Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Shifoxonalar va sanoat korxonalarini



Download 12,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/99
Sana15.06.2022
Hajmi12,21 Mb.
#672154
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99
Bog'liq
bogdorchilik

Shifoxonalar va sanoat korxonalarini
ko‘kalamzorIashtirish
Ko‘kalamzorlashtirishning asosiy xususiyatlaridan yana biri 
odamlar ko‘proq harakatlanadigan shifoxonalar va sanoat korxo- 
nalarida yashil hududlar barpo etishdan iboratdir. Shifoxonalar 
atrofini ko‘kalamzorlashtirish shifoxonaning umumiy sxemasi- 
dan (bo‘limlar, korpuslaming joylashishidan, qurilish maydon- 
chalarining tuzilishidan) va manzarali daraxt, buta turlarini 
joylashtirishdan kelib chiqadi.
14.9-rasm. Dam olish oromgohlari atrofidagi doim yashil archazorlar.
197


Shifoxonalar va sanoat korxonalari atrofida yashil hududlar 
barpo etishdan maqsad shifoxona bemorlari hamda sanoat 
korxonalari ishchi-xodimlari kunlik faoliyatida uning hududida 
havo tarkibi doimo toza bo‘lishi,unda mikroiqlimning mavjud 
bo‘lishi, hovlida sanitar-gigiyenik sharoitning me’yorida 
bo‘lishi va hovli ichki hayot faoliyatini tashqi shovqin-surondan, 
garmsel va chang zarralaridan himoya qilishdan iboratdir. 
Natijada bemorlar soya-salqin joylarda bemalol dam oladi, sayr 
qiladi. Ishchilar tushlikda, biroz bo‘lsa-da, hordiq chiqaradi. 
Ushbu hududlarda o‘ta manzarali, sersoya, keng yaproqli va 
yam-yashil nina bargli daraxtlar: eman, kashtan, go‘zal katalpa, 
ipak akatsiya, arg‘uvon va suv bo'ylarida majnuntollar, dam 
olish besedkalari atrofida manzarali butasimonlar va anvoyi 
gullar joylashtiriladi.
Bu esa, o‘z navbatida, dam oluvchi bemorlar va sanoat 
korxonalari ishchi-xodimlari uchun toza havo manbaidir.Yashil 
o‘simliklar havo tarkibini tozalaydi va havo tarkibidagi zaharli 
gazlami o‘zida ushlab qoluvchi fitonsidlar ajratadi.
Ko‘kalamzorlashtirilayotgan maydon shifoxona umumiy yer 
maydonining 70% qismini tashkil etishi yoki har bir bemorga 50 
m2 yashil hudud to‘g‘ri kelishi kerak. Yo‘lovchilar yo‘lagi, 
yo‘llar va kichik xiyobonlar uchun yer maydoni 17% dan 
oshmasligi kerak. Manzarali daraxt va butalar qatorga olib yoki 
guruh holida joylashtirilib boriladi.Shifoxona hududida o‘zidan 
noxush hid tarqatuvchi o‘simliklami ekishga ruxsat berilmaydi. 
Chunki bunday havo tarkibi ba’zi bemorlarga salbiy ta’sir qilishi 
mumkin.
Sanoat korxonalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari korxo- 
nalarga kiraverishdan boshlab bajariladi. Masalan, korxonaga 
kiraverishda uning ishlab chiqarish faoliyatiga mos qandaydir 
belgi yoki biror-bir yodgorlik, favvoralar o‘matilib, ular atrofida 
manzarali uzoq yashaydigan daraxt va butalar joylashtiriladi. 
Bular oddiy eman, go‘zal katalpa, sadaqayrag‘och, kashtan 
bargli eman, soxta kashtan va suv bo‘ylarida majnuntol, yapon
198


saforasi, virgin archasi. oq qayin va Tyan-Shan qora qarag‘aylari 
belgilangan sxemada ekilib, o‘ziga xos kompozitsiyalar yarati- 
ladi.
Zarar ko‘rsatish darajasiga qarab ishlab chiqarish korxo­
nalari besh sinfga bo ‘ linadi:
I sinf. Yirik kimyoviy, metallurgiya, sement, neftni qayta 
ishlash korxonalari, yirik elektrostansiyalarda yashil himoya 
qatorining eni 1000 m dan iborat bo‘ladi.
II sinf. Unchalik katta bo‘lmagan kimyoviy va metallurgiya 
korxonalarida ihota daraxtzorlarining eni 500 m dan iborat 
bo‘ladi.
1П sinf. Terini qayta ishlash, qog‘oz ishlab chiqarish va tola 
ishlab chiqarish korxonalarida himoya qatorining eni 300 m dan 
iborat bo‘ladi.
14.10-rasm. Faworalar va yashil o‘simlik dunyosi.
IV sinfi. Qurilish mahsulotlari, shifer, g‘isht, oyna, chinni, 
tamaki va paxta tozalash zavodlarida ihota daraxtzorlari 
qatorining eni 100 m bo‘ladi.
V sinfda parfyumeriya,oyoq kiyimlar, konserva, non, soat 
vu csdalik sovg‘alar ishlab chiqarish zavodlarida himoya daraxt- 
y.orlarining eni 50 m dan iborat sxemada tashkil etiladi.
199



Download 12,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish