tomon yo'naltirishga intildilar.
Sovel davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga
qarshi qo'yishga va ulaming harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan
edi. 1939-yil 23-avgustda sobiq SSSR bilan Germaniya o'rtasida 10 yil muddatga hujum
qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi.
Shartnomanmg mahfiy qo‟shimcha bayonnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR
o'zlarining ta‟sir doiralarini bo'lib oladilar. German va Sovet manfaatlari Polsha davlati
hududlari bilan bog'liq edi. Germaniya Boltiqbo'yi mamlakatlariga da'vo qilishdan voz
kechadi. Germaniya 1939-yil 1-sentabrda Polshaga bostirib kirgach. Sovet davlati 1939 -yil
17-sentabrda o‟z qo‟shinlarini G'arbiy Ukraine va G'arbiy Belorussiyaga kiritadi va bu
hududlami o‟z tasarrufiga oiadi. 1940-yil iyunda SSSR Boltiqbo‟yi respublikalarini ham
egalladi.
Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Germaniyasi G‟arbiy va
Markaziy Yevropada hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10
davlatni — Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya. Gollandiya, Lyuksemburg,
Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.
Fashistlar Germaniyasi Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo'lga kiritib
bo'lgach, 1941-yil 22-iyun yakshanba kuni, tong saharda hujum qilmaslik to‟g‟risidagi
shartnomani buzib, urush e‟lon qilmasdan Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi.
Fashistlaming maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va
qolganlarini qul qilishdan iborat edi.
Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari-Italiya, Finlyandiya. Vengriya,
Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar.
Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibidagi barcha
respublika lar, shu jumladan. O'zbekiston ham urush girdobiga tortildi.
Shu tariqa, ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, yer shari aholisining 80
foizini, ya‟ni 1.7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi.
Harbiy safarbarlik. Urushning dastlabki kunlaridayoq O‟zbekistonning moddiy va
ma‟naviy kuchlarini urushga safarbar etishga kirishildi. Barcha viloyat, shahar va tuman
harbiy komissaryatiari harbiy xizmat majburiyatida bo‟lganlarni safarbar etish bilan
shug‟ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatan - doshlarimiz qo'lga qurol
olib frontga jo'nab ketdi lar.
O‟rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o'choqqa
aylantirildi. Bu okrug 1941 -yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo'lgan muddatda harbiy
safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo'shitma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh
Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo'natdi.
O'zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlari milliy harbiy qo'shilmalar tuzish
tashabbusi biian chiqdilar. 1941 -yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo'lgan davrda 14 ta
milliy harbiy qo'shilmalar jumladan, 9 ta o‟qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi
tuzilib frontga jo‟natildi.
1941-yilda O'zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ulaming yarmini
bolalar va keksalar tashkil etgan bo‟lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi, aniqrog'i
1433230 kishi urushga safarbar bo'lgan. O'zbek xalqi, keksalar, ola- onalar dahshatli sinov
paytida o'z farzandlarini frontga jo'natar ekan, ularga mard va botir askar bo'l,
qahramonlareha jang qil. g'alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qoldilar.
O'zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo'jalikni
harbiy izga tushirish, barcha odamlami mehnatga safarbar etish. ko'plab
jangovar texnika, qurol-aslaha, o'q-dorilar ishlab chiqarishni yo'Iga qo'yish bo'yicha
shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar.
1941-
yilning oxirigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovar
texnika, qurollar, o‟q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. Bu korxonaiarda
frontga safarbar etilgan erkaklar o'mini keksalar, xotin -qizlar egalladilar, Respublika Oliy
va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablari
urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo'naltirildi. Yak ka tartibda va brigada
tariqasida hunar o'rgatish ishlari yo‟Iga qo'yildi, Respublikamiz qishloqlarining aholisi
front va front orqasini oziq-ovqatiar bilan, sanoatni xomashyo bilan ta'minlash uchun
oyoqqa turdi.
Urush bo'layotgan va dushman yaqinlashib kelayotgan hududiardan muhim sanoat
korxonalarini. kolxoz, sovxoz va MTS laming mulklarini, madaniy boyliklar va o'quv
yurilarini Sharqqa, jumladan, O'zbekistonga zudlik bilan ko'chirib keltirish, joylashtirish
ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan vayron qilingan shaharlar va qishloqlarning
aholisi, ota-onalari halok bo'lgan bolalar, million - million kishilar ulkan oqim bo'lib ko'chib
kela boshladilar. Kishilik tarixida bunday katta ko‟lamli mudhish voqea birinchi ma rta sodir
bo'ldi. O'zbekistonga yuzga yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall
ishlash, kimyo
va
boshqa harbiy texnika ko'chirib keltirilgan korxonalarning joylashtirilishi
va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlaming asbob -uskunalari ko'chirib keltirildi,
zudlik bilan barpo etilgan binolarga joylashtirildi
va
montaj qilindi. Ishchi, xomashyo
jihozlari biian ta'minlandi va front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo‟Iga qo‟yildi.
Toshkentda joylashtirilgan Rostseimash zavodi «Kat yusha» va minomyot snaryadlari,
aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar yetkazib bera boshladi.
O'zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya,
Boltiqbo'yi respublikalaridan ko‟chirilib keltirilgan kishilami, shu jumladan , yetim
bolalarni o'z bag'riga oldi.
1941 -yil 3-dekabrda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‟rnitasining ko‟chirilib
keltirilgan fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasidan maxsus qarori chiqdi. Xalq
Komissariari Soveti huzurida 1941 -yil 10-iyulda tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi
va Mahalliy sovetlarning ijroiya qo‟mitalari qoshida tuzilgan alohida bo'limlar kishilami
hisobga olish va joylashtirish bilan shug'ullandilar. Ko‟chirib keltirilganlar shahar va
qishloq tumanlariga joylashtirildi.
O'zbekiston bo‟yicha 1942-vil bahorigacha ko'chirib keltirilgan 716 ming kishi qabul
qilinib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun yashash sharoyitlari yaratildi.
O'zbeklar ko'chirilib keltirilgan ota -onasiz bolalarga alohida g'am-xo'rlik qildilar,
200
ming dan ko'proq yetim bolalarni o'z bag'riga oldilar. O'zbekiston SSR Xalq Komissariari
Soveti qoshida bolalarga yordam ko'rsatish bo‟yicha maxsus komissiya tuzildi, O'zbekiston
xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish -taqsimlash markazi tuzildi.
Respublikamizning barcha viloyailari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish
punktlari ochildi, ularda o'qituvchilar kechayu kunduz navbatchilik qildilar. Militsiya
bo'limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |