Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


va "najotkori" Lenin, bu masalani



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

va "najotkori" Lenin, bu masalani
 
1920- 
yil  29-iyulida  ko'rib  chiqqan  RKP(b)  Markazqo'mi  Siyosiy  byurosi,  turkistonlik 
delegatsiya iltimosnomasiga ijobiiy baho  bermadi. Buning aksicha. Sovet hukumati  va partiya 
rahbariyati  o’lkaclagi  vaziyatni  zudlik  bilan  bartaraf  etish  uchun  shoshilinch  tarzda 
"RKP(b)ning Turkis-tondagi asosiy vazifalari to'g'risida" degan nom ostida bir necha qarorlar 
qabul qildi. Jumladan, o'lka hayoti ustidan
 


nazoratni 
kuchaytirish, 
sovet 
hokimiyati 
negizlarini 
mustahkamlashga 
qaratilgan 
"Turkistonda  hokimiyatni  tashkil  etish  to'g'risida‟‟  maxsus  qaror  qabul  qilindi.  Unda 
Turkistonda  Butunrossiya  Markaziy  Ijroiya  Qo'mitasi,  RSFSR  Xalq  Komissariari  Soveti  va 
RKP(b)  Markaziy  Qo'mitasining  doimiy  vakolatxonasi  bo'lishi  zarur  deb  ko'rsatildi.  Unda 
shuningdek,  federal  hukumat  bilan  Turkistonda  mahalliy  davlat  hokimiyati  organiarining 
va/italari  doir&si  aniq-ravshan  belgilab  qo‟yildi.  Shunday  qilib,  o'lka  xalqlarining  o'z 
taqdirini  o'/i  belgilash,  o'z  milliy  davlatchiligini  o'z  xohishlaricha,  huquqiy  asosda  tashkil 
qilish  borasidagi  yana  bir  urinishi  barham  topdi.  Hamma  gap  shundaki.  Rossiya  Sovet 
Federatsiyasi  hukumati  Turkistonning  emm-erkin  rivojlanish  yo'lidan  ilgariiah  borishini 
emas,  balki  uni  doimiy  o‟z  nazoratlari  ostida  bo'lishini  xohlardilar.  Olkaning  mehnatsevar, 
jafokash  xalqi,  uning  bitmas-tuganmas  boyliklari,  tabiiy  va  mineral  resurslari  Markaz 
foydasiga  ishlasht  ulaming  birdan-bir  muddaolari  edi.  Hukmron  Markaz  tashabbusi  bilan 
tashkil  etilgan  Turkkomissiya,  O'rta  Osiyo  Byurosi,  O'rta  Osiyo  Iqtisodiy  Kengashi  singari 
nufuzli  organlarning  o'lka  hayotining  barcha  jabhalarini  o'z  nazoratiga  olish,  o'z  izmlariga 
bo'ysindirish yo‟lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shunda. 
SSSRning  tashkil  etilishi  Bolsheviklar  boshliq  Sovetlar  hokimiyati  sobiq  imperiyasi 
hududlarida vujudga kelgan mustaqil Sovet respubltkalari jilovini o'z qo'liga olish maqsadida 
Sovet Respubltkalari Ittifoqini tuzishga, ulami RSFSR atrofiga jipslashtirishga asosiy e'tibor 
qaratdi.  RSFSR  hukumati  1918-1920  yillarda  yangi  sovet  respublikalariga  dip lomatik, 
siyosiy-iqtisodiy, harbiy, molivaviy ta'sir o'tkazib bordi..
 
Garchi  bo'lajak.  ittifoq  sovet  respublikalarining  do‟stlik.  va  tenglikka  asoslangan 
istiyoriy  ittifoqi  bo‟iadi,  deyilsa-da,  biroq  uzoqni  ko'ra  bilgan  respublikalaming  qator 
rahbarlari  bunga  qarshi  edilar.  Masalan,  Ukrainada  UKP(b)  Markaziy  Qo'mitasi  kotibiari 
X.G.Rakovskiy  va  D.L.Pyalakov  yagona  ittifoq  davlati  g'oyasiga  qarshi  chiqib,  um  urn 
ittifoq  hokimiyat  organlari  bo'lmagan  "Kontederatsiya"  tuzishni  yoqlab  chiqdilar,  RKP(b) 
Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosida, bolsheviklar partiyasining syezdlafi va plenumlarida, 
shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi.
 
Mihoyat,  RKP(b)  rahbarligida  joylarda  uzoq  vaqt  olib  borilgan  tashviqot -  targ'ibot 
ishlari  va  ko'rsatilgan  tazviqlar  o'z  natijasini  berdi.  Ukraine,  Belorussiya,  Zakavkazye 
federatsiyasi 
Kompartiyalari, 
bu 
respublikalai* 
sovetlarining 
syezdlari 
RKP(b) 
Markazqo‟mining  "SSSRni  tuzish  to'g'risida"gi  takliflarini  qo'Hab -  quvvatlashlarini  hayon 
qildilar.
 
1922-yil  26-dekabrda  Butunrossiya  Sovetlarining  X  syezdi  Sovet  respubiikalarini 
yagona  sovet  davlatiga  hirlashtirishni  zarur  deb  topdi.  Svezd  o'zi  saylagan  delegatsivaga 
USSR, 
BSSR  va  ZSFSR  delegatsiyalari  bilan  birgalikda  Sovet  Sotsialistik  Respublikalari 
lltifoqini  tashkil  etish  to'g‟risidagi  Deklaratsiya  loyihasini  ishlab  ehiqish  va  Ittifoq 
shartnomasini tayyorlashni topshirdi.
 
1922-yil  29-dekabrda  Moskvada  to'rt  respublika  vakolatli  delegalsiyalarining 
konferensiyasi  bo‟iib  o'tdi.  Konferensiya  SSSRni  tuzish  to'g'risida  RKP(b)  Markaziy 
Qo'mitasi plenum! tasdiqiagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini
 


muhokama 
qiiib. 
uni  maquilaydi.  30-dekabrda  uni  to'rt  respublikaiarning  vakolatli  de 
legatsiyalari imzoladilar,
 
1922- 
yiI  30-dekabrda  Moskvada  Butunittifoq  Sovetlarining  S  Syezdi  o'z  ishini 
boshladi.  Sye/.d  RSFSR,  USSR,  ZSFSR  va  BSSR  Sovetlari  syezdlari  saylagan  vakolatli 
delegatlari  imzolagan  SSSRni  tuzish  to'g'risidagi  Deklaratsiya  loyihasini  ko‟rib  chiqib, 
Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdlqiaydi.
 
Syezd  yangi  ittifoq  -  SSSRning  yuqori  hokimiyat  organlari  -Markaziy  Ijroiya 
Qo‟mitasini  va  hukumatini  tuzdi.  SSSR  MIQ  4  ta  rais  (har  bir  respublikadan  bittadan)  - 
RSFSRdan M.l,Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov,  ZSFSR 
dan  N.N.Narimanovdan  iborat  MIQ  Rayosatini  sayladi.  V.!  Lenin  SSSR  hukumati  -  Xalq 
Komissariari Soveti raisi etib tasdiqlandi, Shunday qiiib, 1922 - yil 30-dekabrda SSSR tuzildi.
 
Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturiiamal hujjatlar va g'oyalar qanc halik jimjimador 
ohanglarda  bitilmasin  va  ular  tenglik,  barobarlik,  birodarlik  tushunchalarini  aks  ettirmasin, 
biroq  amalda  u  hukumron  Markaz  uchun  butun-  butun  xalqlarning  taqdsr-qismati,  inon-
ixtiyorini tamomila o'z tasarrufiga bo'ysundirishga xizmat qil gan tuzoq rolini o'tab keldi,
 
Ma'lumki,  O'rta  Osiyo  hududida  qadim-qadimdan  tili,  dini,  tarixi,  mada-niyati. 
an'analari  bir-biriga  juda  yaqin  va  mushtarak  qardosh  va  qondosh  xalqlar  yashab  kelganlar. 
Bu  yerda  istiqomat  qilgan  o'zbeklar,  turkmanlar,  tojikla r,  qozoqlar,  qirg'izlar,  qoraqalpoq 
laming  xo'jalik  hayoti,  turmush  tarzi,  udumlari  ham  o'xshash  bo‟iib,  shu  muqaddas  ona -
zaminni o‟zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. 
Biroq,  afsuslar  bo'lsinki,  pixini  yorgan  Sovet  hokimiyati  arboblari  tarixan  bir  yagon a 
hududda  yashab  kelgan  birodar  xalqlami  bir-biridan  ajratib  tashlash,  ulaming  birlashib, 
yagona  davlat  tuzishlariga  izn  bermaslik  uchun  barcha  choralarni  ishga  soldilar.  Bundan 
ko'zlangan  bosh  maqsad  -  o'lka  xalqlarining  birlashuviga,  o'z  istiqlolini  va  i stiqbolini 
birgalikda  bunyod  etishiga  yo'l  qo'ymaslik  va  shu  asosda  Markazning  bu  yerdagi 
hukmronligiga,  sotsialistik  qayta  qurish  jarayonining  avj  olishiga  keng  maydon  yaratish  edi. 
Shu maqsadda, Turkistonni milliy o'ziga xoslik, til birligi asosida bo'li b tashlash g'oyasi ilgari 
surildi.  Markaz  irodasini  bajarishga  da'vat  etilgan  Turkiston  ishlari  bo'yicha  maxsus 
komissiya - Turkkomissiya zimmasiga o'lkada milliy-davlat chegaralanishini o'tkazish va shu 
asosda  bu  hududda  bir  qator  Sovet  milliy  va  muxtor  respublikalarini  tashkil  qilish  vazifasi 
yuklangan edi.
 
Markaz  mo'ljallayotgan  milliy  siyosat  mazmuni,  mohiyatidan  xabardor  bo'lgan 
Turkistonning  ilg'or  ziyolilari,  uzoqni  ko'ra  bilgan  donishmand  arboblari  o'lka  birligi, 
yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo'r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o'lka 
jilovini  qo‟lda  mahkam  tutgan  bolshevik  muiasaddi  xodimlar  ulaming  haqqoniy  fikrlarini 
hisobga  olmadilar,  Bugina  emas,  yagona  va  mustaqil  Turkiston  g‟oyasi  uchun  kurashgan 
vatanparvar  kuchlar,  milliy  ziyolilar  millatchiiikda,  turkparastiikda  va  Sovet  hokimiyatiga 
qarshilikda ayblandilar.
 
Shunday  qilib,  O'rta  Osiyoni  milliy  -  hududiy  jihatdan  alohida  respublikalarga  bo'lib 
tashlash  masalasi  bir  necha  bor  Markazda,  Turkiston,  Buxoro,  Xorazm  Respubl ikalarida, 
ularning Kompartiyalari plenumlarida, shuningdek, ulaming
 


faoliyatini  muvofiqlashtirib  turuvchi  organ  -  RKP(b)  MQ  O‟rta  Osiyo  Byurosi  Plenumida 
muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o'tkazib borildi.
 
Shu  bilan  birga,  1922-1923  yillarda  mahalliy  millatlarning  bir  qator  rahbar  xodimlari 
sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib borilayotgan milliv 
siyosatiga  ochiqdan-ochiq  norozilik  bildira  boshladilar.  Ammo  ulaming  qarashlari  noto‟g'ri 
topilib,  o'zlari  faol  siyosiy  hayotdan  ehetlatila  boshladi.  RKP(b)  MQ.  uning  O'rta  Osiyo 
Byurosi  Turkiston,  Buxoro  va  Xorazm  Kompartiyalari  faoliyatiga  tazyiq  o'tkazih,  milliy  - 
hududiy chegaralash o'tkazish siyosatinj ma'qu 1 lab, qaror qabul qilishlariga er ishib bordi.
 
Milliy-hududiy  chegaralanish  masalasi  1924-yil  5-aprelda  RKP(b)  MQ  Siyosiy 
Byurosida,  11-mayda  RKP(b)  MQ  O'rta  Osiyo  Byurosida  ko'rib  chiqildi.  Unda  O'rta  Osiyo 
respublikalarida  milliy-hududiy  chegaralash  loyihasini  tayyorlovchi  maxsus  komissi ya 
tuzildi.  Loyiha  RKP(b)  O'rta  Osiyo  Byurosining  1924 -yil  2-iyundagi  yig'ilishida  muhokama 
etilib. asosan ma'qullandi.
 
Bundan norozi  bo'lgan  mahalliy  aholi  vakillari,  xususan,  Xorazm  Respublikasining bir 
guruh  mas'ul  xodimlari,  chunonchi,  XKP  MQ  kotibi  Od inayev,  ichki  ishlar  noziri 
Abdusalomov, Turkiston va Buxoro vakillari:
 
S.Xo'janov,  S.Asfandiyorov  va  boshqalalar  yagona  Turkistonni  bo'lib  tashlash  maqsadga 
muvofiq  emas,  deb  e'tiroz  bildirdilar.  Shuningdek,  1924 -yil  8-mayda  RKP(b)  Markaziy 
Qo'mitasiga  "Xorazmda  milliy  masalani hal  etish to'g'risida  xat"  kelib  tushdi.  Bu  xatda  ham 
Xorazm  Respublikasini  bo'lib  yuborish  maqsadga  muvofiq  emasligi  aytilgan  edi.  Ha,  o‟lka 
xalqlari  milliy  chegaralanish  siyosatiga  qat'iyan  qarshi  edilar,  biroq  mahalliy  xalqlarni ng 
talab  va  takliflari  inobatga  olinmadi.  Aksincha,  1924 -yil  12-iyulda  RKP(b)  MQ  Siyosiy 
Byurosi  "O'rta  Osiyo  Respublikalarida  milliy  chegaralanish  to'g'risida"gi  masalaga  yana 
qaytib, uni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi.
 
1924-  yil  25-sentabrda  RKP(b)  MQ  Siyosiy  Byurosi,  9  va  11-oktabrda  RKP(b) 
Markaziy  Qo'mitasi  bu  masalani  ko'rib  chiqib,  milliy  chegaralanishni  rasmiylashtirishni 
maqsadga  muvofiq  deb  topdi.''Bu  qaror  14-oktabrda  SSSR  Markaziy  Ijroiya  Qo‟mitasi 
tomonidan  ham  ma'qullandi.  Shu  tariqa,  Sovet  hukumati.  RKP(b)  MQ  va  uning  joylardagi 
mahalliy  tashkilotlarining  1920-1924  yillar  davomida  O‟rta  Osiyoda  olib  borgan,  xalqqa 
katta va'dalar berishni ko'zda tutgan "lenincha milliy siyosatni hayotga tatbiq etish bobidagi 
amaliy ishlari yakun topdi. Nihoyat, 1924-yilning 27-oktabrida bo‟iib o‟tgan SSSR Markaziy 
Ijroiya  Qo'mitasi  II  sessiyasida  O‟rta  Osiyoda  milliy-davlat  chegaralanishi  o'tkazish 
tadbirlari tola ma'qullandi.
 
Shunday  qiiib,  hukmron  Markaz  sa‟y-harakatlari  bilan  O'rta  Osiyoning  siyosiy 
jug‟roftyasi  sun‟iy  ravishda  o‟zgartirildi.  O‟rta  Osiyo  hududidagi  Turkiston  ASSR.  Buxoro 
va Xorazm Respubiikalari o‟rnida oltita milliy davlat biriashmalari tashkil etildi.  
O'zbekiston SSR.
 
Turkmaniston SSR.
 
O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR.
 


Qirg'izlar  yashagan  hududlar  RSFSR  tarkibida  Qoraqirg'iz  (Qirg'iziston)  muxtor 
vijoyati.
 
Qozoqlar yashaydigan tumanlari RSFSR tarkibida Qozog'iston ASSR
 
Qoraqalpoqlar  yashaydigan  hududlar  Qozog'iston  ASSR  tarkibida  Qoraqalpoq  muxtor 
viloyati.
 
Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir  - biridan sun'iy ravishda uzoqlashlirildi. Bu hoi 
sovetlarga o'lkada o‟z hokimiyatini mustah-kamlash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. 
O'zbekiston  SSR.  Milliy  chegaralanish  natijasida  O‟zbekiston  SSR  tashkil  etildi. 
O'zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O'zbekiston SSR sovetlarining ta'sis quruttoyiga 
qadar  Muvaqqat  inqilobiy  qo‟mita  ixtiyoriga  berildi.  Sobiq  Buxoro  Respublikasi  hukumati 
raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jayev O‟zbekiston. SSR Inqilobiy Qo'mitasi raisi etib 
tasdiqlandi. O'zbekiston SSR tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:
 
-sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
 
-sobiq Buxoro respubfikasining 9 ta tumani;
 
-sobiq  Xorazm  respublikasining  23  ta  tumani.  O'zbekiston  SSR  tashkil  etilgan  paytda 
uning  hududi  312394  kv.km.ni,  aholisi  4  mln.  447  ming  55  kishini  tashkil  etaredi,  1926 -yil 
ma'lumotlari  bo‟yicha  milliy  tarkibiga  ko'ra  aholining  74,2  foizini  o'zbeklar,  qolganini  esa 
boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi.
 
1924- 
yil  5-dekabrda  Inqilobiy  Qo'mita  butun  O'zbekiston  xalqiga  murojaat  qilib, 
O'zbekiston  SSR tuzilganiigini, uning  tarkibiga  Tojikiston  ASSR  kirganligini  ma‟Ium  qildi. 
Milliy  chegaralanish  bilan  bir  vaqtda  iqtisodiy  bo'linish  ham  o'tkazildi .  Sobiq  Turkiston, 
Buxoro,  Xorazm  Respublikalariga  tegishli  barcha  boyliklar  yangi  milliy  respublikalar 
O'rtasida  qayta  taqsimlandi.  Bu  ishlar  Sovet  hukumati  tomonidan  maxsus  tuziigan  O‟rta 
Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi.
 
1925- 
yil  13-fevralda  Buxorodagi  "Xalq  uyi"da  butun  o'zbek  sovetlari  birinchi 
qurultoyi  ochildt.  Qurultoy  «O‟zbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  tuziigan  I  igi 
to‟g'risidagi  Deklaratsiya»™  qabul  qildi.  Qurultoyda  davlat  hokimiyati  oliy  organlari 
tuzilganiigi  rasmiylashtirildi.  O'zbekiston  SSR  Sovetlari  MIQ  Raisi  lavozimiga  farg'onalik 
dehqon,  "Qo'shchi"  uyushmasi  rahbarlaridan  biri  Yo'l-dosh  Oxunboboyev  saylandi. 
O'zbekiston SSR hukumati - Xalq Komissariari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo'jayev 
tasdiqlandi.  Samarqand  shahri  O'zbekiston  SSRning  poytaxti  etib  belgilandi.  1930 -yilda 
poytaxt Toshkentga ko'chirilgan.
 
Milliy chegaralanish davrida O'rta Osiyoda faoliyat ko‟rsatib kelgan partiya, komsomol 
va  xo'jalik  tashkilotlarida  ham  bir  qator  tashkiliy  o‟zgarishlar  amalga  oshirildi.  Sobiq 
Turkiston,  Buxoro  va  Xorazm  kommunistik  partiyalari,  komsomol.  va  xo'jalik  tashkilotlari, 
kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.
 
O'zbekiston  kompartiyasi  1  ta‟sis  syezdi  1925-yil  8-fevralda  Buxoroda  ochiidi. 
Syezdda  O'zbekiston  Kommunistik  (bolsheviklar)  partiyasi  tashkiliy  jihatdan  rasmiylashdi. 
lining Markazqo'mi saylandi.
 



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish