"GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJning asosiy faoliyatidan olingan
daromadlari hisobini milliy va xalqaro standartlarda hisobga olish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning
faoliyati davomida olgan daromadining to‘g‘ri shakillantirilishi bilan bog‘liq. Eng
oddiy ko‘rinishda daromad ma'lum davrda sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar)
qiymatiga tengdir. Daromad xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari va ularning
manbalarini ko‘paytiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda daromad miqdorining
ko‘payishi uning aktivlari xususiy kapitali, yalpi va sof foydasi miqdorlarining o‘sishi
bilan bir vaqitda xo‘jalik yurituvchi subyekt majburiyati kamayishining asosiy
manbaidir. Iqtisodiy katigoriya sifatida esa u ishlab chiqarish va muomala
sohalarining o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. "GOLD PREMIUM PRODUCT"
28
MCHJda xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati daromadlari to‘g‘risidagi
malumotlarni buxgalteriya hisobini 9000 "Asosiy faoliyat daromadlarini hisobga
olish" schyotida olib boriladi. "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJ maxsulotlar
(ish va xizmat)larni sotishdan olingan daromadini hisobga olishda quydagi
schyotlardan foydalanadi:
9010- Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar"; 9020-" Tovarlarni
sotishdan olingan daromadlar";
9030-" Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar"; .
9040- Sotilgan tovarlarning qaytishi";
9050-" Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar".
Bu schyotlar bilan bog‘liq tushumlar barchasi subyekt daromadi sifatida tan
olinadi va hisobot oxirida 9910 "Yakuniy moliyaviy natijalar" schyoti bilan yopiladi.
Sotishdan daromad mahsulot yuklab junatilgandan kiyin hisob-kitob xujjatlari amalga
oshirilgan vaqtdan boshlab daromad sifatida tan olinadi. "GOLD PREMIUM
PRODUCT" MCHJ kolbas va kolbasa mahsulotlari turli asartimentdagi kolbasa
mahsulotlar, dudlangan go‘sht, yarim tayyor go‘sht mahsulotlari, sasiska va sardelka
mahsulotlari, sir mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realezaatsiya qilish yani
sotish bilan shug‘ullanuvchi jamiyat bo‘lib ushbu jamiyat mahsulotlari
mamlakatimizning qariyb barcha hududlar bozorlarida o‘z talabiga ega bo‘lgan
mahsulotlar hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu Jamiyat hisob
siyosatining daromadlarini hisobga oluvchi operatsion faoliyat bo‘yicha daromadlari
uchun 9010- Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad" schyotiga qo‘shimcha
ravishda quydagi schyotlarni kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi: 9011-"Tayyor
kolbasa mahsulotlarini sotishdan olingan daromad"; 9012-"Tayyor sir mahsulotlarni
sotishdan olingan daromad"; 9013-"Tayyor dudlangan go‘sht mahsulotlarini sotishdan
olingan daromad"; 9014-"Yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini sotishdan olingan
daromad". Operatsion faoliyat daromadi "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJning
daromadi jamiyatning yalpi foydasining yuqori salmoqli qismini tashkil qilishi uning
29
muhim ko‘rsatkichi sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi rivojlanish
istiqbollarini belgilab beradi. Daromadning buxgalteriya hisobida tan olishning
umumiy shartlari uni xo‘jalik yurituvchi subyektga kelgusida iqtisodiy manbaning
kelib tushish imkoniyati vujudga kelganda va shu manbaning kelib tushishi
imkoniyati vujudga kelganida va shu manbaning miqdorini aniq va ishonchli o‘lchash
mumkin bo‘lganda tan olishdir. GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJda No2
BHMSga muvofiq, daromadni tan olish uchun quydagi mezonlar bajarilishi lozim:
Xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotga egalik qilishi bilan bog‘liq manfaati va
tavakkalchilikning asosiy qismi xaridorga o‘tkazib berilishi; • Xo‘jalik yurituvchi
subyekt ushbu maxsulotni odatdagidek o‘z mulki darajasida boshqarish va nazorat
qilishda qatnashmasligi;
T
ushum miqdorini aniq belgilash mumkin bo‘lishi;
Sarflangan va kutilayotgan xarajatlar miqdorini aniq belgilash mumkin bo‘lishi lozim.
Ushbu mezonlarning hisob tizimidagi axamiyati shundan iboratki, agar ulardan biri
bajarilmasa, daromadni tan olish toki ushbu mezonlar to‘liq bajarilgunga qadar
cho‘ziladi. Shundan so‘ng daromad xaridorlarga yitkazib berilgan maxsulot evaziga
kelib tushgan pul mablag‘lari qiymatida o‘lchanadi. Daromad sotilgan mahsulot
uchun haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan aktivlar kelib tushganda hisobga olinadi.
Tushumni tan olishda ushbu mablag‘larni iqtisodiy manba sifatida hisobda aniq aks
ettirish zarur. Daromadni hisobda aks ettirish zaruriy burchi shartlar bajarilganda,
ya'ni malum xo‘jalik jarayonlaridan ko‘rilgan manfaatni tushum deb hisoblashga asos
vujudga kelganda amalga oshiriladi. Bunda, bajarilgan shartlarning tarkibi muhim
ahamiyatga ega, ya'ni agar tushum:
Maxsulot sotishdan ko‘rilgan bo‘lsa asosiy shart mahsulotga egalik huquqi va u
bilan bog‘liq barcha tavakkalchilik va manfaatning xaridorga o‘tishi; Xizmat
ko‘rsatishdan ko‘rlgan bo‘lsa, xaridor tomonidan ushbu xizmat natijasidan
foydalanish imkoniyati yaratilganligi; Biror aktivdan foydalanish huquqini berishdan
ko‘rilgan bo‘lsa asosiy shart bo‘lib ushbu aktivdan foydalanish imkoniyati vujudga
kelganligi hisoblanadi.
30
XULOSA
Iqtisodiyotni moderinzatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
asosiy mezoni mulklardan samarali foydalanish tufayli olinadigan daromad bilan
belgilanadi. Xo‘jalik yuritishning xozirgi tizimi sharoitida foyda ko‘rsatkichi xo‘jalik
yurituvchi subyektning asosiy va aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishni
talab hamda ehtiyojga qarab ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishi, ya‘ni ishlab
chiqarilayotgan mahsulot foydalanuvchi talabiga javob bera oladigan bo‘lishi, jaxon
andozalari talabi doirasida ishlab chiqilishi, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi,
ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Demak, asosiy xo‘jalik
faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi
faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga
badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi
ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Xo‘jalik hisobini muhim tamoyili xo‘jalik
yurituvchi subyektning to‘la mustaqillikka erishuvi va xarajatlarini o‘z mablag‘lari
hisobidan to‘liq qoplashidir. Demak bu , xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahsulot
sotishdan olgan mablag‘idano‘zining hamma xarajatlarini qoplaydi va undan tashqari
daromadga ham ega bo‘ladi. Yuqoridagi omillarni bartaraf etilishi natijasida xo‘jalik
yurituvchi subyektda sof foyda miqdorini ya‘ni daromadning ko‘payishiga olib keladi.
Oziq ovqat sanoati mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotini yitakchi
tarmoqlaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotimizning real sektorini moderinzatsiya qilish,
texnik texnologik qayta jixozlash hamda ishlab chiqarishni dversifikatsiya qilish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ―GOLD PREMIUM PRODUCT
MCHJning daromad manbalarining yildan – yilga salmog‘ining oshishiga olib
kelmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
operatsion faoliyat daromadlari buxgalteriya hisobini amalga oshirishda xalqaro
buxgalteriya hisobini standartlaridan samarali foydalangan holda amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar
tizimiga o‘tilishi yangi tizimning amaliyotga tadbiq qilinishi operatsion faoliyatdan
31
olinadigan daromadlarni hisobga olishda yangicha yondashuvni keltirib chiqaradi, bu
esa o‘z navbatida mazkur yunalishni yanada chuqur tadqiq etishni talab qiladi.
Yuqoridagi tahlil natijasida №2 BHMSga asosanhisob tizimini yuritilishini va №18
BHXS tahlili ko‘rib chiqildi. Mazkurstandartlarning farqli jihatlari shundaki, xalqaro
hisob standartlarida schyotlar tizimida raqamlar ishlatilmagan holda faqatgina standart
nomlaridan foydalaniladi.
Xalqaro
standartlarda
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarda
operatsion
faoliyatdaromadlari hisobi mahsulot qachonki buyurtmachiga borib yitgandagina
daromad sifatida tan olinadi. Shuni takidlab o‘tish joizki, bugungi kunda
respublikamizdaMHXS ning xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy qilingan
operatsion faoliyat daromadlarining oshishiga, xorijiy investorlarni jalb qilish
yo‘nalishlarini takomillashishiga, qulay ishbilarmonlik muhitining yuzaga kelishiga
olib keladi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |