1993 -yil 14-
sentabrda AQSH davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‟yicha elchisi Strob Talbot
O'zbekistonda bo‟ldi va O‟zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi.
1995-yil fe-aprelda
AQSH
mudofaa vaziri Uslyam Persi O‟zbekistonga keldi, O'zbekistonning
NATO «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o'quv-
mashq markazida tinchlikni ta'minlash maqsadida o'tkazilgan harbiy mashqlarda O'zbekiston qurolli
kuchlari vzvodi ishtirok etdi. O'zbekiston bilan AQSH o'rtasida sarmoyalami rag'batlantirish va
o'zaro himoya qilish to'g'risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risida shartnomalar tuzilgan.
Toshkent - Nyu-York o'rtasida bevosita havo yo'li ochildi.
O'zbekistonda 1996-yil boshlarigacha Amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta o‟zbek -
amerika qo‟shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‟rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati
Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHntng Nymnont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkoriikda
tog' jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi «Zaratshon-Nyumont» qo'shma korxonasi bor. Bu
korhonada 2002-yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O'zbekiston Prezidenti
l.Karimovning
1996‟yil 23-28-iyun kunlarida AQSHda
bo'lishi
O'zbekiston
va Amerika
munosabatlarini
yangi
pog'onaga ko'tardi.
I.Karimov AQSH Prezidenti
Bill
(Clinton bilan
uchrashdi.
Ikki mamlakat
o‟rtasidagi
munosabatlami chuqurlashtirish,
tomonlar manfaatiga
daxldor
bo'lgan siyosiy, iqtisodiy, havfsizlik masalalari muhokama etildi.
1.Karimov biian B.Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarga siyosiy
zamin
hozirladi. 1996-yil 25-iyun kuni O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi.
2001-
yilda O'zbekistonda AQSH
bilan
hamkorikda
amalga
oshirilayotgan loyihalar
soni 70
tadan ortdi.
AQSH sarmoyasi
ishtirokida respublikamizda
barpo
etilgan
305
ta
qo'shma
korxona
sanoat, qishloq xo'jaligi,
to'qimachilik,
'gaz-kimyo, neft,
oltin qazib
olish,
transport,
kommunikatsiya va ta'lim
sohalarida samaraii
faoliyat
ko'rsatmoqda. "Zarafshon-Njtimont",
«O‟z-Teksako»,
"O'z
keysmash" 'O'z-keystraktor, "O‟z-Eksayd",
"Biliy
Ay"ning Xo‟jaobod
gaz
ombori
qurilish, "ABB
Lutnmus
Global" bilan hamkorlikdagi Sho'rtan gaz-kimyo
majmuasi
shular jumlasidandir. O'zbekistonning AQSH bilan savdo aylanmasi
300
mln. AQSH dollardan
oshdi.
2001-
yil 11 -sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodir etgan fojiali voqealar
paytida
O‟zbekiston birinchilardan
bo'lib
AQSH hukumatining
Xalqaro
terrorizmga qarshi
aksilterror kaolitsiya
tuzish
haqidagi
taklifi
tarafdori
bo'lib
chiqdi. 2002-yil 1 ]-14-mart kunlari
O'zbekiston
Prezidenti Islom
Karimov boshliq
davlat
delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga
binoan
rasmiy davlat
tashrifi
bilan AQSHda
bo'ldi. AQSH Prezidenti
j.Bush
va
martabali
hukumat
vakillari
Islom
Karinrovni Oq
uyda obro'-e‟tiborli mehinon
sifatida kutib
oldi.
Tomonlar
xalqaro
ahvol,
Markaziy
Osiyodagi jarayonlar,
xalqaro
terrorizmga qarshi kurash,
harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Tashrif yakunida
«O'zbekiston bilan
AQSH
o'rtasida o‟zaro sheriklik
va
hamkorlik asoslari to'g‟risida deklaratsiya»,
ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy material lar va -texnoiogiyalar mrqalishining oldini olishda
hamkorlik, moliya, qishloq xo‟jaiigiga oid qator hujjatlar imzolandi, AQSHni sinovli damlarda
qo'llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatehiligi tomonidan
«Xalqaro
miqyosdagi lider» mukofoti
bilan
taqdirlandi.
Bo mukofot Amerika
xalqining
O'zbekiston
xalqiga
hurmal-e‟tibormmg timsolidir.
■
O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro manfaati)
aloqalarni yo'Iga
qo'yish va
tobora
chuqurlashtirish
alohida o'rin tutadi.
O'zbekistorsnmg Yevropa mamlakatlari bilan hamkoriigi.
1996-yil
21-iyunda Florensiya
shahrida imzolangan O'zbekiston biian
Yevropa
Ittifoqi o'rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik
to'g'risidagi bitim», uning
1999-yil
1-iyulda kuchga
kirishi
mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari
bilan o'zaro
munosabatlarining huquqiy
negiziga
aylandi.
O'zbekislonning
Yevropa
ittitlqi mamlakatlari
bilan siyosiy,
iqtisodiy.
ilmiy-texnik va
madaniy-gumanitar aloqalari
yildan-yilga rivoj
lanib.
cliuqurlashib
bormoqda.
Respublikamizda
Yevropa
ittifoqiga a‟zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya
qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta когхопа ishlayapti, ulardan 111
tasi yuz foizSik yevropa kapitaliga
ega.
1995-
2002 yillarda Yevrropa Ittifoqi mamla-katlarining firma va kompaniyalari
respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd. AQSH dollariga teng yirik sarmoyaviy loyihalami
amalga oshirishda qatnashdi. 2002-— yilda O'zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan
mahsuiol ayirboshiash hajmi 1
mlrd.
65,8 mln. AQSH
dollarini,
2003— yil yanvar-oktabr
oylari
yakunlari bo'yicha
esa 910,6
mln, AQSH dollarini tashkil
etdi.
O'zbekistonning Yevropa ittifoq ining a'zosi,
ulkan
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga
ega bo'lgan Germaniya bilan o'zaro
manfaatli
aloqalari kengayib bormoqda. O'zbekiston Prezidenti
l.Karimovning Germamvaga 1993— yil 28-aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy
tashrifi O'zbekiston bilan Germaniya o‟rtasida munosabatiami yo'Iga qo‟ytshda muhim ahamiyatga
ega bo'ldi. 1.Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kansSer
Gelmut
Kol bilan samimiy,
o'zaro
tenglik asosida, ishonch va qatiyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat
o'rtasida
madaniy
hamkorlik to'g'risida, sarmoyalar qo'yishni amalga
oshirish va
o'zaro himoya
qilishga
ko'maklashish to'g'risida, ilmiy tadqiqotlar va
mutaxassislar fondini
tashkil etish
to‟g'risida bitimlar imzolandi. «Doyche bank», «Mersedes-Bens»
va
«Sirnens» kompaniyalari ning
rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi, Safar
natijalariga ko'ra, O'zbek-Germaniya hamkoriigi masalalari bo'yicha hukumatlararo komissiya
tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi
ochildi. 1994— yil 1-sentabrda
GFR
poytaxti Bormda O'zbekiston Respublikasining
Yevropada
birinchi
elchixonasi
ochildi.
Hozirgi paytda
elchixona
Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Tosh kent - Frankfurt» havo
yo'li ochildi, O‟zbekistonda «Doyche-bank»ning bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda.
Germaniyaning "Geydelberg" firmasi O'zbekistonda nashriyot -matbaa sohasida hamkorlik
qilayotgan yirik kompaniyadir. "Geydelberg" firmasi asbob -uskunalari bilan Yangiyo'l kitob
fabrikasi. Toshkent va Nukus poligratlya kombinatlari, Samarqanddagi "Tong" nashriyoti qayta
jihozlandi. O'zbekistondagi "Rastr" va "Groteks" nashriyotlari "Geydelberg" firmasi texnologiyasi
asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o'quv qo‟Manmaiari va boshqa turdagi
nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001 -yilda O'zbekiston-Germaniya-
Rossiya hamkorligidagi "Namangan qog'oz" qo'shma korxonasi quriiib ishga tushirildi.
O'zbekiston Prezidenti I.A,Karimovning 2001-yil 2-5-aprel kunlari Germaniya Federativ
Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shredeming 2002 -yil 9- 10-may kunlari
O'zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O'zbekiston-Germaniya o‟rtasidagi o'zaro manfaatli
hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi.
ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o'rtasida aloqalar kengayib bormoqda, 1997 -
yiida O'zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo'lsa,
2001-yilda bu ko'rsatkich 80 taga yetdi. Ularning eng yiriklari «Xobas ТАЮ». «Xiva Katel» va
boshqalardir. 2003-yilda Germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq -ovqat sanoati,
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati. transport va boshqa sohalarda
tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko'rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foiztik Germaniya kapitaliga
ega. O'zbekistonga kiritlayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001 -yildayoq ! mlrd. AQSH
doliaridan oshdi. ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasi 2001 -yilda 283,3 mln. AQSH dollarini
tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy
hamkoridir.
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. 1993-yil 28-30-oktabr kunlari O'zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy
tashrifi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikka asos soldi, Prezident
I.
Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda
jamoatchilik vakillari bilan do'stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi, F.Mitter an qabul
marosimida nutq so'zlab: «Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o'rinni egallab
turgan mustaqil O'zbekiston Sharq bilan G'apb o'rtasida ishonchli ko'prik bo'lishi mumkin. Ko'p
asrlik tarix, teran an'analarga ega bo'lgan, insoniyatnin g faxriga aylangan allomalarni yetkazib
bergan O'zbekiston doimo fransuzlaming diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch
bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo'lib qoldi»,- deb ta'kidlagandi. Bu
Vatanimiz to'g'risida, uning shon-shuhratini ulug'lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan
bahodir, Safar natijasida Parijda «O'zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o'rtasida
do'stlik va hamkoriik to'g'risida shartnoma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida
hamkorlik qilish to'g‟risida bitim, sarmoyalami o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida
bitim imzolandi.
Mamlakatimiz rah banning Parij Xartiyasim imzolash i respublikamizda demokratiyaning
yanada rivojlanishi, shuningdek, O'zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar
bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston Milliy banki bilan
Fransiyadagi yirik «Kredit Kommersial de Frans» banki o‟rtasida muddaolar haqida bitim
imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash
zavodi qurish loyihasini pul bilan ta'minlash ko'zda tutildi. Taniqli «Elfakiten» neft -kimyo konsemi,
«Texnip» firmasi va, boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga
kelishildi. Fransiya va O'zbekiston o'rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta'tninlab turgan «Kredi
kommersila de Frans» banki zavod qurilishini ham mablag‟ bilan ta'tninladi. O‟zbekiston bu bankka
mablag' qo'ydi, u hamkoriik uchun kafolat bo'lib turibdi.
1994- yil 25-27-aprel kunlari Fransiya Prezidenti F. Mitteranning O'zbekistonga qilgan
rasmiy tashrifi chog'ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik
to'g‟risida, O'zbekiston va Fransiya o'rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar,
shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to'g'risidagi deklaratsiyalar imzolandi.
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa
sohalarda hamkorlik qiSinmoqda.
O'zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo'lgan Buyuk Britaniya bilan ham
hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 22-25-noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti
1.
Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya
va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo'lishi ikki mamlakat o‟rtasidagi hamkorlik tarixida
buyuk voqea bo‟ldi. Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Yelizaveta И, Bosh vazir J.Meyjor bilan
samimiy, ochiq o'zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo'lib o‟tdi. Safar samarali bo'ldi.
O‟zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o'rtasida o‟zaro iqtisodiy aloqalar
to'g'risida shartnoma, sarmoyalarni o'zaro rag‟batlantirish va himoyalash to'g'risida bilim, havo
yo'llarini ochish to'g'risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida
memorandum imzolandi. «Toshkent-London» havo yo‟lida samolyot qatnovining yo'Iga qo'ytlishi
aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1996 -yilning boshlarida O'zbekistonda
Britaniya Kengashi bo‟limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo'lidagi
yangi qadam bo'ldi,
O'zbekistonning Fintyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, ispaniya, Gretsiva,
Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvativa, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan
siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‟matildi va kengayib bormoqda.
Shvetsariyaning Altendorf shahrida O'zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‟ldi. Bu
maskan bugungi kunda savdo uyigina bo'lib qolmay, O'zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va
savdo markazi hisoblanadigan mamlakat - Shvetsariyadagi vakofatxonasiga ham aylandi.
O'zbekiston biian Yevropa Ittifoqi o'rtasida aloqalarning yo'Iga qo'yilishi mamlakatimizning
Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko'tardi. O'zbekiston Oliy Majlisi bilan
Yevroparlament o'rtasida ham aloqalar o'matildi. Bu aloqalar O'zbekiston parlamenti bilan
Yevroparlament o'rtasida 1998-yilda tuzilgan hamkorlik qo'mitasi darajasida kengayib bormoqda.
O'zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Xorijiy
mamlakatlardan respublikaga ilg'or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi. ko‟plab qo'shma
korxonalaming qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir,
2003-
yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2087 ta qo'shma
korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari. bilan birgalikda faoliyat ko'rsatdi. Ular 386,7
mlrd. so‟m hajmida iste'mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aholiga xizmat
ko'rsatdi. Jahondagi 80 dan ortik xorijiy bank bilan o'zaro munosabatlar o'matilgan. Mustaqillik
yillarida O'zbekistonga kiritiigan chet el
investitsiyalari 14 mifrd. AQSH dollaridan oshdi. Bir yilda taxminan I mlrd. AQSH doliari
o‟ziashitiriimoqda. O‟zbekiston jahondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda, Har yilgi tovar
ayiriboshlash hajmi 6-8 mlrd. AQSH dollairini tashkii etmoqda. Ilg'or mamlakatlar kadrlar
tayyorlashda, bank sohasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo‟iga qo'yishida, yetakchi
biijalar
bilan
aloqalar
o'matishda,
qonunchilik
tajribasini
o'rganishda
respublikamizga
ko'maklashmoqdalar.
Xuiosa qilib aytganda, O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlami
yo'Iga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‟zbekiston
o‟zining tinchiiksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va
faoliyati bilan butun dunyoga tanildi. jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'mini egalladi, uning
mavqeyi yiidan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |