2.3 - rasm. O’z.R Hukumat Portalining hozirgi ko’rinishi. (www.gov.uz)
O’zbekiston Respublikasida elektron hukumat modelining rivojlanish bosqichlari. O’zbekiston Respublikasida elektron hukumat modelini rivojlanish kontseptsiyasiga asosan modelning asosiy maqsadi davlat organlari boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirish bo’lib bu sohada AKT keng joriy qilish bilan erishiladi. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi masalalarni yechish lozim:
1. Korporativ davlat kompyuter turini – INTERNET mujassamlantirish, qaysiki o’z ichiga elektron xujjat ayirboshlash jarayonini va barcha davlat boshqaruv jabxalarini o’z ichiga olsin (G2G);
2. Davlat xizmat sohalarini kengaytirish va turlarini yo’naltirish, qaysiki o’z ichiga Internet tarmog’ini olgan holda (G2C, G2B) va davlat xizmatlaridan teng xuquqda foydalanish;
3. Davlat organlari bilan fuqarolar va sub’ektlar orasida muloqot elektron tizimni yaratish va joriy etish (www.my.gov.uz);
4. Texnik axborotlar xavfsizligini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasida joriy qilinayotgan elektron xokimiyat modeli jahon andozalariga mos kelgan holda bir-biri bilan o’zaro bog’liq va mustaqil faol ko’rsatadigan bloklardan: davlat internetiga va tashki infrastukturasiga bo’linadi.
I. Davlat interneti. U ichki axborot tizim infrastukturasini qamrab olib, davlat organlari, korxonalararo bog’lanishni va o’zaro kelib chiqadigan masalalarni yechishda jamoa ishlarini o’z ichiga oladi. Davlat internetining asosiy ustivorligi bo’lib yagona transport muhitini muxofazalanganligidadir. Shuningdek, Davlat Internet bloki tarkibiga quyidagilar ham kiradi:
1. Portal www.my.gov.uz, muxofaza qilingan axborotlarga kirishni ta’minlaydi;
2. Tarmoqning xar xil pog’onalariga kirish ruxsatnomasini beruvchi markaz yaratish;
3. Tarmoqning bazasini yaratuvchi jismoniy va yuridik shaxslar ro’yxatini tuzish;
4. Elektron xizmat usullarini yaratuvchilar;
5. Portal www.my.gov.uz bilan korxona axborot tizimi orasida interfeys yaratish.
Davlat internetining asosi bo’lib elektron xujjat ayirboshlash, u davlat standartlari orqali boshqarilib, o’z ichiga kadrlarni, moliyani boshqarish dasturlarini o’z ichiga olishi mumkin.
Davlat internetining rivojlanishi elektron hukumat modelining qanchalik joriy qilinganligiga bog’liq bo’lib, u bosqichma-bosqich hayotga qo’llanib boriladi.
2.4 - rasm. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining hozirgi ko’rinishi. (www.my.gov.uz)
O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga muvofiq ro'yxatga olish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o'tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portal maqsad va vazifalari:
- foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
- foydalanuvchilarni axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
- foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
- davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
- «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |