ZARP
Е
ShAKDOShLAR OILASI- CUSCUTACEAE
Morfologik ta'rifi.
Bu oila bitta turkum va 100 turni o‘z ichiga olgan yash-
il, bargsiz, xlorofilsiz, haqiqiy ildizlarga ega bo‘lmagan, ipsimon, poyasidan
chiqqan gaustoriylari bilan xo‘jayin o‘simlikni so‘rib oziqlanuvchi bir yillik parazit
o‘simliklar bo‘lib, tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Barglari reduk-
tsiyalangan, tangachasimon. Gullari mayda, to‘g‘ri, ikki jinsli va
qo‘shgulqo‘rg‘onlidir. Kosachabarg va gultojbarglari ko‘pincha 5 tadan. Chang-
chilari 5 ta, urug‘chisi 2 ta, mevabargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Tugunchasi ustki. Mevasi qo‘sakcha.
Bu oila vakillari qishloq xo‘jaligi ekinzorlaridan butunlay yo‘qotilishi zarur
bo‘lgan juda xavfli parazit begona o‘tlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |