URUG‘ShINING TUZILIShI.
Urug‘chi (ginetsey) bitta yoki bir nechta bo‘lib gulo‘rnining ichki qismida
o‘rnashgan bo‘ladi. Har bir urug‘chi bitta yoki bir nechta urg‘chi bargidan rivojla-
nadi. Urug‘chi uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Tugun-
cha urug‘chining asosiy qismi hisoblanadi. Tumshuqchaning vazifasi changni
qabul qilishdir, ustuncha esa qabul qilingan changni tugunchaga o‘tkazib beradi.
Tuguncha gul o‘rnida joylashishiga qarab ustki tuguncha, o‘rta tuguncha va ostki
tugunchaga ajratiladi..Tuguncha gulning ustki qismida o‘rnashgan bo‘lib, gulning
qolgan qismlari esa (changchi, gulqo‘rg‘onlari) uning ostida o‘rnashgan bo‘lsa,
ustki tuguncha deyiladi (olcha,o‘rik,gilos gullari). Gulo‘rni chuqur ko‘zacha
shaklida bo‘lib, lekin urug‘chi tuguni bilan birlashmagan, shu gulning boshqa
qsimlari tugunchaning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, o‘rta tuguncha deyiladi. Guln-
ing boshqa qismlari tuguncha ustida o‘rnashgan bo‘lsa, ostki tuguncha deyiladi.
(Masalan, qoqio‘tda, olmada, behida, bodring, qovoqda).
URUG‘KURTAK TUZILIShI VA TIPLARI.
Yopiq va ochiq urug‘lilarning urug‘ ko‘rtagi tuzilishi jixatidan bir-biriga
ancha o‘xshashdir. Biroq ochiq urug‘lilarning urug‘kurtagi katta va oziq moddaga
boy, integumenti bir qavat bo‘lishi bilan farq qiladi.
Yopiq urug‘lilarning urug‘kurtagi mayda, oziq modda to‘plamaydi, chunki
urug‘chining tugunchasida urug‘kurtakning rivojlanishi uchun yaxshi muhit
yaratilgan.
Urug‘kurtak asosan megasporangiy (nutsellus )va uni o‘rab olgan integu-
mentdan iborat. Integument uchining qirrasi ochiq qolgan joyi mikropil (chang yo-
ki urug‘ yo‘li) deyiladi. Urug‘ kurtakning ostki qismi, ya'ni funikulusga o‘tish joyi
esa xalaza deyiladi.
Urug‘kurtaklarning 3 ta morfologik tipini ko‘rib chiqamiz.
1.Ortotrop, ya'ni to‘g‘ri urug‘kurtakning chang yo‘li funikulusga per-
pendikulyar joylashgan. Ortotrop, urug‘kurtak yong‘oq va chinor o‘simliklarida
uchraydi.
2.Anatrop, ya'ni teskari urug‘kurtakning chang yo‘li pastga qarab 180
0
ga
egilib platsentaga yaqin, funikulus yoniga qator joylashgan. Anatrop urug‘kurtaklar
asosan ikki pallali o‘simliklarda mavjud.
3.Gemitrop urug‘kurtakning chang yo‘li 90
0
egilib qiyshaygan ko‘rinadi.
Gemitrop urug‘kurtakni ituzumdoshlar, govzobondoshlar va labguldoshlar oilala-
rining vakillarida ko‘rishimiz mumkin.
87
Urug‘kurtak markazida murtak xaltachasi bo‘lib, bunda urug‘lanish ja-
rayoni sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |