Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 472,11 Kb.
bet3/92
Sana31.12.2021
Hajmi472,11 Kb.
#205735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
oquv uslubiy majmua

M Aꞌ R U Z A LA R
M Aꞌ T N I

KIRISH

“O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining asosiy maqsadi – talabalarga Ơzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar stragesiyaning maqsad va vazifalari, asosiy yonalishlari, Ơzbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda Ơzbekistonning ơziga xos hususiyatlari tơg‘risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyansi, tanqidiy tahlil va shaxsiy masuliyatni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi Ơzbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, Ơzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bơyicha “Harakatlar stragesiyasi”ning asosiy yonalishlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish; fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslari tơg‘risidagi tassavurlarini boyitishdan iborat.

Shuningdek, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlar ularning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati ochib beriladi.

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan demokratik fuqarolik jamiyat qurish nazariy asoslarining ishlab chiqilishi. Uni tahliliy o‘rganishni taqozo etuvchi shart-sharoitlar va omillar talabalarga chuqur o‘rgatiladi.Har bir mavzu yakunida ta’lim texnologiyalari keltirilgan bo‘lib, ularni qo‘llash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.



  • O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bơyicha “Harakatlar stragesiyasi”ning asosiy yonalishlari, fuqarolik jamiyatining shakllanish asoslari, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik aoslari, fuqaroviylik, fuqarolik jamiyati institutlari, saylov huquqi erkinligi, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy sheriklik, davlat xususiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish

  • “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat boy va qudratli bo‘ladi ”kabi kontseptual g‘oyalarning mazmun mohiyatini, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bơyicha “Harakatlar stragesiyasi”da belgilangan asosiy yonalishlar va vazifalarni bilish va ulardan foydalana olishi;

  • O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish bơyicha ơzining takliflarini bera olish, mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar va ularning xalqaro miqyosda eꞌtirof etilishini tahlil qila olish kơnikmalariga ega bơlishi kerak.

“O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining ma’ruza mashg‘ulotlarida kerakli ma’lumotlar ko‘rgazmali ravishda taqdim etiladi hamda boshqa yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalaniladi.

Talabalarning mustaqil o‘qishi, ma’ruza tinglashi va boshqa pedtexnologiyalardan unumli foydalanishi, ularning olgan tegishli ma’lumotlarini, bilim va malakalarini yaxlit tizimga keltiradi.


1-MAVZU: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI, OB’EKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Reja:


  1. “O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Fanning predmeti va ob’ekti.

  2. Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.

  3. Fuqarolik jamiyati haqida g‘oyalar evolyusiyasi

  4. Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

  5. Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy kontsepsiyalar

  1. “O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

Fanning predmeti va ob’ekti.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqildemokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»1 deb ta’kidlagan edi.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:




Download 472,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish