quyidagilar bo‘ladi:
- belgilangan shakldagi loyiha pasporti;
- loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
- aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati to‘grisidagi mufassal
axborot.
Loyihaning pasporti:
- texnik tavsifnomani;
- atrof-muxitga ta`sirni baholashni;
- Ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‘ra samaradorlikni va amalga oshirish imkoniyatlarini
baholashni, tashkiliy tadbirlarning ko‘lamini;
- maxsulotga talab hajmi va xususiyatini;
- echimning muqobil variantlari mavjudligini, bu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni
rekonstruksiya qilish yo'li bilan;
- asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini;
- investitsiya xarajatlarini miqdorlarini o‘z ichiga oladi.
Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy
samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy muloxazalarga ko‘ra amalga oshirish imkoniyatlari va
maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda
bosqichma-bosqich tanlab olinadi.
- birinchi bosqichda - loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan
holda oldindan baholanadi;
- ikkinchi bosqichda - loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish
ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz loyihalarni, shuningdek ilgari jalb qilingan kreditlar
bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi bo‘lgan korxonalar loyihalarini kiritish taqiqlanadi.
Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustuvorligini belgilashning mezonlari hisoblanadi;
- loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
- moliliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
- maxalliy xom ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi;
- tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi;
- loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi;
- ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda Respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘gartirishlar prognoziga
muvofiq qo‘shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
- tarmoq (mintaqa)ning istiqboldagi prognoz o‘sish sur`atlari;
- eksport salohiyatining prognoz o‘sish sur`atlari;
- tarmoqning umuman Respublika bo‘yicha maqroiqtisodiyot ko‘rsatkichlariga ta`sirining o‘zgarishi;
- tarkibiy omillar;
- ilgari qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi;
- asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
- loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ikkinchi bosqichda tanlab olish natijalariga ko‘ra Dasturga kiritilgan ob`ektlarning aniq dasturi
shakllantiriladi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning birinchi yili ko‘rsatkichlari mavjud moliyaviy
resurslar va boshqa resurslar bilan o‘zaro boyalangan bo‘lishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda
o‘zgartirilmaydi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkkinchi va keyingi yillari ko‘rsatkichlari
har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan loyihalarning bir qismi yangi loyihalarga almashtirilishi
mumkin.
Dasturning yigma ro‘yxatiga vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat`i nazar korxonalar va
tashkilotlaring ustuvor investitsiya takliflari kiritiladi.
Buyurtmachilar tasdiqlangan investitsiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni
rasmiylatirish uchun har yili qurilishlarning aniq ro‘yxatini va Dasturni amalga oshirishning ikkkinchi va
Do'stlaringiz bilan baham: