Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

Ta'!im  raviiaqi,  'Ma‟naviy-ma'rifiy  sohadagi  vutuqlarimiz  ta‟lim  tizimidagi  tub 
o'zgarishlarda  yaqqol  namayon  bo‟lmoqda.  Xalq  ta'limini  isloh  qilish.  kadrlar  tayyorlash 
tizimini  mustahkamlash  sohasida  muhim  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Yangi  oliy  o'quv 
yurtlari  tashkil  etilib  bilimlarning  yangi  tarmoqlari  bo'yicha  kadrlar  tayyorlash  yo'Iga 
qo'yildi.  Oliy  ta'lim  tizimidagi  16 univejrsitetning  12 tasi  mustaqillik  yillarida  tashkil  etildi. 
Mustaqillik  yillarida  eng  zarur  zamonaviy  mutaxassisliklar  bo'yicha  o'nlab  yangi  oliy  o‟quv 
yurtlari  -  Mudofaa  vazirligi  qoshida  Harbiy  akademiya.  Ichki  ishlar  vazirligi  qoshida  Ichki 
ishlar  akademiyasi.  Bank-moliya  akademiyasi,  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya 
universiteti,  Toshkent  aviatsiya  instituti,  Navoiy  tog' -konehilik  instituti.  Toshkent  Moliya 
instituti va boshqalar tashkil etildi.
 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  ta'limni  tubdan  isloh  qilish  yo'llari 
ishlab  chiqildi.  1997-  yil  27-avgustda  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  O'zbekiston 
Respublikasining  «Ta'lim  to'g'risida»  Qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash  miliiy  dasturi»  qabul 
qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh
 


qilish,  uni  o'tmishdan  qolgan  mafkuraviv  qarashlar  va  sarqitlardan  to‟la  xalos  etish, 
rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida.  yuksak  ma'naviy  va  axloqiy  talablarga  javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
 
Milliy  dastur  ro'yobga  chiqmoqda.  Yoshlar  umumiy  o'rta  ta‟limni  9  yillik  maktablarda 
oladilar,  yana  uch  yil  davomida  yangidan  tashkil  etilgan  akademik  litscylar  va  kasb -hunar 
koilejlarida o'rta maxsus bilim va kasb-hunar o‟rganadilar.
 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  da  belgilangan  vazifalarni  bajarish  timurnxalq, 
umummillat  ishiga  aylandi.  2001-  yilda  Kadriar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga 
oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.
 
2001-  yilda  respublikamizda  6742  ta  maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  608500  nafar 
o'g'il-qizlar tarbiyalandi. IJIarda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat 
qildi.  9727  ta  umumta'lim  maktablarida  440762  nafar  o'qituvchi  6,3  mln.  o'quvchiga  ta‟lim 
bermoqda.  IJmumiy  o'rta  ta'lim  bo‟yicha  barcha  o‟quv  fanlaridan  Davlat  ta‟lim  standartl ari 
ishlab  chiqildi  va  ular  346  ta  maktabda  tajribadan  o'tkazildi,  ta'lim  jarayoniga  joriy  etildi. 
Davlat ta'lim standartlariga mos o'quv dasturlari va darsltklari yaratildi.
 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  eng  muhim,  O‟zbekistonga  xos  xususiyati  yangi  
turdagi  3  yillik  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‟limi  tizimini  yaratishdir.  1998-  2004-  yillar 
davomida  zamonaviy  o'qu  v-  laboratori  у  a  uskunalari  bilan  jihozlangan  54  ta  akademik 
litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi, Bu maqsadlar uchun 135 mlrd.  so'm mablag' 
sarflandi. O'rta maxsus o'quv yurtiariga zarur bo'lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan 
chet  el  investitsiyalarining  miqdori  150  mln.  AQSH  dollirini  tashkil  etdi.  Davlat  ta'lim 
standartlari, o'quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-
2004  o'quv  yilida  akademik  litseylarda  26,2  ming,  kasb -hunar  koilejlarida  531,6  ming 
o'quvchi ta'lim oldi.
 
Oliy ta'lim tizimida katta o'zgarishlar qilindi. Oliy ta'lim ikki bosqichdan  - bakalavriyat 
va  magi'straturadan  iborat  etib  qayta  tashkii  etildi.  62  ta  oliy 
o’quv 
yurtlarida  ta'lim 
olayotgan bo'lajak bakalavr va magistrlar soni 2003 -2004-o'quv yilida 254400 nafami tashkil 
etdi.  1&486  nafar  professor-o'qituvchilar  mehnat  qilmoqdalar,  ularning  1462  nafari  fan 
doktori,  7201  nafari  fan  riomzodidir.  O'tgan  4  yil  davomida  barcha  yo'nalishlar  bo'yicha 
bakalavr va magistrlar uchun qo'yiladigan talablarni o'zida mujassamlashtirgan Davlat ta'lim 
standartlari,  o‟quv  dasturlari  yaratildi.  Oliy  ia'lim  uchun  1129  nomdagi  dars lik  va  o'quv 
adabiyotlari nashr etildi va Oliy o'quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi.
 
Mamlakatimizda  iqtidorli  yoshlami  izlab  topish,  ularga  ko'maklashish,  qo'llab - 
quvvatlash  bo‟yicha  davlat  siyosati  sobif,  qadamlik  bilan  olib  borilmoqda.  Iste'dodli 
yoshlami  moddiy  va  ma'naviy  rag'batlantirish,  chet  elda  o'qishini  qo'llab -  quvvatlash 
maqsadida  "Respublika  bolalar  fondi",  "Sog‟lom  avlod  uchun",  "Iste'dod"  jamg'armalari 
tashkil  topdi.  «Zulfiya»  mukofoti  ta'sis  etildi.  Ta'lim  sohasida  xalqaro  tashkilotlar  bilan 
hamkorlik yo'Iga qo'yildi, 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o'qib keldi.
 


O'zbekiston  ta'lim  tizimi  dunyo  micyosida  katta  qiziqish  uyg'ot -moqda.  Moskvadagi 
Oliy  ta'lim  Xalqaro  Fanlar  akademiyasi  prezidenti  V.Shukshunov  O'zbekistonda  ishlab 
chiqilgan  bu  Milliy  dasturni  rna/mun-mohiyati  jihatidan  tengi  yo'q  hujjat,  deb  ta'ritladi. 
O'zbekistonda yaratilayotgan ta‟lim tizimi «Ta'limning o'zbek modeli» deb e‟tirof etildi.
-
 
4.  Madaniyat ravnaqi
 
Badiiy  adabiyot  MuslaqilHk  yillarida  badiiy  adabiyotda  milliylik,  ming  yillik  tarixiy 
ijodiy  an‟analar,  umuminsoniy  qadriyatlar,  erkin  ftkr  yuritish  tamoyillari  tiklandi.  Badiiy 
adabiyot  sinftylik,  partiyaviylik,  kommunistik  mafkuraviylik  kabi  aqidalar  hukmronligi 
illatlaridan ozod bo'ldi.
 
Badiiy  adabiyotda  mustaqillikni  asrab-avaylash,  ozod  va  obod  Vatan  qurish,  barkamol 
insonni tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‟iib qoldi.  
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qedirov, Xurshid Davron  kabi sjodkorlarning 
tarixiy  roman,  pyesa  va  qissalarida  ulug'  bobokalonlarimiz  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug'bek, 
Z.M.Bobur  va  boshqalaming  siymolari  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  mos  tarzda 
yangicha 
talqinda 
yoritildi. 
Xalqaro 
Sholoxov 
mukofoti 
laureati 
To'lepbergen 
Qayipbergenovnirsg  «U  dunyoga,  bobomga  xat»  asari,  ShukruMoning  «Kafansiz 
ko'milganlar»  romanida,  Nazar  Eshonqulovning  «Qora  kitob»  povestida,  O'tkir 
Hoshimovning  «Тushda  kechgan  umrlar»,  Tog'ay  Murodning  «Otamdan  qolgan  dalalar» 
singari  asarlarida  mustabid  sovet  davrida  xalq  boshiga  solingan  behad  kulfatlar,  g'am -
alamlar haqqoniy tasvirlangan.
 
Tohir  Malikning  «Shaytanat»  (4  kitob).  Hojiakbar  Shayxovning  «Тutqin  odamlar» 
asarlarida  insonni  iymon  va  vijdondan  ozdirishga,  razolat  va  qabohat  ummoniga  botirishga  
urinuvchi  yomonlik  dunyosi,  matlya  olami  shaytonlari  fosh  qilinadi.  ularga  nisbatan  nafrat 
tuyg'ulari taronnum etiladi.
 
Omoti  Muxtorning  «To'rt  tomon  qibla»  nomli  trilogiyasi,  Barot  Boyqobulovning 
«O‟zbeknoma»  tarix  iy-falsafiy  dostoni,  Abduqahhor  Ibrohirriovning  «Biz  kirn,  o'zbeklar» 
badiiy-tarixiy  asari.  Azim  Suyunning  «Oq  va  qora»,  Abduvali  Qutbiddinning  «Izohsiz 
lug'at» she'riy asarlari zamonaviy o'zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.  

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish