borayotgan I igi birinchi bor e‟tirof etildi. Xalqning shon -shuhrati, qadr-qimmatini himoya
qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada kadrlami ianlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy
manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z.
mavqeyini yo‟qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan
chiqarib yuborildi Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko'tarildi.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‟zgarish shundan iborat bo'ldiki endi
O‟zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining hoshliqlarini
Moskva orqali ha! qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek
qo'yildi. bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'liga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan
rahbarning jasorati bo‟iib,
siyosiy muteiikdan qutilish
tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.
O'zbekistonda adolatni tikiash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o‟zbek
ishi», «paxta isbi:»ning tamomita sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko‟rildi,
aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.
O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqaehon o'zbek tiliga
davlat tili maqomini berish masalasi ko‟tarilgan edi. O‟zbekistonning sobiq rahbariyati b u
masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini
teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini
o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatehiiik fikrin i inobatga oldi,
masalani bosiqlik biian hal qilish yo'lini tanladi.
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi
sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qomtni qabul qilindi. Qorsunda:
«O'zbekistonning davlat iili o'zbek tilidir. O'zbek tili Respublikaning siyosiy—ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy hayotinmg barcha sohalarida to‟liq amal qiladi», - deb belgilab
qo'yildi.
1990- yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqidawgi qonunni amalga
oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasluriga binoan, mehnat jamoalari,
o'quv yurtlari, korxonalar
va
davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga
o'tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi
respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan
yana
bir
muhim qadam bo'ldi.
Respublika iqtisodiyoti
va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va
ko'tarishga
qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy
Do'stlaringiz bilan baham: