Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining asosiy tushunchalari ………………………………………………………...
|
24
|
2.2.
|
Web - texnologiya tushunchasi va dasturiy vositalar ........................
|
28
|
2.3.
|
iSpring QuizMaker va Bootstrap dasturlari haqida asosiy tushunchalar …………………………………………………………
|
34
|
2.4.
|
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘rgatuvchi web portal (sayt)dan foydalanish yo‘riqnomasi .................................
|
44
|
|
|
|
|
XULOSA ……………………………………………………………
|
50
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………
|
51
|
|
ILOVA(Dastur kodi listing)
|
53
|
KIRISH
Respublikamizda axborot - kommunikasiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish va ulardan o‘quv jarayonlarida foydalanish masalalari ustida katta ishlar olib borilmoqda. Ushbu masalalarni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining va Hukumatining bir qator Farmon va Qarorlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 - yil 21 martdagi PQ - 1730 sonli “Zamonaviy axborot - kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlarining [1,2,3] qabul qilinishi Respublikamizda ta’lim tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil etishda o‘z vaqtida ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘yilgan maqsadlardan biri sanaladi.
Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini yangidan isloh qilish, yangi informatsion texnologiyalarga asoslangan o‘qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning talabidir. Bunda yangi pedagogoik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish zamon talabiga aylanmoqda.
Axborotlashtirish, albatta, yangi zamonaviy o‘quv vositalarini yaratishni talab qiladi. Bunga hozirda yaratilayotgan elektron o‘quv vositalari, ya’ni ta’lim tizimining hamma sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etilishi nazarda tutilmoqda. Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonining elektron darslik (o‘quv qo‘llanma)lari yordamida olib borilishi, ta’lim dargohidagi barcha hujjatlarni elektron ko‘rinishiga o‘tkazilishi davr talabiga aylanmoqda.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘ngi 30 yil mobaynida barcha rivojlangan davlatlarda oliy ta’lim sohasida yirik islohotlar o‘tkazildi. Ammo bu islohotlar konsepsiyasi nafaqat iqtisodiy, balki amalga oshirishning tashkiliy metodologik mexanizmlari ham hisobga olingan joylardagina o‘zini oqladi. Ushbu mantiqiy haqiqatga tayanadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni [4] va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi [5] ana shu mexanizmni to‘la hisobga olgan.
Axborot - kommunikasiya texnologiyalari hozirgi kunda eng dolzarb texnologiyalardan biri bo‘lib, har bir sohani o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Jumladan, ta’lim jarayonida mukammal kasbni egallagunga qadar, yangi axborot - kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda barcha ta’lim jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan, multimedia texnologiyalaridan foydalanish va o‘quv jarayonlariga tadbiq etish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Axborot - kommunikasiya texnologiyalarini asosiy negizini kompyuter texnikasi tashkil qiladi deb hisoblaydigan bo‘lsak, bunda o‘qish, harakatni ko‘rish, eshitish imkoniyatlari vujudga keladi. Shuning uchun ham ta’lim tizimini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan, qolaversa internet texnologiyalaridan hamda multimedia texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etish ta’lim sifatini oshirishga erishiladi.
[6] o‘z ichiga 7ta laboratoriya ishini qamrab olgan va TATUning barcha fakultet talabalari uchun mo‘ljallangan. Har bir laboratoriya ishi uslubiy ko‘rsatmalar, misollarning bajarilishi va variantlar bilan boyitilgan.
[7,8] va boshqalar]ning maqsadi nazariy bilimlarni mustahkamlash, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlar yaratish va joriy etish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Qo‘llanma sinflar, vorislik, amallarni qo‘shimcha yuklash, istisnolardan foydalanib ob’ektli dasturlashga bag‘ishlangan. Bundan tashqari standart oqimlar kutubxonasidan foydalanib, dasturlarga bag‘ishlangan mavzular ham berilgan.
[9]da C++ tilining sintaksisi, semantikasi va undagi dasturlash texnologiyalari keltirilgan. Ayniqsa, C++ tili asosini tashkil etuvchi berilganlar va ularning turlarini, operatorlar, funksiyalar, ko‘rsatkichlar va massivlar, hamda berilganlar oqimlari bilan ishlash tushunarli ravishda bayon qilingan va sodda misollarda namunalar keltirilgan.
[10] o‘quv qo‘llanma kompyuterning universal uskunaviy dasturlaridan hisoblangan Dreamweaver MX, Flash MV, Corel Draw, Photoshop va HTML - gipermatnlarni belgilash tilidan foydalanib WEB-saytlar yaratish haqida bo‘lib, unda dasturlarning imkoniyatlari va tizimidagi foydalanishning amaliy jihatlari qarab o‘tilgan.
Yangi davrga taqdim etilayotgan elektron ta’lim resurslarga talablar va ishlab chiqarish tamoyillari, elektron ta’lim resurslarining sinflari [12]da qarab chiqilgan.
[13]da Elektron ta’lim resurslarining klassifikatsiyasi, imkoniyatlari va qulayliklari, asosiy masalalari, undan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, uslubiy funksiyalari o‘rganilgan.
[14] web sahifaning ichki tuzilishini tushinish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanuvchilarni chuqurroq o‘rganishiga imkon beradi. Shuningdek darslik webmasterning eng muhim uskunalarini o‘rganish uchun yozilgan. U HTML hujjatni tuzilishini bayon etishdan boshlangan bo‘lib, matnlarni kiritish, ularni formatlash, jadvallarni tashqi ko‘rinishlarini o‘rnatish, webgrafika va mul’timedialarni saytda yaratish, dizaynlarni yaxshilash, freymlar va formalar bilan ishlash, shuningdek CSS tilida web saytlarning dizaynlarni ishlab chiqish va yaratish keltirilgan.
[15] shaxsit sayt yaratmoqchi bo‘lgan foydalanuvchi o‘rganishi uchun mo‘ljallangan darslik. Materiallarni o‘rganish amaliy topshiriqlarni bajarish orqali, qo‘yilgan masalani hal qilish natijasida amalga oshiriladi. Boshlovchi foydalanuvchlar uchun kompyuterli tayyorlashning boshlang‘ich tushunchalari keltirilgan. Bu darslik web saytlarni turli aspektlarda ishlab chiqarishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |