Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

1991-yil  31-avgust  kuni  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  navbatdan 
tashqari  tarixiy  oltinchi  sessiyasi  bo‟iib  o'tdi.  Sessiyada  O'zbekiston  Prezidenti  (.Karimov 
nutq  so'zlab,  sobiq  Ittifoqda  so'nggi  paytlarda  yuz  bergan  ijtimoiy -siyosiy  voqealami, 
davlat  to'ntarishiga  urinish  oqibatlarini  tahlil  qilib,  ular  O'zbekiston  taqdiriga,  xalqimiz 
tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan 
holda,  O‟zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e'lon  qildi  va  uni  mustaqillik 
to‟g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. 
Sessiyada  "O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  to'g'risidagi  Oliy 
Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
 
"Mustaqillik  deklaratsiyasini  amalga  oshira  borib,  O'zbekiston  So vet  Sotsialistik 
Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat  - 
O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini  tantanali ravishda e'lon qiladi".
 
Oliy  Kengash  sessiyasida  "O'zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaq illigini  e'lon 
qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.
 
Mazkur qarorda:
 
1) 
respublikaning  davlat  mustaqilligi  to‟g'risidagi  Oliy  Kengash  bayonoti 
tasdiqiansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;
 
2) 
1  -sentabr  O'zbekiston  Respublikasining  Mustaqillik  kuni  deb  belgilansin  va 
1991—  yildan  boshlab  bu  kun  bayram  va  dam  olish  kuni  deb  e'lon  qilinsin,  deb  qat‟iy 
belgilab qo‟yildi. 
Oliy  Kengash  sessiyasida  "O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari 
to'g'risida"gi  Qonun  qabul  qilindi.  Bu  Qonun  17  moddadan  iborat  bo‟iib,  O'zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkam lab berdi. Qonunda:
 
•  O‟zbekiston  Respublikasi  o'z  tarkibidagi  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  bilan 
birga. mustaqil, demokratik davlatdir;
 
•  O'zbekiston  Respublikasining  xalqi  suverendir  va  respublikada  davlat 
hokimiyatining  birdan-bir  sohibidir.  U  o‟z  hokimiyatini  ham  bevosita,  ham  vakillik 
idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
 
• O'zbekiston  Respublikasi  to'la  davlat  hokimiyatiga  ega,  o‟zining  milliy  davlat  va 
ma'muriy-hududiy  tuzilishini,  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralari  tizimini  mustaqil 
belgilaydi,  davlat  chegaralari,  hududi  daxlsiz  va  bo‟linmas  bo‟iib,  uning  xalqi  o'z  xohish -
irodasini erkin bildirmasdan turib o‟zgartirilishi mumkin emas; 
• Respublika  hududidagi  yer,  yer  osti  boyliklari,  suv  va  o‟rmonlar,  o‟simlik  va 
hayvonot  dunyosi,  tabiiy  va  boshqa  resurslar,  respublikaning  ma'naviy  boyliklari 
O‟zbekiston  Respublikasining  milliy  boyligi,  mulki  hisoblanadi,  deb  qonunlashtirilib. 
belgilab qo‟yildi.
 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  Vil  sessiyasida  1991 -  yil  30-  sentabr 
kuni  "O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari  to'g'risida"gi  Qonunga 
Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi.
 


Qarorda  O‟zbekiston  Respublikasining  amaldagi  Konstitutsiyasi  moddalari  "O‟zbekiston 
Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari  to'g‟risida"gi  Qonunning  moddalariga  zid 
kelgan holiarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.
 
Shunday  qilib,  xalqimizning  asriy  orzusi.  umidlari  ushaldi.  ro‟yobga  chiqdi. 
Mamlakatimiz, xalqimiz. siyosiy mutelikdan, asoratdan qutiidi. Dunyo xaritasida yana bitta 
mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.
 
O'zbek  xalqi  tarixida,  mamlakatimizda  yashaydigan  barcha  xalqlar  tarixida  chinakam 
tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan voqea sodir bo'ldi.
 
O'zbekiston  Respublikasining  aholisi  mustaqillik  e'lon  qilingan  paytda  21,5  mln 
kishini tashkil etardi. 2004- yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi,
 
Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish
 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengash  in  ing  1991 -  yil  noyabrda  bo'lgan  VIII 
sessiyasi  Davlat  mustaqilligi  masalasi  bo'yicha  referendum  o'tkazish  haqidagi  /  masalani 
ko'rib  chiqdi.  Oliy  Kengashning  mazkur  sessiyasida  1991-  yil  29-dekabr,  yakshanba  kuni 
O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida referendum hamda O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish to‟g'risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda 
ovoz  berish  byulleteniga  masala  quyidagicha  kiritildi:  "O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Kengashi  tomonidan  e'lon  qilingan  O‟zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligini 
ma'quflaysizmi?".  Shuningdek,  "O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to'g'risida" 
Qonun qabul qilindi.
 
1991- 
yil 
29-dekabr  kuni  umumxalq  referendum!  bo'lib  o'tdi.  Referendumda 
9.898707 kishi  yoki  saylov  ro'yxatiga kiritilganlarning  94,1  foizi qatnashdi.  Ovoz berishda 
qatnashganlarning  98,2  foizi  O'zbekiston  Respublikasi  mustaqiJligini  ma' qullaymiz,  deb 
ovoz berdi.
 
O'zbekiston  Davlat  mustaqilligining  e'lon  qilinishi,  uning  butun  tarixiy  taraqqiyoti 
natijalaridan kelib chiqadigan obyektiv va qonuniy hodisadir.
 
Respublika  xalqi  va  rahbariyatining  donishmandligi,  sabotli  va  qat'iyatliligi,  uzo qni 
ko'ra bilishi natijasida uning davlat mustaqiiligiga erishuvi.
 
Islom Karimov O'zbekistonning birinchi Prezidenti
 
Tineh.  Demokratik,  Parlament  yo'li  bilan  ijtimoiy  larzalarsiz,  qurbonlar  va 
vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
 
1991-  yil  29-dekabr  kuni  muqobillik  asosida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
saylovi  ham  bo‟iib  o'tdi.  Prezidentiikka  nomzod  Islom  Abdug'aniyevich  Karimov  uchun 
8.514136 kishi  yoki  ovoz berishda  qatnashganlarning 86 foizi  ovoz berdi. Markaziy  saylov 
komissiyasi saylov yakunlarini ko'rib chiqib, I.A.Karimovni
 
1991-  yil  29-dekabrdan  O'zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  lavozimiga  saylangan, 
deb  hisoblashga  qaror  qildi.  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992 -  yil 
yanvarda  bo'lgan  navbatdan  tashqari  IX  sessiyasida  Prezident  Islom  Karimov  qasamyod 
qildi:  "O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimini  bajarishga  kirishar  ekanman, 
respublikamiz  xalqlariga  sadoqat  bilan  xizmat  qilishga,  fuqarolarning  huquq  va 
erkinliklariga  kafolat  berishga,  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  qat'iy  rioya 
etishga, zimmamga yuklangan yuksak
 


vazifalarni  vijdonan  bajarishga  qasamyod  qilaman".  islom  Karimov  O‟zbekiston 
Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.
 
6.  Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo
 
etilishi
 
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  O'zbekiston  o'z  siyosiy  mustaqilligini 
mustahkamlash,  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurishga  yo'naltirilgan  chuqur 
siyosiy islohotlar o‟tkazish yo'lidan bormoqda. 
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omiliarga tayanildi:
 
• Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyiliar inobatga olindi; 
» Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi; 
* Ko'p  ming  yillik  o'zbek  davlatchiligi  tarixi  va  o'ziga  xos  ma'naviy -axloqiy 
qadriyatlariga asoslandi;
 
•  Vakillik  hokimyatini  vujudga  keltirishning  eng  demokratik  tizimi  -  qonun 
chiqaruvchi. ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo'lidan bordi;
 
*  Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv 
usulini yaratish yo'li tanlatidi.
 
O'zbekiston  mustaqilligi  e'lon  qilingan  paytda  1990  -yil  fevralda  saylangan  qonun 
chiqaruvchi  hokimiyat  organi  -  Oliy  Kengash  faoliyat  ko'rsatmoqda  edi.  O' zbekistonda 
demokratik isiohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‟lidan borilib, birdaniga Oliy 
Kengashni  tarqatib  yuborilmadi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish