bozorga
aylantirildi.
1895-yilda
Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 million so'mdan
ortiqroq summada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog'och, choy. oziq -ovqat va
boshqa buyumlar sotilgan bo'lsa. 1914-yilda sotilgan buyumlar salmog'i 243 million so'mdan
oshib ketdi. Sotilgan mahsulotlaming 40 foizini
o'lkadan tashib ketiigan paxtadan Rossiya to'qimachiiik korxonaiarida to'qilgan gazlamalar
tashkil etardi. Rossiya savdo-sanoatchi lari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham,
Turkistondan xomashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar.
Shunday qilib, Turkiston, nafaqat, Rossiya davlatining, shuningdek, rossiyalik savdo -
sanoatchi lar manfaatiga xizmat qiladigan o'lkaga aylantirildi.
Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka solish,
o'zining uzoqqa mo‟ljallangan manfaatiga bo‟ysundirish siyosatini yuritdi. lining mohiyati,
mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan u/.ib tashlash, xalqning ma'naviy,
madaniy, tarixiy merosini yo'q qilish, ruslashtirishdan iborat edi. Turkiston generaS-
gubernatorligining Farg'ona viloyati harbiy- gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi:
«Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo'q
qilsang bas, tez orada o'zi- tanazzulga uchraydi»!. Turkistonda ana shunday yovuz
qarashlarga mbs siyosat va amaiiyot yuritildi.
Turkistonning noyob tarixiy, ma'naviy, madaniy boyliklari talon -taroj qilindi. 1870-
yilda Toshkentda ochilgan kutubxona va 1876 -yilda tashkil etilgan muzeyda o‟lkaning
ma‟naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush. misdan yasalgan qimmatbaho
buyumlar, gilamlar, amaliy san'at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv bujjatlari,
qo‟lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalar to'plandi. Ular ko'rikdan o'tkazilib, qimmatbaho
va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San'at darajasida
ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi
bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon
(«Nazrniyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar shuiar
jumlasidandir,
Islom diniga e'tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq os ti qilina bordi. Rossiya
ma'murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ulaming faoliyatini tobora
cheklab bordi.
Maortf va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolaiarni
ruslar bilan aralashtirib o'qitish va tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va 1884— yilda
Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ulaming soni yuztadan
oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o'zbek muallimlari dars mashg'uiotlarini o'tadigan
bo'ldi. Maqsad o'zbek yoshlariga rus tilini o'rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi.
Rossiya ma'murlari yerli aholi bolalarini «ms- tuzem makfciblari»ga jalb qilish, qiziqtirish
uchun o'lkadagi mahalliy ma'muriyat boshqaruvida rus tilini bilganlar ishlaydi, degan talabni
qo'ydilar. Bu talahdan maqsad «yerlilarda mansabga qiziqib» rus tilini o'rganish. ruslashish
manfaaEini uyg'otish edi. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi.
Shu tariqa, o'lkada ish yuritish asta-sekin rus tiliga o'tkazila bordi.
Mahalliy aholiga Rossiyaning ulug'vorligini ko'rsatish, yevropaeha turmush tarziga
qiziqtirish uchun Rossiyaning markaziy shaharlariga sayohatlar uyushtirdh Katta
yoshdagilarni, shuningdek, yoshlami guruh-guruh qilib Peterburg, Moskva, va boshqa
shaharlarga olib borib, oq podshohning qudratini, baland imoratlar, ishlab chiqarish
korxonalarmi ko'rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar o'z yurtiga
Do'stlaringiz bilan baham: |