1 vazifa
|
2 vazifa
|
|
Interval va vektor
|
Chiziqsiz tenglamalar
|
1
|
Yopiq interval
|
Sodda iteratsiya usuli
|
2
|
Markazlashgan yopiq interval
|
Xordalar usuli
|
3
|
Ikki o’lchovli dekart vektor
|
Qadamma qadam tushish usuli
|
4
|
Ikki o’lchovli burchakli vektor
|
Kesuvchilar usuli
|
|
Ratsional sonlar
|
Integrallash
|
5
|
Oddiy kasr
|
To’rtburchaklar formulasi
|
6
|
Aralash kasr
|
O’rta qiymatlar formulasi
|
7
|
O’nli kasr
|
Simpson formulasi
|
8
|
Davriy o’nli kasr
|
Nyuton formulasi
|
|
Diskret qiymatlar
|
Funktsiya minimizatsiyasi
|
9
|
Ixtiyoriy modul bo’yicha ayirma
|
Qadamma qadam tushish usuli
|
10
|
Tub modul bo’yicha ayirma
|
Oltin kesim usuli
|
11
|
Chekli mantiq
|
Fibonachchi usuli
|
12
|
Ishorali mantiq
|
Parabola usuli
|
|
Kompleks sonlar
|
Integrallash
|
13
|
Algebraik
|
Gauss formulasi
|
14
|
Trigonometrik
|
Nyuton – Kotes formulasi
|
15
|
Eksponentsial
|
Chebishev formulasi
|
Nazorat savollari:
Binar amallarni qo’shimcha yuklash deganda nimani tushinasiz?
Unar amallarni qo’shimcha yuklash deganda nimani tushinasiz?
Inkrement va dekrement amallarini qo’shimcha yuklash deganda nimani tushinasiz?
Indekslash va funksiyani chaqirish amallarini qo’shimcha yuklash deganda nimani tushinasiz?
Qiymat berish va initsializatsiya deganda nimani tushinasiz?
Laboratoriya ishi №9
Mavzu: Windows ilovalar yaratish, hodisalar va xossalar bilan ishlash
Ishni bajarishdan maqsad: Windows ilovalar yaratishni, hodisalar va xossalar bilan ishlashni o’rganish.
Nazariy qism:
Visual Studioda Windows Forms loyihasini yaratish
Ma’lumki, anchadan beri Windows operatsion tizimining oynalari bilan ishlaydigan dasturni tuzish har bir dasturlash tizimining oldiga qo’yilgan eng asosiy masala bo’lib keldi. Endilikda esa, buni yarata olmaydigan dasturlash vositasi “eng qaloq” dasturlash vositasi hisoblanadi. Shu jumladan, Visual Studio muhiti ham C++ dasturlash tilida Windows ilovalar yaratishni qo’llab-quvvatlaydi. Buning uchun, Visual Studio 2012 dasturini ishga tushiramiz va quyidagi ketma-ketlikni tanlaymiz: Файл → Создать → Проект (9.1-rasm).
9.1-rasm. Visual Studio 2012 da loyiha yaratish
So’ngra, quyida ochilgan oynada (9.2-rasm) quyidagi ketma-ketlik amalga oshiriladi:
9 .2-rasm. Bo’sh CLR loyiha yaratish.
U ndan so’ng, CLR loyihaga forma qo’shish kerak, bo’ladi. Buning uchun, quyidagi amallar ketma-ketligi amalga oshiriladi (9.3-rasm):
9 .3-rasm. Loyihaga forma qo’shish.
Natijada, ish maydonida windows oynasi hosil bo’ladi, ammo dastur kompilyatsiya qilinganda xatolik yuzaga keladi. Shuning uchun, quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish lozim:
Файлы исходного кода bandidan, *.cpp faylga o’tiladi (qaralayotgan misolda, Meningilkloyiham.cpp)
*.cpp kod ichida yaratilgan UI fayl, kutubxona sifatida e’lon qilinadi (qaralayotgan misolda Meningilkloyiham.h)
Ilkvisualloyiha nomli loyihaning elementlaridan foydalanishimizni inobatga olib, loyihani using namespace kalit so’zi bilan e’lon qilamiz.
Main funksiyasi ichiga quyidagi kodni kiritamiz:
System::Windows::Forms::DialogResult dr;
Meningilkloyiham ^ newdlg = gcnew Meningilkloyiham();
dr=newdlg->ShowDialog();
Bir so’z bilan aytganda, Meningilkloyiham.cpp fayli ichiga quyidagi kod yoziladi:
#include "Meningilkloyiham.h"
using namespace System;
using namespace System::Windows::Forms;
using namespace Ilkvisualloyiha;
void Main(array^ args) {
System::Windows::Forms::DialogResult dr;
Meningilkloyiham ^ newdlg = gcnew Meningilkloyiham();
dr=newdlg->ShowDialog();
}
Loyiha ustida konteks menyu chaqiriladi, va undan Свойство bandi tanlanadi.
Свойство oynasidan, Компоновщик bandiga, uning ichidan Система bandiga o’tiladi (9.4-rasm).
9.4-rasm. Loyiha uchun dasturning yuklanish shaklini tanlash
Undan so’ng, dasturga kirish nuqtasi sifatida, Main funksiyasi nomini beramiz (9.5-rasm):
9.5-rasm. Loyihaga kirish nuqtasini berish
Ok tugmasini bosish bilanoq, dastur bajariladi.
Xossalar
Ish maydoniga joylashtirilgan har qanday obyekt o’zining xususiyatiga egadir.
Masalan, Solution Explorerdagi fayl o’zini turgan joyini ifodalaydigan papka yo’lini ko’rsatadigan xususiyatga ega. Palitradagi komponent (masalan, tugmacha) ishlash vaqtida ko’rinuvchi, formadagi o’zining nomiga, koordinatasiga va h.k. ega.
Faol (ya’ni, ayni vaqtda sichqoncha bilan bosilgan) obyektning barcha xususiyatlari Properties (свойства) nomli alohida oynada aks etib turadi. Bu oyna ko’rinib turgan bo’lishi ham mumkin yoki yo’q. Oynani ko’rsatish uchun formadagi istalgan obyektning ustida konteks menyu chiqariladi hamda undan Properties opsiyasi tanlanadi. Ushbu elementning ko’rinishi 9.6-rasmda aks etgan.
9.6-rasm. Obyektning xususiyatlar oynasi, xossalar bo’limi
Hodisalar
Hodisalar – obyektga qo’shiladigan usullar bo’lib, bu usullar har bir komponenta uchun standart ishlab chiqilgan va har bir usul dasturdan foydalanayotgan shaxsning ma’lum bir harakati amalga oshirilgandagina bajariladi.
Masalan, o’sha obyektni sichqonchaning chap tugmachasi bilan bir marta chertish.
O byektga qo’shiladigan usullarga o’sha obyektning Xususiyatlar (Свойство) oynasidan, Events (События) bo’limiga o’tiladi. Obyektning Properties oynasining ko’rinishi 9.7 – rasmda aks ettirilgan.
9.7-rasm. Obyektning xususiyatlar oynasi, hodisalar bo’limi
Topshiriqlar:
Visual Studio 2012 muhitida C++ tilida oddiy Windows ilova yaratilsin hamda kompilyatsiya qilinsin.
Topshiriqda ko’rsatilgan elementni birortasini ish maydoniga qo’shing va uning xossalari hamda hodisasi bilan ishlashni ko’rib chiqing.
Button
Textbox
Label
Checkbox
ChekedListBox
ColorDialog
ComboBox
ContextMenuStrip
ListBox
Listview
RadioButton
RichTextBox
LinkLabel
ProgressBar
ToolTib
WebBrowser
Nazorat savollari:
Windows ilova qanday yaratiladi?
Yaratilgan formani kompilyatsiya qilish uchun qanday amal bajarish lozim?
Nima uchun yaratilgan formaning kodiga Using namespase qator kiritiladi?
Loyihani kompilyatsiya qilish uchun qism dastur sifatida nimani tanlash zarur?
Do'stlaringiz bilan baham: |