sanoati palatasi o‟rtasida hamkorlik to'g‟risida hujjatlar ikki mamlakat o'rtasidagi
munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.
O'zbekiston Prezidenti i.Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan
Saudiya Arabistoni, Misrda bo'ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari
to'g'risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari
imzolandi. Saudiya Arabistoni. Misr davlat va hukumat vakillarining O‟zbekistonga rasmiy
safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlami yanada rivojlantirishga
xizmat qilmoqda. O'zbekistonlik yoshlar Kohira universitetida, «Al-Azhor» va «Ayn Shams»
universitetiarida, Misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetiarida tahsi l ko'rmoqdalar.
Toshkentda Misr Respublikasining fan va ta'lim markazi faol ishlab turibdi.
1992-
yilda O‟zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a‟zo bo'lib kirdi.
O'zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-
yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan
O'zbekistonda bo'ldi. Safar kunlarida «O‟zbekiston Respublikasi bilan Hindiston
Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlar va hamk orlik prinsiplari to‟g'risida»
shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to'g'risida, havo yo'llari to'g'risida
va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‟g'risida bitimlar imzolandi.
O‟zbekiston Prezidenti l.Karimovning 1993-yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga
rasmiy tashrifi chog‟ida ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy
hamkorlik to'g'risida bitim, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika. turizm, sport va
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‟g'risida bitim imzolandi. O‟zbekiston bilan
Hindiston o'rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995 -yil 25-avgust kuni Toshkent
shahrida Hindistonning «TATA Projekt LTD» firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600
o'rinli salomatlik zali. majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti gar aji, sauna, barlari, katta
restoranlari bo'lgan zamonaviy mehmonxona-ning ochilishi fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Islom Karimovning 2000 - yil l-3-
may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog‟onaga ko't ardi. Safar paytida
O'zbekiston Prezidenti Hindiston Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib,
iming yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Uiar orasida xalqaro jinoyatchilik,
terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog' kontrabandasiga qarshi
birgalikda kurashga qaratilgan O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasida hamkorlik to'g'risida
Qo‟shma bayonot, jinoyat-qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to'g'risidagi
shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy. ta'lim, axborot, bojxona
sohalari bo'yicha hamkorlik qilish bo'yicha hujjatlar imzolandi.
O'zbekiston va Hindiston o'rtasida o'zaro manfaatii aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga
yaqin hujjatlar qabul qilingan. O'zbekistonda 2000 -yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil
etilgan 30 ga yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: