Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati 
jadal  rivojlandi.  1994-  yilda  barpo  etilgan  0'zbekiston4sroil  «O'ztz  mash»  qo‟shma 
korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal
 


shpindelli  yangi  xili  yaratildi.  Bu  agregat  jahon  mashinasozligining  eng  yangi  yutug'i,  deb 
e‟tirof etildi. 
1992-  yiida  Janubiy  Koreya  bilan  hamkorlikda  O'zbekistonda  avtomobil  ishlab 
chiqaruvchi  korxona  barpo  etishga  kelishib  olindi.  1993-1996  yillarda  Asaka  shah‟rida 
«UZDAEWOO avto» zavodi barpo etildi va «Damas», «Tiko», «Neksiya» rusumli avtomobil 
lar  ishlab  chiqarish  yo‟Iga  qo'yildi.  1996-  yilda  25,3  ming,  1997-  yilda  64,9  ming,  1998- 
yilda  54,4  ming,  1999-  yiida  58,4  ming,  2004-  yilda  70  ming  dona  yengil  avtomobil  ishlab 
chiqarildi.  «UZDAEWOO»  zavodida  1999-  2003  yillarda  «Matiz»,  «Lasetti»  rusumli 
avtomobillar  ishlab  chiqarish  yoliga  qo'yildi.  O'zbekiston  dunyoda  avtomobil  ishlab 
chiqaruvchi  28-mamlakatga  aylandi.  «UZDAEWOO  avto»  zavodi  10  yil  (1996-2006-  yii 
iyun) davomida 571580 ta avtomobil tayyoiiadi, ularning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
 
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Sam Koch 
avto»  zavodi  qurildi.  2000-  yilda  «Sam  Koch  avto»  zavodi  483  ta  avtobus,  102  ta  yuk 
avtomobili ishlab chiqardi.
 
Respublikamizda  avtomobil  butlovchi  qismlari  ishlab  chiqaruvchi  o'nlab  yangi 
korxonalar  binyod  etildi.  Hozirgi  paytda  «UZDAEWOO»  zavodi  uchun  zarur  bo'lgan 
butlovchi  qismlarning  20  foizi  O'zbekistonda  ishlab  chiqarilmoqda.  Avtomobilsozlik 
sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda.
 
Mashinasozlik  sanoatining  yirik  korxonalari  -  Toshkent  traktor  zavodi,  O'zbekiston 
qishloq  xo‟jaligi  mashinasozligi,  Toshkent  va  Chirchiq  qishloq  xo'jaligi  mashinasoziigi, 
Toshkent  agregat  zavodi  va  boshqa  korxonalar  mustaqil)ikning  dastlabki  yillarida  uchragan 
qiyinchiliklarni  yengib  o‟sdi.  Birgina  Toshkent  traktor  zavodida  2000 -  yilda  954  ta,  2001- 
yilda  1002  ta  traktor  ishlab  chiqarilgan  bo'lsa,  hozirgi  paytda  yiliga  3,5-4  ming  donagacha 
traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.
 
Gaz-kimyo  va  yengil  sanoat.  1995-  yil  oktabr  oyida  O'zbekiston  bilan  AQSH  ning 
«ABB  Lummus  Global»  kompantyasi  o‟rtasida  Sho‟rtan  gaz-kimyo  majmuasini  qurish 
bo‟yicha  hamkorlik  yo'Iga  qo'yildi.  Qurilish  ishlari  1997-2001  -  yillarda  amalga  oshirildi, 
majmua qurilishida I mlrd, AQSH dollari hajmida sarmoya o‟zlashtirildi. 2001 - yil dekabrda 
Sho'rtan  gaz-kimyo  majmuasi  ishga  tushirildi.  Majmua  yiliga  25  ming  tonna  poliet ilen,  137 
ming  tonna  suyultirilgan  gaz  va  126  ming  tonna  gaz  kondensati  ishlab  chiqarish  quvvatiga 
ega.
 
Yengil  va  to'qimachilik  sanoati  tez  sur'atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda.  Paxtani  qayta 
ishlovchi «Qabul-O'zbek», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», 
«Chitioz  to'qimachi»,  «Qabul-Farg'ona»,  «Oq  saroy  to'qimachi»  qo'shma  korxonlari  barpo 
etildi. Faqat 2004- yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda 
xalq  ist‟emol  moliari  ishlab  chiqarish  kengaydi,  minglab  yangi  ish  o‟rinlari  yaratildi.  Agar 
1991- yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo'lOsa, 2004 - 
yilda bu ko‟rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamaiarini eksport qilish 
hajmlari ancha oshdi.
 
Mustaqillik  yillarida  «Zarafshon-Nyumont»  korxonasi.  Qizilqum  fosforit  kombinati, 
Qo‟ng‟irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo'l va Andijon 


spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi .
 
Don  mustaqilligi.  Qishloq  xo'jaligida  ishlab  chiqarish  tarkibini  takomillashtirishga 
e‟tibor  berildi.  Xo'jaliklar  ekin  ekish  sohasida  mustaqil  bo‟ldi  lar.  Respublikada  don 
mustaqilligiga  erishish,  shakar  va  boshqa  oziq -ovqat  mahsulotlari  tayyorlashni  tikiash  yo'li 
izchillik  biian  amalga  oshirildi.  Paxta  ekiladigan  maydonlar  tegishli  suratda  qisqartirilib, 
donli  ekinlar  maydoni  kengaytirildi.  Umumiy  ekin  maydonlarida  donli  ekinlar  saimog‟i 
1991- yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000- yilda 42 foizga o'sdi.
 
Respublikamizda  don  mustaqilligiga  erishish.  shakar  va  boshqa  oziq -ovqat 
mahsulotlari  tayyorlash  yo'li  izchillik  bilan  amalga  oshirildi,  Agar  1991 -  yilda 
mamlakatimkda  1,9  mln.  tonna  don,  shu  jumladan,  609,5  ming  tonna  bug'doy  tayyorlangan 
bo'lsa,  2003-yilda  6,1  mln.  tonna  don,  shu  jumladan  5,4  mln.  tonna  bug'doy  yetishtirildi. 
O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi.
 
Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy 
etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil yetishtirish imkonini yaratdi.
 
Iqtisodiyotda  barqaror  yuksalish.  Iqtisodiyot  tarkibidagi  tub  o'zgaris hlar,  yangi 
korxonlalarning  bunyod  etilishi  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  sohasida  samara)i 
natijalar  berdi.  1991-2002  yillarda  1872  korxona  va  boshqa  ishlab  chiqarish  muassasalari 
qurildi,  mahsulotning  9,5  mingdan  ortiq  yangi  turlarini  ishlab  chiqa rish  o'zlashtirildi.  1990- 
yilda  respublika  bo'yicha  ishlab  chiqarilgan  sanoat  mahsulotlari  hajmini 100  foiz  deb  olsak, 
undan keying! yillarda kamayib,
 
1992-  yilda  94,7  foizga,  1993-  yilda  98,1  foizga  tushgan  edi,  1995-  yilga  kelib 
makroiqtisodiyotda  barqarorlikka  erishildi  va  1996-  yildan  boshlab  barqaror  o'sish 
ta'minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan
 
1997- 
yilda  106,5  foizga,  1998-  yilda  105,8  foizga,  1999-yilda  106,1  foizga,  2000- 
yilda 106,4 foizga, 2001- yiida 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003- yilda
 
108,4  foizga,  2004-  yilda  109,4  foiz,  2005-  yilda  7,3  ga  o'sdi.  Un  va  un  mahsulotlari, 
kiyim-kechak,  poyabzal,  shakar  va  qand  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  sezilarli  darajada 
ko'paydi, iste'moi huyumlari importi kamaydi.
 
Yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarish  1991-1995  yillarda  pasayib  bordi,  1996-  yildan 
boshlab  o'sish  boshlandi.  Oldingi  yilga  nisbatan  1996-  yilda  Yalpi  ichki  mahsulot  101,7 
foizga,  1997-  yilda  105,2  foizga,  1998-yilda  104,4  foizga,  1999-  yilda  104,4  foizga,  2000- 
yilda 104 foizga, 2001- yilda 104,5 foizga o'sdi. 2004- 2005 yillarda bu ko'rsatkich 7 foizdan 
oshib bordi.
 
Natijada,  2001-  yilda  birinchi  bor  yalpi  ichki  mahsulotning  1991 -  yilga  nisbatan  103 
foiz  o'sishiga  erishildi.  MDH  davlatlari  orasida  birinchi   bo'lib  O'zbekiston  iqtisodiy 
barqarorlikka  erishgan,  iqtisodiy  ko'rsatkichlari  izchil  o'sib  borayotgan  mamlakatdir.  2005 - 
yiida  iqtisodiyotning  o‟sish  ko'rsatkichi  2000-  yilga  nisbatan  30,1  foizini  1991-  yilga 
taqqoslaganda  esa  28,2  foizni  tashkil  etdi.  Natijada,  O'zbekistonning  umumiy  eksport 
hajmida  tayyor  mahsulot  va  xizmadar  ulushi  50  foizdan  oshdi,  tashqi  savdoda  1,3  mlrd. 
AQSH dollar! miqdoridagi ijobiy saldoga erishildi.
 



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish