7-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o`tkazilishini ta’minlaydi;
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko`rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o`tkazilishiga rahbarlik qiladi;
hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o`ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko`rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko`ra fuqaro muhofazasi bo`yicha guruhlarga, shuningdek tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga ko`ra fuqaro muhofazasi bo`yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o`tkazish, еvakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo еtish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to`plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
8-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus
vakolatli davlat boshqaruv organi
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqadi;
o`z vakolati doirasida davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar qabul qiladi;
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil еtadi;
fuqaro muhofazasi еhtiyojlarini ko`zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
xabar berishni tashkil еtish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo`yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi;
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi;
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o`rgatilishini tashkil еtadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |