PIYoZDOShLAR OILASI-ALLIACEAE.
Morfologik ta'rifi
. Piyozdoshlar oilasining vakillari ko‘p yillik, piyoz
boshli va maxsus hidli o‘t o‘simlikdir. Ular er sharining hamma qismida, uchraydi.
Barglari etli, tasmasimon yoki naychasimon.To‘pguli oddiy soyabonsimon. Gul-
qo‘rg‘oni oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6ta, asosiy qismlari
qo‘shilgan. Changchilar 6ta, urug‘chisi 1ta, 3 mevabargchaning qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha.
Ahamiyati.
Bu oila vakillari, sabzavot o‘simligi sifatida ko‘plab ekib
o‘stirilib, ovqatga ishlatiladi va dorivor o‘simlik sifatida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |