Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


tomon yo'naltirishga intildilar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

tomon yo'naltirishga intildilar.
 
Sovel  davlatining  tashqi  siyosati  fashistlar  Germaniyasini  Angliya  va  Fransiyaga 
qarshi qo'yishga va ulaming harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan 
edi.  1939-yil  23-avgustda  sobiq  SSSR  bilan  Germaniya  o'rtasida  10  yil  muddatga  hujum 
qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi.
 


Shartnomanmg  mahfiy  qo‟shimcha  bayonnomasiga  muvofiq,  Germaniya  va  SSSR 
o'zlarining  ta‟sir  doiralarini  bo'lib  oladilar.  German  va  Sovet  manfaatlari  Polsha  davlati 
hududlari  bilan  bog'liq  edi.  Germaniya  Boltiqbo'yi  mamlakatlariga  da'vo  qilishdan  voz 
kechadi.  Germaniya 1939-yil  1-sentabrda  Polshaga bostirib kirgach.  Sovet davlati 1939 -yil 
17-sentabrda  o‟z  qo‟shinlarini  G'arbiy  Ukraine  va  G'arbiy  Belorussiyaga  kiritadi  va  bu 
hududlami  o‟z  tasarrufiga  oiadi.  1940-yil  iyunda  SSSR  Boltiqbo‟yi  respublikalarini  ham 
egalladi.
 
Ikkinchi  jahon  urushining  dastlabki  davridayoq  fashistlar  Germaniyasi  G‟arbiy  va 
Markaziy  Yevropada  hukmronlikni  qo'lga  kiritdi.  Germaniya  va  Italiya  Yevropadagi  10 
davlatni  —  Polsha,  Chexoslovakiya,  Yugoslaviya,  Belgiya.  Gollandiya,  Lyuksemburg, 
Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.
 
Fashistlar  Germaniyasi  Yevropaning  harbiy,  iqtisodiy  resurslarini  qo'lga  kiritib 
bo'lgach,  1941-yil  22-iyun  yakshanba  kuni,  tong  saharda  hujum  qilmaslik  to‟g‟risidagi 
shartnomani  buzib,  urush  e‟lon  qilmasdan  Sovet  Ittifoqiga  xoinona  hujum  boshladi. 
Fashistlaming  maqsadi  SSSRni  bosib  olish,  boyligini  talash,  millionlab  kishilarni  qirish  va 
qolganlarini qul qilishdan iborat edi.
 
Germaniya  bilan  hamkorlikda  uning  ittifoqchilari-Italiya,  Finlyandiya.  Vengriya, 
Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar.
 
Sovet  xalqining  fashizmga  qarshi  urushi  boshlandi.  SSSR  tarkibidagi  barcha 
respublika lar, shu jumladan. O'zbekiston ham urush girdobiga tortildi.
 
Shu  tariqa,  ikkinchi  jahon  urushi  jahondagi  61  mamlakatni,  yer  shari  aholisining  80 
foizini, ya‟ni 1.7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi. 
Harbiy  safarbarlik.  Urushning  dastlabki  kunlaridayoq  O‟zbekistonning  moddiy  va 
ma‟naviy  kuchlarini  urushga  safarbar  etishga  kirishildi.  Barcha  viloyat,  shahar  va  tuman 
harbiy  komissaryatiari  harbiy  xizmat  majburiyatida  bo‟lganlarni  safarbar  etish  bilan 
shug‟ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatan - doshlarimiz qo'lga qurol 
olib frontga jo'nab ketdi lar.
 
O‟rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o'choqqa 
aylantirildi.  Bu  okrug  1941  -yil  iyunidan  1942-yil  oxirigacha  bo'lgan  muddatda  harbiy 
safarbarlik  asosida  109  ta  harbiy  qo'shitma  tuzdi,  harakatdagi  armiyaga  va  Oliy  Bosh 
Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo'natdi.
 
O'zbekiston  hukumati  va  vatanparvar  kuchlari  milliy  harbiy  qo'shilmalar  tuzish 
tashabbusi biian chiqdilar. 1941 -yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo'lgan davrda 14 ta 
milliy  harbiy  qo'shilmalar  jumladan,  9  ta  o‟qchi  brigada,  5  ta  otliq  askarlar  diviziyasi 
tuzilib frontga jo‟natildi. 
1941-yilda O'zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ulaming yarmini 
bolalar  va  keksalar  tashkil  etgan  bo‟lsa,  yaroqli  odamlarimizning  50-60  foizi,  aniqrog'i 
1433230  kishi  urushga  safarbar  bo'lgan.  O'zbek  xalqi,  keksalar,  ola-  onalar  dahshatli  sinov 
paytida  o'z  farzandlarini  frontga  jo'natar  ekan,  ularga  mard  va  botir  askar  bo'l, 
qahramonlareha jang qil. g'alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qoldilar.
 
O'zbekiston  partiya  va  sovet  tashkilotlari  front  orqasini  mustahkamlash,  xo'jalikni 
harbiy izga tushirish, barcha odamlami mehnatga safarbar etish. ko'plab
 


jangovar  texnika,  qurol-aslaha,  o'q-dorilar  ishlab  chiqarishni  yo'Iga  qo'yish  bo'yicha 
shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar.
 
1941- 
yilning  oxirigacha  300  ga  yaqin  korxona  harbiy  izga  solindi,  jangovar 
texnika,  qurollar,  o‟q-dori  ishlab  chiqarishga  moslashtirib  qayta  qurildi.  Bu  korxonaiarda  
frontga  safarbar  etilgan  erkaklar  o'mini  keksalar,  xotin -qizlar  egalladilar,  Respublika  Oliy 
va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablari 
urush  davri  talablariga  mos  kadrlar  tayyorlashga  yo'naltirildi.  Yak ka  tartibda  va  brigada 
tariqasida  hunar  o'rgatish  ishlari  yo‟Iga  qo'yildi,  Respublikamiz  qishloqlarining  aholisi 
front  va  front  orqasini  oziq-ovqatiar  bilan,  sanoatni  xomashyo  bilan  ta'minlash  uchun 
oyoqqa turdi.
 
Urush  bo'layotgan  va  dushman  yaqinlashib  kelayotgan  hududiardan  muhim  sanoat 
korxonalarini.  kolxoz,  sovxoz  va  MTS  laming  mulklarini,  madaniy  boyliklar  va  o'quv 
yurilarini  Sharqqa,  jumladan,  O'zbekistonga  zudlik  bilan  ko'chirib  keltirish,  joylashtirish 
ishlari  boshlanib  ketdi.  Fashistlar  tomonidan  vayron  qilingan  shaharlar  va  qishloqlarning 
aholisi, ota-onalari halok bo'lgan bolalar, million - million kishilar ulkan oqim bo'lib ko'chib 
kela boshladilar. Kishilik tarixida bunday katta ko‟lamli mudhish voqea birinchi ma rta sodir 
bo'ldi.  O'zbekistonga  yuzga  yaqin  sanoat  korxonasi,  jumladan,  48  ta  mashinasozlik,  metall 
ishlash, kimyo 
va 
boshqa harbiy texnika ko'chirib keltirilgan korxonalarning joylashtirilishi 
va  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  yirik  zavodlaming  asbob -uskunalari  ko'chirib  keltirildi, 
zudlik  bilan  barpo  etilgan  binolarga  joylashtirildi 
va 
montaj  qilindi.  Ishchi,  xomashyo 
jihozlari  biian  ta'minlandi  va  front  uchun  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  yo‟Iga  qo‟yildi. 
Toshkentda  joylashtirilgan  Rostseimash  zavodi  «Kat yusha»  va  minomyot  snaryadlari, 
aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar yetkazib bera boshladi.
 
O'zbek  xalqi  urushning  dastlabki  yillarida  Rossiya,  Ukraina,  Belorussiya,  Moldaviya, 
Boltiqbo'yi  respublikalaridan  ko‟chirilib  keltirilgan  kishilami,  shu  jumladan ,  yetim 
bolalarni o'z bag'riga oldi.
 
1941  -yil  3-dekabrda  O'zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Qo‟rnitasining  ko‟chirilib 
keltirilgan  fuqarolarni  qabul  qilish  va  joylashtirish  yuzasidan  maxsus  qarori  chiqdi.  Xalq 
Komissariari  Soveti  huzurida  1941 -yil  10-iyulda  tuzilgan  maxsus  Respublika  komissiyasi 
va  Mahalliy  sovetlarning  ijroiya  qo‟mitalari  qoshida  tuzilgan  alohida  bo'limlar  kishilami 
hisobga  olish  va  joylashtirish  bilan  shug'ullandilar.  Ko‟chirib  keltirilganlar  shahar  va 
qishloq tumanlariga joylashtirildi.
 
O'zbekiston bo‟yicha 1942-vil bahorigacha ko'chirib keltirilgan 716 ming kishi qabul 
qilinib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun yashash sharoyitlari yaratildi.
 
O'zbeklar ko'chirilib keltirilgan  ota -onasiz bolalarga alohida g'am-xo'rlik qildilar, 
200 
ming  dan  ko'proq  yetim  bolalarni  o'z  bag'riga  oldilar.  O'zbekiston  SSR  Xalq  Komissariari 
Soveti qoshida bolalarga yordam ko'rsatish bo‟yicha maxsus komissiya tuzildi, O'zbekiston 
xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish -taqsimlash markazi tuzildi. 
Respublikamizning  barcha  viloyailari,  shahar  va  tumanlarida  bolalarni  qabul  qilish 
punktlari  ochildi,  ularda  o'qituvchilar  kechayu  kunduz  navbatchilik  qildilar.  Militsiya 
bo'limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
 



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish