Tiristor
– to’rt qatlamli yarim o’tkazgichli asbob. Uning tuzilishi 1a – rasmda keltirilgan.
Unda uchta r-p o’tish bo’lib, A nuqtaga manbaning musbat qutbi, B nuqtaga manfiy qutbi
ulansa, P1 va P3 o’tishlar to’g’ri, P2 esa teskari r-p o’tishga ega bo’ladi. Uning ishlash
printsipini tushuntirish uchun, tiristorni ikkita r-p-r va p-r-p tipli tranzistorlarga
ekvivalent deb qaraladi (1-b – rasm). Bu paytda tiristordan o’tuvchi umumiy tok uchta
tashkil etuvchidan iborat bo’ladi:bundan bu yerda I
yopiq
– tiristor yopiq bo’lganda
o’tadigan tok, va – m os ravishda tranzistorlarning tok uzatish koeffitsientlari.
1 – rasm. Tiristorning tizimiy tuzilishi (a) va uni qo’sh tranzistor kabi
tasvirlash (b)
Agar qiymat birga nisbatan kichik bo’lsa, u holda umumiy tok I
yopiq
ga yaqin bo’ladi.
Asbobni ochiq holatga o’tkazish uchun qiymat birga intilishi kerak. Bunday holda tiristor
orqali o’tuvchi tok keskin ortadi.
Tranzistorning ishlash printsipiga ko’ra, ning qiymati emitter tokiga bog’liq. Emitter toki
kichik bo’lganda, ham kichik qiymatga ega bo’ladi. Emitter toki oshishi bilan ham keskin
ortadi. A va K nuqtalar orasidagi kuchlanishni orttirib borilsa, tiristor orqali o’tuvchi tok
dastlab sezilarli darajada o’zgarmaydi. Kuchlanish ma’lum yorib o’tish qiymatiga
yetganda P2 o’tishda zaryadlarning ko’chkisimon ko’payishi ro’y berib, va qiymati
keskin ortadi. Natijada asbob osiq holatga o’tadi. Bu holatga o’tishi uchun kerak
bo’ladigan kuchslanish qiymati ko’chkisimon ko’payish kuchlanishi deb yuritiladi. Agar
tiristordan o’tuvchi tok shartni qanoatlantirsa, tiristor osiq holatda qoladi. Bu tok, tutib
turuvchi tok I
tut
deb ataladi. Tiristorning volt-amper tavsifi 3 – rasmda keltirilgan.
Tavsifning OA qismi tiristorning yopiq (uzilgan) holatini ifodalaydi. Bunda tiristorninig
qarshiligi katta bo’ladi (bir necha MOm). Kuchlanish yorib o’tish qiymatiga yetganda (A
nuqta) tiristordan o’tuvchi tok keskin ko’payadi. A nuqtada tiristorning differentsial
qarshiligi qiymati nolga yaqin bo’ladi. AV qismda esa differentsial qarshilik manfiy
qiymatga ega bo’ladi. Kuchlanishning bundan keyingi ortishi tokning ortishiga olib
keladi (BV qism). Kuchlanishni kamaytirib tiristordan o’tuvchi tokni I
tut
Tiristorning volt-amper tavsifi
Faqat ikki chetki qismlaridan ulanish uchlari chiqarilgan tiristor diodli tiristor (dinistor)
deb ataladi. O’rta sohalarining biridan ulanish uchi chiqarilgan tiristor triodli tiristor yoki
trinistor deb ataladi. Bu uchta qo’shimcha manbadan anodga yoki katodga nisbatan
to’g’ri r-p o’tish hosil qiladigan kuchlanish berilsa yoki ning keskin ortishiga olib keladi
Bipolyar tranezistordagi kabi yoki ning ortishi bilan boshqaruvchi kuchlanishning katta
qiymatga ega bo’lishi shart emas. Trinistorning VAT i 5 – rasmda keltirilgan. Tavsifda
boshqaruvchi tok ortishi bilan yorib o’tuvchi kuchlanish kamayishi ko’rsatilgan.
Triodli tiristorning tizimiy tuzilishi (a) va uni qo’sh tranzistor kabi tasvirlash (b)
. Triodli tiristorning valt-amper tavsifi
Odatdagi trinistorlarga nisbatan teskari holatda ishlaydigan berkiluvchi trinistorlar
mavjud. Bunday trinistorlarda boshqaruvchi elektrodga manfiy potentsial berilganda
ochiq holatdan yopiq holatga o’tadi. Berkiluvchi trinistorlarning tuzilishi odatdagi
trinistorlardan farq qilmaydi.
Tiristorlarning shartli belgilanishlari: a – dinistor, b – simmetrik dinistor, v – katod
tomonidan boshqariladigan trinistor, g – anod tomonidan boshqariladigan trinistor, d
– simistor
Besh qatlamga ega bo’lgan tiristorlar simmetrik tiristor (simostor) deb ataladi. VAT ning
to’g’ri va teskari shohobchalarida manfiy qarshilikli sohalari mavjud. Simistorni ochiq
holatga o’tkazish boshqarish signali yordamida, yopiq holatga o’tkazish – kuchlanishni
uzish yoki uning ulanish qutbini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Tiristori - bu o'tkazgich biriktirmalarining bir turi. Xushbo'y hid katta qatlamlarni tartibga
solish va muloqot qilish uchun ishlatiladi. Tiristor nazorat qilinadigan yangi signalga
qo'llanilganda komutuvati elektr energiyasiga ruxsat beradi. Zanjir tranzistorga o'xshaydi.
Qoida tariqasida, tiristorda uchta biriktirma mavjud, bittasi yopiq, ikkitasi strumni o'tishi
uchun o'rnatiladi. Ma'lumki, tranzistor keruyuchuyu struma hajmiga mutanosib ravishda
ko'rsatiladi. Chim yutuqlari kattaroq, tranzistorlar kattaroq va navpaki kattaroq. Va
tiristorda hamma narsa bor. Ko'rinib turibdiki, u chiziqqa o'xshaydi. Birinchidan,
yorug'lik signali bo'lganda, kıvrılmayın.
Do'stlaringiz bilan baham: |