Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

Bozor  infratuzilmasi.  Iqtisodiy  islohotlaming  muhim  yo'nalishlandan  biri  bozor 
infratuzilmasini yaratishdan iborat bo'ldi.
 
Shu  hoisdan,  respublikamizda  bozor  munosabatlarim  shakllantirish  va  rivojl antirishga 
xizmat  qiluvchi  infratuzilmaning  asosiy  bo'g'inlari  -  turli  muassasalar,  tashkilotlar  va 
korxonalar  majmuasi  yaratildi.  Avvalambor,  ishlab  chiqarishga  xizmat  qiluvchi  transport, 
aloqa,  suv  va  energetika  ta'minoti,  yo'l  va  ombor  xo'jaligi  tuzilma lari  yaratildi.  Xo'jalik 
yurituvchi sub'ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovariar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes 
inkubator,  496  ta  auditorlik  va  konsalting  firmalari,  ko'plab  savdo  uylari,  auksionlar, 
tijoratchilik  idoralari.  reklama  firmalari.  savdo-sotiq  va  uiarni  nazorat  qiluvchi  davlat 
muassasalari tashkil etildi.
 
Bozor  niunosabatlarini  rivojlantirishda  axborot  infratuzilmasi  alohida  ahamiyatga  ega. 
Shu  boisdan,  iqtisodiy  faoliyat  uchun  zarur  bo'lgan  axborotlar,  xabarlar  va  ma'lumotlami 
to'plovchi, umum-lashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
 
Xo‟jalik  yurituvchi  subyektlarni  moliya-kredit  munosabatlariga  xizmat  qiluvchi 
infratuzilma - yangi bank tizimi, o'z-o‟zini kreditlash idoralari, sug'urta
 


kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi.
 
Bozor  iqtisodiyotiga  xizmat  qiluvchi  bank -moliya  tizimi  yaratildi.  2002-  yilda  37  ta 
bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklaming 17 tasi dunyodagi eng 
nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'matgan.
 
Respublikada  davlat  ishtirokida  tuzilgan  bozor  munosabatlariga  xizmat  qiluvchi 
«Kafolat»,  «Agrosug'urta»,  «O‟zbekinvest»  kabi  yirik  sug'urta  kompaniyasi  faoliyat 
ko'rsatmoqda.  Ko'plab  xususiy  sug‟urta  kompaniyalari,  shuningdek,  xorijiy  mamlakatlar 
bilan hamkorlikda ishlaydigan qo‟shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya 
bozorida xizmat ko'rsatmoqda.
 
Bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  sharoyitida  ish  bilan  batidlik  masalasi  jiddiy  muammoga 
aylanadi. Negaki. iqtisodiy tizim o'zgarayotgan paytda malakasiz kishilargina emas, ma‟Ium 
ixtisosga  ega  bo'lgan  xodimlarga  ham  talab  cheklanadi,  ishsizlar  toifasi  kengayadi.  Bunday 
sharoyitda  ishsizlar  sonining  ko'payishiga  yo'l  qo'ymaslik  tadbirlari  ko'rildi.  Resp ublika 
bo‟yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini o‟z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir 
tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlami ro‟yxatga olish, ularning kasbini o'zgartirish 
mexanizmi  yaratildi,  ishsizlik  bo'yicha  nafaqa  to'lash  yo' Iga  qo'yildi.  Yangi  ish  o'rinlarini 
tashkil etishga e'tibor berildi. 1993- yilda respublikada 185,1 ming yangi ish o'rinlari tashkii 
etilgan  bo'lsa,  1998-  yilda  bu  ko‟rsatkich  345,9  mingni  tashkil  etdi  yoki  1,8  marta  ko'p  ish 
o'rinlari  yaratildi.  2000-  yilda  faqat  kichik  va  xususiy  biznes  rivoji  hisobiga  192.5  ming 
yangi ish o‟rinlari yaratilgan bo'lsa, bu ko‟rsatkich 2004- yilda 425 mingdan oshdi. 2006- yil 
1  -yanvarda  iqtisodiyot  sohasida  band  bo'lganlarning  77  foizi  nodavlat  sektor  hissasiga 
to'g'ri keldi.
 
Iqtisodiy  islohotlar  borasida  qo'yilgan  yana  bir  muhim  qadam  -1994  yil  1  iyuldan 
miliiy valyutamiz-so'mning muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, 
e'tiborga molik, chunki o‟z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mu staqil bo‟la 
olmaydi.  Respublika  hukumati  mi  IHy  valyuta  qadrini  mustahkamlash,  uning  erkin 
aylanishmi  taminlash  choralarini amalga  oshirib  bordi. 2003 -  yil  15-oktabrdan boshlab  so'm 
qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko‟tarildi. 
Muxtasar  qilib  aytganda,  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  iqtisodiy  islohotlar 
natijasida  bozor  iqtisodiyoti  asoslari  shakllandi.  Ko‟p  ukladli  iqtisodiyotni,  mulkdorlar 
tabaqasini  shakllantirishdan  iborat  strategik  vazifa  amalda  ro‟yobga  chiqdi.  2004 -  yil 
boshlarida  respublikamizda  mulkchilikning  nodavlat  sektori  xususiy  mulk  egalari,  tenner, 
shirkat  va  dehqon  xo'jaliklari,  aksiyadorlik  jamiyatlari,  qo‟shma  korxonalar,  kooperativlar, 
jamoa mulki, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari ulushi 90,2  foizga yetdi. 
Davlat ta- sarruftdagi korxonalar ulushi esa 9,2 foizga tushdi.
 
2.  Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  sanoat  va  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  ishlab 
chiqarish tobora pasayib bordi, xo'jalik yuriti sh murakkablashib qolgan edi.
 


Buning  sababi,  O'zbekiston  iqtisodiy  jihatdan  qaram  bo'iib,  korxonalari  mustaqil  xo'jalik 
yurita  olmasdi,  boshqa  hududlarda  joylashgan  zavod,  fabrikalardan  keltiriladigan  asbob -
uskuna  va  butlovchi  qismlarga  butunlay  qaram  edi.  Sobiq  Ittifoq  parchaiangach,  aloqa  lar 
uzildi.  Natijada  ko'pgina  korxonalarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  keskin  kamavdi,  ayrimlari 
lo‟xtab  qoldi.  Shu  boisdan,  O'zbekistonda  iqtisodiy  tangiikdan  chiqish,  makroiqtisodiyotni 
barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi.
 
Makroiqtisodiyotni  barqarorlashtirish  uchun  O‟zbekiston  iqtisodiyotda  tarkibiy 
o'zgarishlar  qilish,  raqobatbardosh  tovarlar  ishlab  chiqarishga  qodir  korxonalar  qurish  va 
buning  uchun  zarur  investitsiyalar  ajratish  yoilari dan  bordi.  Iqtisodiyotda  tarkibiy 
o‟zgarishlar  uchun  zarur  mablag'lar  davlat  byudjeti  va  aholi  jamg'armalari  hisobidan 
ajratildi. 1994-2003 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar
 
28,4  mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
 
Xalq  xo'jaligi  tarkibini  qayta  qurish  maqsadida  chet  el  investitsiyasini  jalb  qilish 
choralari  ko'rildi.  «Chet  el  investitsiyalari  to'g'risida»,  «Chet  ellik  investorlarhuquqlarini 
kafolatlari  va  uiarni  himoya  qilish  choralari  to‟g'risida»qonunlar  qabul  qilindi.  Chet  el 
investisiyasini  O'zbekiston  iqtisodiyotiga  jalb  qilish  bevosita  investitsiyalar  tarzida,  davlat 
qarziari,  xalqaro  moliyava  iqtisodiy  tashkilotlar,  qarz  beruvchi  mamlakatlarning  investitsiya 
yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga ki ritilayotgan xorijiy 
investitsiya  salmog'i  yildan-yilga  o'sib  bordi.  1994-2003  yillarda  respublika  iqtisodiyotida 
o'zlashtirilgan  chet  el  investitsiyalari  hajmi  14  mlrd.  AQSH  dollarini  tashkil  etdi.  Xorijiy 
investitsiyalar  ishtirokida  faoliyat  ko'rsatayotgan  korxonalar  soni  200.3-  yilda  2087  taga 
yetdi.  2005-  yilda  oldingi  yilga  nisbatan  iqtisodiyotga  jalb  qilingan  to'g'ridan -to'g'ri  xorijiy 
investitsiyalar va kredit lar hajmi 1,5 baravar ko'paydi.
 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish