Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Download 2,24 Mb.
bet1/14
Sana31.12.2021
Hajmi2,24 Mb.
#223523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
internetda oddiy veb serverrni qurish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD al-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

QARSHI FILIALI
Himoyaga ruxsat ____ _______________ Himoya qildi ______

(imzo) (F.I.O.) (ball)

“____” ____________ 2017 yil “____” ____________ 2017 yil

Kafedra: “ATC”

_______________________________________________” fanidan



Kurs ishi

Mavzu:___________________________________________________

ATC-13-15 guruh talabasi



Bajardi: _______ ______________________

(imzo) (F.I.O.)




Kommisiya a’zolari: _______ ______________________

(imzo) (F.I.O.)

_______ ______________________

(imzo) (F.I.O.)

_______ ______________________

(imzo) (F.I.O.)



Qarshi– 2017


MUNDARIJA




Kirish.




I BOB

BOG'LANISHNING KO'P SATHLI ARXITEKTURASI, OCHIQ TIZIMLAR O'ZARO BOG'LANISHINING OSI MODELI




I.1

OSI modelining sathlari, ochiq tizimlar elementlarining strukturasi, o'zaro bog'lanishi .




I.2

TCP/IP modeli va uning tavsifi .




I.3

Amaliy pog’ona vazifasi va unda ishlatiladigan protokollar




I.4

Web server tavsifi




II

BOB

INTERNET TARMOG’I UCHUN SERVERNI QURISH





II.1

Web serverni qurish







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish

Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mav juddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini

beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.

Yurtboshimiz I.A.Karimov “XXI asr axborot tеxnologiyalari asri” – dеb ta’kidlaganlaridеk, butun jahon taraqqiyoti tobora axborot tеxnologiyalari bilan tеz suratda rivojlanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob bеruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashga e’tibor katta.

Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disketalar yordamida kompyuterdan kompyuterga o‘tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha. Ko‘pincha «mahalliy tarmoqlar» (LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko‘rsatkichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba’zi bir mahalliy tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi.

Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‘yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo‘lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, hamma bilishi kerakdir.

Ushbu kurs ishida TFTP protokolining tarmoqdagi vazifasi, klient va server munosabatlarida TFTP protokolining o’rni to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Amaliy tarzda Visual Studio muhitida C# dasturlash tilida tarmoq klient dasturi ishlab chiqilgan. Mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bo‘lgan server va mijoz tushunchalarini ham ko‘rish darkordir.

Server – tarmoq abonenti bo‘lib, u o‘z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‘zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‘lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‘rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.

Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‘z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko‘pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning o‘zida ham mijoz va shuningdek, server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va mijozni kompyuterni o‘zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‘z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir.

I-BOB. BOG'LANISHNING KO'P SATHLI ARXITEKTURASI, OCHIQ TIZIMLAR O'ZARO BOG'LANISHINING OSI MODELI

I.1. OSI modelining sathlari, ochiq tizimlar elementlarining strukturasi, o'zaro bog'lanishi

Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko‘p operatsiyalar amalga oshiriladi, ya’ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to‘liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima qanday amalga oshirilayotganligining farqi yo‘q albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga bog‘lanish yoki tarmoqqa joylashgan boshqa kompyuter resurslariga bog‘lanish kifoya qiladi xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko‘p ishlov berish bosqichlaridan o‘tib boradi. Avvalambor u bloklarga ajratilib har biri alohida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi. Hosil bo‘lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so‘ng elektr signallari yoki yorug‘lik signali yordamida tanlangan bog‘lanish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytadan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko‘rinishida ulanadi va shundan so‘ngina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo‘ladi. Aytib o‘tilgan ishlarning bir qismi albatta dasturlar yordamida amalga oshirilsa, boshqa qismi esa qurilmalar ishtirokida bajariladi.






1-rasm.Tarmoqda sodda ko'rinishdagi ma'lumot almashinish umumiy jarayoni
Butun sanab o‘tilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan muolajalarni bir-biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo‘lishni aynan tarmoq modellari bajarishi lozimdir. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o‘rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o‘rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadilar. Hozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interconnection) ochiq tizimda axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holatda «ochiq tizim» atamasi o‘zi bilan o‘zi ulanmagan, ya’ni boshqa qandaydir tizimlar bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud tizim tushiniladi (yopiq tizimga nisbatan). Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan ISO (International Standards Organization) 1984-yili OSI modelli taqdim qilingan. Shundan beri hamma tarmoq maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‘pol. Tez o‘zgartirishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar. Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‘y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar (funksiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo‘lingan (2-rasm). Yuqori o‘rindagi bosqichlar ancha murakkab, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pastdagi bosqichlarni o‘z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda joylashgan bosqichlarning maqsadi yuqorida bosqichga xizmat ko‘rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko‘rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.





Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish