8. AMALIY QISMNING MAZMUNI
KODLASHTIRISH
Dasturning bo‘shlang‘ich matnini tuzishda belgilangan standart va qoidalarga rioya etish lozim bo‘ladi. Kodni rasmiylashtirish standarti odatda, birgalikda foydalaniladigan kodni bir xil ravishda rasmiylashtirish maqsadida dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi ayrim guruhlar tomonidan aniqlanadi va foydaniladi. Bunday standart dasturlashda foydalaniladigan tilga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, C++ tili uchun kodni rasmiylashtirish Pascal tili standartidan farq qiladi.
O‘zigaruvchi konstanta va funksiyalarning nomlanishi. Dastur identifikatorlari bo‘yicha kelishuv- dasturlarini tushunarliroq va soddaroq qiladi. Shuningdek kelishuv, u yoki bu indetifikatorlar tomonidan bajariladigan vazifalar haqida ma’lumot berishi mumkin. Masalan, yozuv konstanta yoki sinf ekanligi kodni tushunib olish uchun foydali bo‘lishi mumkin.
O‘zgaruvchilar: o‘zgaruvchilar nomlari, imkon qadar, qisqa, shu bilan bir qatorda o‘zgaruvchi zimmasiga yuklatilgan vazifani aniq aks ettirib turadigan bo‘lishi shart. O‘zgaruvchi nomini mnemonic tarzda tanlanish shart, ya’ni o‘garuvchining nomi tasodifan o‘qib qoluvchiga uning vazifasi haqida to‘liq ma’lumot berishi lozim.
Odatda bunday o‘zgaruvchilar uchun quydagicha nomlar beriladi:
i, j, k, m, n butun toifalar uchun
c, d, s simvolli toifalar uchun
Konstantalar. Sinfi ichida konstantalar deb e’lon qilingan o‘zgaruvchilar nomi va ANSI konstantalar faqat yuqori registrda (“_”) tagini chizish simvoli orqali ajralib turadigan so‘zlardan tashkil topishi shart. ANSI konstantalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Misol:
static final int MIN_WIDTH = 4; static final int MAX_WIDTH = 999; static final int GET_THE_CPU = 1;
Satrdagi operatorlar soni. Dasturning boshlang‘ich matnini o‘qilishini yaxshilash uchun satrdan bir operatordan ortig‘ini yozmaslik tavsiya etiladi, bu esa matndi inson tomonidan qabul qilinishi hususiyatlaridan kelib chiqadi. Undan tashqari bu, simvol sozlovchilarda qadam va qadam sozlash jarayonini yengillashtiradi.
Misol:
Satrlar
int *ptr; ptr = new int [100];
ptr[0] = 0;
Quydagicha rasmiylashtirish lozim
int *ptr;
ptr = new int [100];
ptr[0] = 0;
Xat boshi uslubi – bu, boshlang‘ich kodni formatlash qoidalari bo‘lib, unga asosan o‘qishga qulay yo‘sinda xat boshi qo‘yib boriladi. Ishlab chiquvchi ko‘pchilik mashhur muhitlarning tarkibiga kiruvchi matn muharrirlari, ko‘pincha foydalanilayotgan xat boshi uslubuni qo‘llab-quvvatlash uchun vositalar taqdim etadi, masalan, mantiqiy blokning boshlanishi tugallanishini anglatuvchi qo‘shtirnoqlarni kiritishda tabulyatsiya xat boshi avtomatik qo‘shimchasini. Dasturlashtirishda xat boshi uslubiga rioya qilingan ma’qul, chunki bu boshlang‘ich kod bilan kelgusida ishlashni soddalashtiradi va kodni tuzish vaqtida tarkibidagi xatoliklardan saqlanishda yordam beradi.
Bo‘sh satrlar. Bo‘sh satrlardan foydalanish dastur uchastkalarini ajiratish uchun muhim vosita bo‘ladi. Bunda quyidagilarni ajratish ma’no kasb etadi:
1. O‘zgaruvchilarni aniqlab olish:
char str[80];
int counter = 0;
fgets(str, 79, infile);
counter++;
2. Bir xil toifadagi yo‘riqnomalar yoki direktivalarning ketma-ketligi:
#include
#include
#include
#define NAME_SIZE 256
#define MAX_LEN 3000
Vazifalar (funksiyalar)
int main()
{
. . .
}
char *get_name(FILE *f)
{
. . .
}
3. Kodning har qanday matniqan tugallangan bloki:
printf( "Enter size and delta: " ); // ma’lumotlarini kiritish bloki
scanf( "%d", &size );
scanf( "%f", &delta );
for( i=0; i
{
a[i] -= delta;
b[i] += delta;
}
Izohlar. Izohlar kodni emas dasturchining maqsadlarini tushuntirib berish shartligi xaqida ko‘pchilik mutaxassislarni fikrlari bir joydan chiqadi. Dasturlash tilida bayon etilishi mumkin bo‘lgan narsalar izohga chiqarilmasligi shart – xususan, o‘zgaruvchanlarni, vazifalarni, sinflarni uslublarni va x.kz. aytib turadigan nomlardan foydalanish kerak, dasturni tushunilishi yengil bo‘lgan qismlarga bo‘lish kerak, sinflar va ma’lumotlar bazasi tuzilishi maksimal darajada tushunarli va tiniq va x.kz. bo‘lishiga intilish kerak.
Bilimdonlarga dasturlash konsepsiyasi, dastur matniga shu darajada batafsil va puhta o‘ylangan sharhlarni kiritishni ma’qul deb ta’kidlaydiki toki ular nafaqat ijro qilinayotgan kod uchun, balki hamrohlik qilib boradigan xujjatlar uchun ham boshlang‘ich matn bo‘lib qolsin.
Izohlarni yozish uchun sarflangan vaqt, dasturni har qanday modifikatsiyalash o‘zini oqlaydi. Lekin, hamma narsani bir qatorda, xatto o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan harakatlarni ham qo‘shib izohlash arzimaydi.
Quyidagilarni izohlash lozim:
Fayl sarlavhasi, ushbu fayl ichidagilarni tavsiflab;
Funksiya sarlavhasi, uning argumentlari maqsadi va asl ma’nosini tushuntirib;
Kiritiladigan o‘zgaruvchanlar va ma’lumotlar tuzilishi;
Amalga oshirilayotgan algoritimlarni asosiy bosqich va o‘ziga hosligi.
Tez tushunib olinishi qiyin bo‘lgan har qanday joylari, ayniqsa har xil dasturiy murakkabliklar va nostandart harakatlardan foydalanilganda. Dasturchilar o‘zining ishlash jarayonida ayrim izohlardan foydalanadilar.
Bu kabi izohlar, ayniqsa bir kod ustida bir necha nafar ishlab chiquvchilar ishlayotgan vaqtida foydali bo‘ladi. Shunday qilib, dasturchi odatda tugallanmagan kod uchastkasini, yana keyinroq tuzatishga qaror qilingach ………… izohi bilan belgilanadi. XXX yoki ZZZ izohlari, tuzatmay turib ishni davom ettirib bo‘lmaydigan jiddiy xatolik topilganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |