Alternativ yechimlarni toppish. Alternativ yechimlarni qidirish muammo yechimini topishda eng tez natija beruvchi hisoblanadi. Lekin amaliyotda boshliq hamma alternativlarni ko‘rib chiqishga vaqti yetmasligi mumkin. Bu alternativalar juda ko‘p bo‘lsa turli chalkashliklarni olib kelishi mumkin. Shu sababli amaliyotda boshliqlar faqat bir nechta yechimlarni ko‘rib chiqishadi. Alternativ yechimlarni baholash. Bunday yechimlarni baholash uchun eng birinchi navbatda barcha alternativ fikrlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Odatda alternativ yechimni qo‘llashda ma’lum bir yo‘qotishlarga duch kelish mumkin. Yoki boshqacha qilib kompromiss topishga inyilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |