Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti


Фермер хўжалигида паррандачиликда озуқа харажатлар



Download 60,48 Kb.
bet8/8
Sana12.01.2021
Hajmi60,48 Kb.
#55315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi - Narzullayev

Фермер хўжалигида паррандачиликда озуқа харажатлар



Озука номи

Улчов бирлиги

Нархи (сум)

Бир бош курка учун кунлик озука харажати

Бир бош курка учун бир йиллик озука харажати (215 кун)

Жами сотиб олинган курка учун бир йиллик озука харажати (215 кун)

микдори

сумда

микдори

сумда

микдори

сумда

1

Маккажухори

кг

900

0,05

45

10,75

9675

4031,25

3628125

2

беда

кг

300

0,05

15

10,75

3225

4031,25

1209375

 

Жами

 

1200

0,1

60

21,5

12900

8062,5

4837500































Эслатма: Куркаларни бир йил давомида уртача 215 кун озука билан бокилади, колган кунлар эса очик далада бокилади.

Shuningdek sotib olingan bir dona birdaniga 1300 dona tuxumni bosishga muljallangan CGV-1 inkubatori yordamida bir yil davomida urtacha 10 marta jujalar olinadi yoki bir yil davomida 13000 bosh jujalar olinadi. Bu jujalar xam urtacha 60 kun davomida sechka bilan boqiladi va buning sarf xarajatlari qo‘yidagicha buladi: Fermer xo‘jaligi tomonidan bir yil davomida urtacha kurka tuxumdan chikkan 3000 bosh jujalar 60 kun davomida maxsus boqilgach, yilning qolgan davrida boshka kurkalar qatorida boqiladi. Ushbu jujalar voyaga yetgach yaxshilaridan 500 bosh olib qolinib, kolgan 2500 bosh kurka sotishga chikariladi. Shuningdek inkubator yordamida bosib chikarilgan 13000 bosh juja xam 60 kun davomida maxsus boqilgach, sotish uchun chiqariladi.

Fermer xo‘jaligida parrandachilikni rivojlantirish maqsadida tayyorlangan biznes rejaning moliyaviy natijalari jadvalda keltirilgan.

5-jadval


Фермер хўжалигида паррандачиликни ривожлантириш бизнес режа бўйича молиявий натижалар.



Курсаткичлар

1- йил

2- йил

1

Махсулот сотишдан тушум

115 000 000

115 000 000

 

Жами тушум

115 000 000

115 000 000

2

Иш хаки

45600000

45600000

3

Иш хаки ажратмаси

11400000

11400000

4

Махсулот ишлаб чикариш харажатлари

10087500

10087500

5

Кредит тулови

7 333 332

14 666 668

6

Кредит фоизи

1 842 500

715 000

 

Жами харажат

76263332

82469168

7

Даромад

38 736 668

32 530 832

8

Солик туловлари

5750000

5750000

9

Соф фойда

32 986 668

26 780 832

2.2. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilikni pasaytirish yo‘llari.

Tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonida asosiy e'tibor tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashga qaratiladi. Tavakkalchilikni baholash – tavakkalchilik darajasini miqdoriy yoki sifat o‘lchamlari bilan aniqlashdir. Tadbirkorlik tavakkalchiligini hal qilish jarayonida tadbirkor oldida mavjud usullardan birini, ya'ni talabga javob beradiganini tanlash masalasi ko‘ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha holatlarni tahlil qilib chiqishi kerak. Tadbirkorlik tavakkalchiligini baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasiga va ular hal qilayotgan holatga bog‘liq.

O‘z faoliyati uchun ma'qul bo‘lgan tavakkalchilik darajasi, qoida bo‘yicha, aktivlar va xususiy kapital qiymati, pul oqimlari miqdori, to‘lovga qobillik darajasi, sof foyda va rentabellik kabi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi.

Tavakkalchilikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, jiddiy zarar tug‘diradigan va o‘ta xavfli darajalari mavjud bo‘ladi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlar miqdori korxonaning haqiqatda erishgan sof foydasi miqdoridan oshib ketmagani ma'qul.

Zarar miqdori Sof foyda

Jiddiy zarar tug‘diradigan tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlar miqdori korxonaning sof foydasidan yuqori, ammo, joriy likvidlikni ta'minlaydigan aktivlari qiymatidan oshib ketmasligi lozim.

Tavakkalchilikni kamaytirishning quyidagi yo‘llari mavjud :

- tavakkalchilikning paydo bo‘lishidan qochish.

- tavakkalchilikning ta'sirini kamaytirish.

Birinchi holatda tadbirkor o‘z faoliyatiga xavf tug‘diradigan har qanday xatarni chetlab o‘tishga harakat qiladi. Ikkinchi holatda tadbirkor tavakkalchilikning korxona ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga ta'sirini (zararni) pasaytirish choralarini izlaydi.

Tavakkalchilikni kamaytirishning yo‘nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak:

- agar tadbirkorning faoliyat turi muqarrar ravishda tavakkalchilik bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday holatda tavakkalchilikni chetlab o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi;

- bir turdagi tavakkalchilikdan qochish ikkinchi turdagi tavakkalchilikni tug‘dirishi mumkin;

- tavakkalchilikdan qochish yuqori foyda keltiradigan sohalarda biznes imkoniyatlarini cheklaydi;

- tadbirkorlik faoliyati ko‘lami va kutilayotgan foyda miqdori qancha yirik bo‘lsa, tavakkalchilikni yuzaga kelishi ehtimoli ham shuncha yuqori bo‘ladi va hokazo.

Tavakkalchilikni kamaytirishda tadbirkor uning ta'sirini o‘ziga olishi, taqsimlashi yoki boshqalarga o‘tkazishi mumkin.

Tavakkalchilikni o‘ziga olish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

- oldindan rejalashtirilgan holda zararlarni qoplovchi maxsus zaxira jamg‘armalarini yaratish.

- rejalashtirilmagan tavakkalchilikdan ko‘rilgan zararlarni foyda yoki aktivlar hisobidan qoplash.

Tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishning yana bir usuli bu tavakkalchilikni taqsimlash yoki birlashtirish yo‘li bilan yo‘qotishlarni qisqartirish hisoblanadi.

Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, korxonaning aktivlarini taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mulk tadbirkor oilasining turli a'zolari nomiga o‘tkaziladi yoki shu maqsad uchun yaratilgan korporatsiya va trast firmalari nomiga o‘tkaziladi. Bunda bir maqsad atrofida birlashgan tadbirkor oilasi a'zolari yoki yaqin aloqada bo‘lgan tadbirkorlar guruhi (shirkat, korporatsiya, konsern va boshqa) tavakkalchilik qilish oqibatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan foyda va zararlarni o‘zaro taqsimlaydilar.

Tavakkalchilikni taqsimlash orqali kamaytirish usullaridan biri – diversifikasiyalashdir. Uning mohiyati bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi faoliyat ko‘rinishlari o‘rtasida kapital qo‘yilmalarni va tovar-moddiy resurslarni taqsimlashdan iborat. Agar tavakkalchilik oqibatida bir faoliyat turidan zarar ko‘rilsa, boshqasidan ko‘rilgan foyda hisobidan uni qoplash mumkin.

Diversifikasiyalash ishlab chiqarish, tijorat va investision faoliyat sohalarida tavakkalchilikni kamaytirish imkonini yaratadi. Tavakkalchilikni diversifikasiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

- kapital sarflarni bir nechta faoliyat turlariga bo‘lib sarflash;

- har xil turdagi yuqori daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish;

- moddiy-texnik ta'minoti bo‘yicha tashqi sheriklar sonini ko‘paytirish;

- turli sigmentlarni qamrab olgan bozor va iste'molchilar talabiga mos tovarlar ishlab chiqarish;

- bozor kon'yukturasi va iste'molchilar sigmentiga mos keluvchi turli baho siyosatini yuritish;

- yuk tashuvchi turli transport korxonalari xizmatidan foydalanish;

- tovar-moddiy zaxiralarni bir nechta joyda bo‘lib saqlash va hokazo.

Tavakkalchilikni birlashtirish ikki yoki undan ortiq korxonalarning qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi va buning natijasida yangi tashkil topgan korxona dastlabkilariga qaraganda ko‘p aktivga ega bo‘ladi. Tavakkalchilik xatarlarini pasaytirish yo‘lida tadbirkorlarning o‘z kapitallarini birlashtirishi, ular o‘rtasida olingan foydani va zararlarni bo‘lish imkonini yaratadi. Ushbu holat korxonani tavakkalchilikdan butunlay holi qilmaydi, lekin uning xatar darajasini bir muncha pasaytirishga g‘rdam beradi.



Xulosa va takliflar

Qishloq xo‘jaligi sohasida xatarlarni tan olmaslik va xatarlarni boshqarish tizimini rivojlantirishdan bosh tortish ayrim qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini, ba'zan umuman jamiyatni uzluksiz rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Korxona faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilikni o‘tkazishning eng samarali usullaridan biri – sug‘urtadir. Sug‘urtalashda korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy faoliyati yoki tabiiy omillar ta'sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar tavakkalchiligi ma'lum haq to‘lash evaziga, shartnoma asosida sug‘urta kompaniyasi zimmasiga o‘tkaziladi. Tavakkalchilikning biror turi natijasida korxona zarar ko‘rsa, zararning katta qismi sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanadi.

Sug‘urta ob'ekti sifatida quyidagilar chiqishi mumkin:

- korxona aktivlarini buzilish, ishdan chiqish, yong‘in va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urtalash, ya'ni mulk sug‘urtasi;

- korxona qabul qiladigan va jo‘natiladigan yuklar sug‘urtasi;

- qarzga olingan mablag‘larning qaytarilmasligi, ya'ni kredit tavakkalchiligi sug‘urtasi;

- garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash;

- qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini tabiiy ofatlar, kasalliklar va zararkunandalardan sug‘urtalash;

- xodimlarni ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va hokazo.

O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tavakkalchilikdan sug‘urtalaydigan yagona sug‘urta tashkiloti -“O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasidir. «O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning mol-mulkini, ekinlari hosilini va chorva mollarini tabiiy ofatlardan sug‘urtalash;

- mahsulot yetishtirish uchun avans tariqasida ajratiladigan mablag‘lar va tijorat banklaridan olinadigan maqsadli kreditlarning qaytarilishini sug‘urtalash;

- qishloq joylardagi yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmati ko‘rsatish va hokazo.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli farmoni

3.Umurzoqov O‘.P., Toshboev A.J, Toshboev A.A. “Fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti”. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2007 y.

4.Olimjonov O., Farmonov T., Qosimbekov P, Sirojiddinov S., Qosimov M, Rafiqov I “Fermerlik faoliyatinig huquqiy va moliyaviy asoslari”. –T.: “Universitet”. 2005 yil.

5.Salimov B.T., Berkinov B.B., Xamdamov X.S. Xakimov R.X., Yusupov M.S., O‘roqov N.I., Oripov M.A. “Dehqon va fermer xo‘jaliklari iqtisodi”. –T.: 2004 y

6. Yusupov M.S. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish: O‘quv qo‘llanma. –T.: Adab, 2009.

7.Samatov G‘.A. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish: Darslik. –T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2005 y.



8.Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik/ G‘.A.Samatov, I.B.Rustamova, U.A.Sheripbaeva. – T.: 2012 y. – 346 b.

9.Jo‘raev F. Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish: Darslik. -T.: Istiqlol, 2004 y.
Download 60,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish