Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m


mablag‘larini safarbar etish asosiga aylanishi mumkin. Buning uchun loyihani boshlang‘ich tayyorlash
ishlari puxta olib borilishi lozim.
Loyihani boshlang‘ich tayyorlash bosqichining vazifasi esa investitsiya loyihasining munosib biznes
rejasini ishlab chiqish, ya'ni har qanday tijorat faoliyati uchun umumiy masalani hal etishdan iboratdir.
Bunday biznes rejaning vazifasi kuyidagi ikkita asosiy savollarga javob topishga asoslanadi:
- investitsiya loyihasi konsepsiyasi qanchalik qiziqarli hisoblanadi va uning ustida ishlashni davom
ettirishdan hamda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash uchun asosli
ma'lumotlarni tayyorlashdan mantiq mavjudmi?
Loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy afzalligini baholash bosqichida
investitsiyalarning barcha jihatlari bilan bog‘liq variantlarni va muammolarni muqobil ko‘rib chiqishni
ta'minlashi lozim bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini tayyorlash hamda tahlil
etish amalga oshiriladi.
So‘nggi qarorni qabul qilish uchun ma'lumotlarning barcha turlarini tayyorlash loyihani so‘nggi
shakllantirish va moliyaviy afzalligini puxta baholash bosqichining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu
bosqich faqat kerakli moliyaviy mablag‘larning yetarlicha aniqlik darajasida qat'iy ta'minlangan bo‘lishi
mukin bo‘lgan hollardagina amalga oshirilishi lozim.
So‘nggi va navbatdagi bosqich loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va loyihani moliyalashtirishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘nggi qaror qabul qilish hisoblanib, u loyihaning amalga oshirilishi
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos hisoblanuvchi baholash ishlarini o‘tkazishni nazarda tutadi.
Loyihaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, uni baholash bo‘yicha shunchalik kam ish olib boriladi.
Baholi xulosani tayyorlashda esa asosiy e'tibor loyihani moliyalashtirishni amalga oshiruvchi firmaga
qaratiladi. Agar firma tajribali va salohiyatli bo‘lsa, loyihaning butunlay hal etilishi ta'minlanishi mumkin.
Loyihani eng so‘nggi baholashda ko‘llaniladigan usullar esa tahlilning texnik, tijorat, bozor, boshqaruv,
moliyaviy jihatlariga asoslanadi.
Shunday qilib, loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring loyihaning samaradorligi va
hayotiyligini boshlang‘ich tahlil etish uchun amalga oshiriladi. Bunday monitoring loyihani amalga
oshirishdagi kelib chiquvchi muammolarning oldini olishga va loyihani moliyalashtirish jarayonidagi
monitoringning ishonchli va jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarsiz, yengilroq o‘tkazilishiga
imkon beradi.
Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning monitoringini olib borishi bilan bankning
«Loyihalarni moliyalashtirish monitoring» bo‘limi shug‘ullanadi. Bu bo‘lim ham bankning boshqa
bo‘limlari kabi o‘zining Nizomiga ega bo‘ladi. Bo‘lim faoliyati bankning moliyachi – maslahatchilar
tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar monitoringini o‘tkazish tartibi bo‘yicha Nizomga asoslanadi. Ushbu
Nizomda joriy monitoringni o‘tkazishning to‘liq jarayoni, qarz oluvchining moliyaviy ahvolini baholash
usullari, turli xil moliyaviy koeffitsientlarini hisoblash usullari, muammoli kreditlarning monitoringini
o‘tkazish tartibi, tahliliy usullar va ushbu holatlarni hal etishga doir maslahatlar keltirilgan bo‘ladi.
Bu bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi ssuda hisob-raqamidan to‘lov xujjatlarining qilingan to‘lovlarga
mosligini nazorat qilish, ob'ekt joylashgan joyga chiqish bilan birga kreditdan maqsadli foydalanilganligini
tekshirish, bajarilgan ishlarning nazorat ulchamlarini o‘tkazish va kurilish muddatidan qat'iy nazar yilda
kamida ikki marta sotib olingan uskunalarni inventarizatsiya qilish hisoblanadi.
Kreditdan maqsadli foydalanilmaganligini, uskunalarning komplekt (yaxlit) emasligi hamda yetkazib
kelinmaganligini va boshqalarni aniqlashda bu bo‘lim kuyidagi choralarni ko‘llashga haqli hisoblanadi:
- kreditlardan maqsadli foydalanilmaganda kreditlarning qolgan qismini muddatidan oldin qaytarib
olish (undirib olish);
- bajarilgan ishlar qismi hajmida kredit summasini muddatidan oldin qaytarib olish;
- jarima jazolarini ko‘llash.
Yuqorida keltirilgan huquqlar va maqsadlarga ega bo‘lgan holda monitoring bo‘limi o‘zining tegishli
majburiyatlarini bajaradi.
Banklarda monitoring kuyidagi sohalarda olib boriladi:
- moliyalashtirishni nazorat qilish;
- kurilish jarayonini va loyihani ishga tushirishni nazorat qilish;
- kreditning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
- kredit qaytarilishini nazorat qilish.
Ushbu sohalar monitoringiga parallel ravishda garovga ko‘yilgan mulk predmetlari holatini va
korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini baholash ham olib boriladi.
Moliyalashtirish monitoringida kuyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi:

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish